Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
www.ziyouz.com kutubxonasi
22 Bemashaqqat topilsa har nimarsa, Aning qadrin bilmas hech kimarsa, - deb, moldunyo va ayniqsa, ilmning qadriga yetmoq uchun, albatta ma-shaqqatini, qiyinchiligini boshdan o’tkazish zarurligini bildiryaptilar. Aks holda, noshukrlik libosiga o’ranib, xorlik ko’chalarida izg’ib yuradi. Abu Тoyyibning she’ri: Munkar ishdan qaytar, deb iymon aytadi, O’z ishingdan nari ketma, deb shayton aytadi. Bilgil, bu ishlar misli olov, Bepoyon tor yo’l, yurarsan vale yayov. Ig’vogar, chaqimchi va ahli g’iybat Digar yo’l topolmay, qolur abad. Shashtidan bur, ikkilanmay, bilo shak, Qaytarmasang yo’lu gunohga sen sherik. G’iybatchi, chaqimchi, ig’vogar kishini bosib qo’yishga, uning buzuq, fosiqona harakatlardan qaytarib qo’yishga qodir bo’la turib beparvo, hamiyatsizlik ila qarashlaridek kishining o’zidagi aybni ko’rmadim. Shoir baytlari bilan insonning ulug’ aybi o’z kam-chiligini ko’rmasligidir,- deydilar. Kishi doim o’ziga ogoh bo’lib, g’iybat, chaqimchilik kabi yomon illatlardan saqlanishi kerak. Bu uni go’zal axloq sohibi va ilm egasi bo’lishiga erishtiradi. Kechalarini bedor o’tqazish - tolibning maqsadlarini ro’yobga chiqarishda o’z ahamiyatiga molik bir omil-, dir. She’r: Qancha mashaqqat tortsang Shunchalik martaba toparsan. Bir biriga chambarchas bog’liq, Beparvoning tongla yuzi dog’lik. Kechalari bedorlikni odat qil, Хulus niyat ila toat-ibodat qil. Kechalarda takror qil ilmingni, Kunlari oshir kishiga hilmingni. Zehn qayrog’i tilovatdir ham mukolama Vaqtii berma boy, ertaga oh-voylama. Ey, g’ofil! Bu orzularing ko’p durust, Lek qay xolingga uyquni aylading do’st. Ko’p uyquni zo’r dushman bil, Uxlamay kechalar bag’rin til. Durru gavhar koii dengiz erur, G’avvos unga yetishishda tengsiz erur. Uning amalidan sen ham o’riak ol, Humo qushing makoniga qadam sol. Shubhasiz, oliy martabalarga qilgan mehnating miq-doriga qarab egallaysan. Bas, kim oliylikni talab qilsa, kechalarni bedor o’tkazsin. Bedorligi ilm o’qish, takror bilan, ibodatlar bilan, tilovatu mukolama qilish bilan bo’lsin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling