Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur»
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Alloh bir kishining ichida ikki qalb qilgan emasdir»
«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur» (Fotir surasi, 28-
oyat), deb aytgan. Shundan bo‘lsa kerakki, olimlardan biri: «Biz ilmni Allohdan boshqa Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 79 uchun o‘rganmoqchi bo‘ldik, ammo ilm Allohdan boshqasi uchun bo‘lishdan bosh tortdi», deydi. Bu degani: «Ilm bizdan bosh tortdi, haqiqatini kashf qilmadi, faqat qobig‘i, lafzlarinigina izhor qildi», deganidir. Agar sen, bir guruh ulamo, fuqaholarni ko‘rdim, ular furu’ va usul ilmlarida yetuk darajaga erishganlar, hatto xalq ularni hurmat-e’tibor bilan eslaydi, vaholanki, ular mazmum xulqlardan poklanmaganlar, deb aytsang, senga javoban shunday deyiladi: Ilmlar martabasi va oxirat ilmini bilganingdan so‘ng, yuqoridagi kabi olimlar mashg‘ul bo‘lgan ilmlarning foydasi ozligi va Allohga qurbat niyatida qilingandagina ilm foyda berishi senga ayon bo‘ladi. Bu haqda biz yuqorida ishoralar keltirdik. Unga qo‘shimcha va izohlar, inshaalloh, yana zikr etiladi. Ikkinchi vazifa: Ilm tolibi dunyoviy mashg‘ulotlarini ozaytirmog‘i, ahli va vatanidan yiroqda bo‘lmog‘i lozim. Chunki ular bilan aloqa talabani maqsadidan chalg‘itadi. Alloh taolo: «Alloh bir kishining ichida ikki qalb qilgan emasdir» (Ahzob surasi, 4-oyat), deydi. Fikrlar turli tomonga sochilgani sayin, narsaning haqiqatini bilish qiyinlashaveradi. Shuning uchun hukamolar: «Sen o‘zingni ilmga to‘la bag‘ishlamaguningcha ilm senga biror narsasini bermaydi. Butun borlig‘ingni ilmga bag‘ishlaganingda ham, uning biror qismiga yetishishing yana dargumon», deyishgan. Har tarafga sochilgan fikr, xayol ko‘plab ariqlarga tarqalib ketgan suvga o‘xshaydi. Uning bir qismini yer shimadi, qolgani havoda bug‘lanadi, ekinga hech narsa yetib bormaydi. Uchinchi vazifa: Talaba ilmiga kibrlanmasligi, ustoziga qarshi chiqmasligi shart. Balki barcha ishda butunlay ishining jilovini muallimiga topshirmog‘i, johil kasalning mehribon va hoziq tabibga quloq tutganidek, uning nasihatiga quloq solmog‘i, unga tavoze’ ko‘rsatmog‘i, xizmatini qilish bilan savob va sharaf talab etmog‘i lozim. Sha’biy aytadilar: «Zayd ibn Sobit (r.a.) janoza namozini o‘qib bo‘lgach, xachirini olib kelishdi. U kishi endi minmoqchi bo‘lganlarida, Ibn Abbos (r.a.) kelib, xachirning uzangisidan ushladilar. Shunda Zayd: «Ey Rasulullohning amakivachchasi, qo‘ying!» dedilar. Ibn Abbos esa: «Ulamo va ulug‘ kishilarga shunday muomala qilishga buyurilganmiz», deya javob berdilar. Bu so‘zlarni eshitgan Zayd ibn Sobit (r.a.) u zotning qo‘llarini o‘pdilar va: «Biz ham Payg‘ambarimiz ahli baytlariga ehtirom ko‘rsatishga amr etilganmiz», 128 dedilar. 128. Tabaroniy, Hokim va Bayhaqiylar rivoyat qilishgan. Hokim Muslim shartlariga binoan isnodi sahih, degan. Janob Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Laganbardorlik mo‘minning xulqi emasdir. Faqat ilm talabida mumkindir», 129 deganlar. Tolibi ilm ustoziga takabburlik qilishi joiz emas. Mashhur, nomdor ustozlardan boshqasidan so‘rashdan o‘zni katta olish ayni ahmoqlikdir. Chunki ilm najot va saodat sababchisidir, o‘ziga tashlanmoqchi bo‘layotgan yirtqichdan qutulish uchun yordam beradigan kishining mashhur yoki mashhur emasligiga qarab o‘tirilmaydi. Allohni tanimaydiganlarga tashlanadigan jahannam yirtqichlari esa, dunyodagi har qanday yirtqich hayvondan vajohatliroqdir. Qolaversa, hikmat mo‘minning yo‘qotgan moli, uni qaerda topsa, olaveradi va uni topishda yordamlashgan kishiga kim bo‘lishidan qat’iy Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling