Ihyou ulumid-din. Ro’za sirlari kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
4
shomdan keyin)
ataylab yesa, so‘ng chuqur o‘rganish bilan kunduzi yegani ma’lum
bo‘lsa, unga qazo qilish lozim bo‘ladi. Agar gumoni hukmi va ijtihodi bo‘yicha qolsa,
unga qazo yo‘qdir. Kunduzning ikki tomonida faqatgina mulohaza va ijtihod bilan yesa
bo‘ladi.
To‘rtinchi - jimo’dan tiyilish. Uning chegarasi hashafaning (jinsiy olatning boshi)
kirishidir. Agar esda yo‘q holda jimo’ qilsa, og‘iz ochilmaydi. Agar tunda jimo’
qilsa yoki
ehtilom (tushda bulg‘anish) bo‘lsa va junub holda tong ottirsa, ro‘za ochilmaydi. Ahli
bilan
munosabatda ekan, tong otib qolsa va darhol jimo’dan to‘xtasa, ro‘zasi sahihdir.
Agar to‘xtamasa, u buziladi va kafforat lozim bo‘ladi.
Beshinchi - istimno (onanizm)dan o‘zini tiyish. U - jimo’da yoki jimo’siz qasddan
maniyni chiqarishdir. Chunki bu ro‘zani ochadi. Modomiki, maniy inzol bo‘lmas ekan,
zavjasini o‘pishi yoki u bilan yotishi ro‘zani buzmaydi. Lekin bu qari yoki o‘ziga
ishongan
kishidan boshqalarga makruhdir. O’pishning zarari yo‘q, tark qilish afzaldir. Agar o‘psa,
inzol bo‘lishidan xavotirlansa va o‘pganda maniy kelsa, e’tiborsizligi uchun ro‘zasi
ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: