Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
73
shubhasiz, fisq-fujur qilguvchi kimsalar (ya’ni, Qur’on va payg‘ambarni
yolg‘onchi qilguvchi, jazo kuni va qayta tirilishni inkor qilguvchi kimsalar)
do‘zaxdadirlar» (Infitor surasi, 13-14-oyatlar).
Yana Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisda Alloh taolo
aytadi: «Bular jannatda bo‘ladilar, Men parvo qilmayman. Bular esa do‘zaxda bo‘ladilar,
Men parvo qilmayman» (Imom Ahmad va Ibn Hibbon rivoyatlari). Haq va molik Alloh
oliydir, U qilgan narsasi haqida so‘ralmaydi, ular (xalq) so‘raladilar.
Endi qalb ajoyibotlarini zikr qilishda mana shu ozgina miqdor bilan kifoyalanamiz.
Chunki
uni chuqur tadqiq qilish muomala ilmiga to‘g‘ri kelmaydi. Albatta qalb ajoyibotlaridan
muomala ilmlarini chuqur bilish va uning sirlaridan xabardor bo‘lish uchun zarur
miqdorda zikr qildik. Bu miqdor bilan zohiriy tomonlarga
qanoat qilmaydigan, po‘st bilan
mag‘izni ajratmaydigan, balki sabablarning haqiqatini nozik
nuqtalarigacha bilishga
qiziqadigan kishilar foydalangaylar. Tavfiq Allohdandir.
«Qalb ajoyibotlari kitobi» tugadi. Hamd va tashakkur Allohga bo‘lsin. Bu kitobdan so‘ng
«Nafsning riyozati va xulqlarni o‘nglash kitobi» keladi. Yolg‘iz Allohga hamd bo‘lsin,
tanlab olingan bandalarning har biriga Alloh salovot yuborsin!
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: