Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
76 man’ qilingan kiyimlar, ulovlar, markablar ila ziynatlanish, faxr va kibr bilan odamlarni tahqirlash, keraksiz amal va so‘zlarga sho‘ng‘ib ketish, qalbdan Alloh qo‘rquvi va mehr- shafqat ko‘tarilib ketishi, namozda nima o‘qiganini, uning mohiyati va kimga munojot qilayotganini unutish darajasida g‘aflat egallab olishi, munozarada yordam beradigan, lekin oxiratda foydasiz bo‘lgan chiroyli ibora, go‘zal qofiya va nodir masalalarni yodlash kabi sanoqsiz ilmlar bilan umrini o‘tkazgan kishi qalbida aslo xushu’ni his qilmaydi. Tortishuvchilarning yuqoridagi razolatlardan nasibadorlik darajalari turlicha bo‘ladi. Dini yuksak, aqlli munozarachilar ham o‘sha axloqlardan butunlay xalos bo‘lolmaydilar. Faqat imkon qadar yashirishga va unga qarshi kurashishga harakat qiladilar. Bilgilki, ushbu razolatlar tazkira va’z-nasihat aytish bilan shug‘ullanuvchilarga tegishlidir. Agar xalq orasida nom qozonish, mansabga erishish yoki boylik-izzat orttirishni maqsad qilgan bo‘lsa, voizlarga ham tegishli. Mazhab va fatvolar ilmi bilan shug‘ullanayotganlarda agar qozilik mansabiga erishish, vaqflar doirasida valiy bo‘lish yoki yonidagilardan o‘zib ketish g‘oyalari uyg‘onsa, ularda ham bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, ilm bilan oxiratda Alloh savobidan boshqa narsalarni talab qilayotganlarning har biriga tegishlidir. Ilm olimni o‘z holiga qo‘ymaydi. Yo uni abadiy halokatga olib boradi, yoki abadiy hayotga. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): «Qiyomat kunida eng qattiq azoblanuvchi Alloh ilmidan foydalantirmagan olimdir» 122 , deganlar. Uning ilmi nafaqat befoyda, balki unga zarar ham keltiradi. Koshki, u najot keltirmaydigan ilmdan qutilib qolsa edi. Afsuski, undan najot topolmaydi. Ilmning xatari juda xavflidir. Ilm tolibi abadiy mulk, doimiy ne’mat tolibi hisoblanadi. Ilm tolibi uchun abadiy mulk yoki abadiy halokat peshvoz turadi. Olimning holati dunyodagi mulk tolibiga o‘xshaydi. Agar u mol-dunyo orttirish orqasida ijobiy-to‘g‘ri natijaga erishmasa, o‘zini xorlikdan saqlab qololmaydi. Balki xorlikdan ham badtarroq, sharmandaliroq holga tushib qoladi. Agar: «Munozaraga ruxsat berishda foyda bor, u tufayli odamlar ilmga targ‘ib qilinadi. Agar mansab sevgisi bo‘lmaganida, ilm inqirozga uchrar edi», desang, so‘zing bir jihatdan haq, bolalar ham koptok yoki chumchuq o‘yini orqali maktabga targ‘ib qilinadi. Bu targ‘ib mahmuddir. Ammo, bu mansab sevgisi bo‘lmaganida, ilm zoe’ bo‘lardi, degani emas, mansab oshiqlari najot topishadi, degan ma’no ham chiqmaydi. Balki ular Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Batahqiq, Alloh taolo bu dinni undan benasiblar bilan ham quvvatlayveradi», 123 «Alloh taolo bu dinni fojir kishi bilan ham quvvatlaydi», 124 degan hadislaridagi «benasib» yoki «fojirlar»dan bo‘ladi. 122. Juda zaif. 123. Nasoiy, Anasdan (r.a.) sahih isnod ila rivoyat qilgan. 124. Muttafaqun alayh. Mansab talab qilguvchining o‘zi halok bo‘ladi. Gohida u tarki dunyoga chaqirgani tufayli boshqalar salohiyat topishi mumkin va bu esa, zohirini salaf ulamolariga o‘xshatib, botinida maqsadi obro‘ bo‘lgan kishiga tegishlidir. Bundaylarning misoli shamga o‘xshab ketadi. Sham boshqalarga yog‘du taratgani holda, o‘zi yonib tugab boraveradi. Soxta olim ham shunday. O‘zgalarni isloh qilsa-da, o‘zi halokat yo‘lida davom etaveradi. Mol- dunyo topishga targ‘ib qiluvchilar esa, o‘zini ham, boshqalarni ham yondirib tugatadigan Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling