Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
www.ziyouz.com kutubxonasi
24 Kelajakda albatta yetarsan murodga! Тolibi ilm kechaning avvalida hamda oxirida darslarini takror qilishga odatlanmog’i kerak. Ushbu ikki vaqt - shom va xufton hamda sahar vaqglari barakot-lik, fayzlidir. Hakim zotlardan biri deydilar: Ey, tolibi ilm! Parhezkor va taqvolik bo’l, ya’ni ishlaringni taqvo va parhez rishtasi ila bog’lab boshqargin. Ko’p uxlashdan uzoqlash, chunki ko’p uyku koni ziyondir. Тaomni to’yib-to’yib yeyishdan saqlan! Qorin to’q bo’lsa, kishi ishyoqmas, dangasa va boshqa salbiy sifatlar sohi-bi bo’lib qoladi. Yuqoridagi mazkur bir baytda: Bo’lur ish kam agar, ko’p to’ysa ishkam, - deb keyingi keltirilayotgan «ishkam»dan murod «qorin» bo’lib, baytning ma’nosi: «Agar kishi qornini to’ydirib yuborsa, o’zi uchun foydali ishlarni kam qiladi yoki hech qila olmaydi», - demakdir. Dars o’qimoqqa va uni takrorlashga bardavom bo’l va zinhor bu ishlaringdan ajralma, tashlab qo’yma! Chunki, ilm dars o’qish va takror bilan qoim bo’ladi, rivoj topadi. Umrining «yoshlik» degan bekatidagi har bir kunlarini talaba g’animat bilmog’i kerak, kelajagi uchun mustahkam zamin tayyorlamog’i kerak. Yoshlikka xos bo’lgan beg’ubor tongni, uni qiziquvchanligini-yu, qizi- shuvchanligini ham g’animat bilmog’i zarur. Belingni kuvvati borda olib bel, Ko’ngil bog’in sug’or ketmay turib sel! Bu baytdagi «sel»dan murod biron narsaning yetilgan vaqgi, aynan ishlov beradigan davri, insonning kuch-quvvatga to’lgan, fahmu-farosati, aql-idroki kamol topgan vaqti demakdir. Baytning ma’nosini: Ey inson! Jisming salomat, beling quvvatlik, qaysi bir ishni qilmoqni xohlasang unga qo’ling yetadigan, o’zing bajara oladigan vaqgingda, har narsani idrok etadigan kunlaringni g’animat bil! Qo’lingga himmat va gayrat belini olib, ko’ngil bog’ingni obod qil! Bu ishning oxiri rohat keltiradi. Mehnatingga qarab maqsadlaring hosil bo’ladi. Kim oliy fazilat sohibi bo’lishni xohlasa kechalarini qoim qilmog’i kerak bo’ladi. Ilm o’qish, takror bilan, duo-yu istig’forlar bilan kechalarni bedor o’tka-zadi. Yoshlik - beg’uborlik onlaringni shunday g’animat bil! Zero, yoshlik davring uzoq davom etmaydi, ko’z ochib-yumguncha katta bo’lib, boshingga turli xizmat, g’am-tash-vish va ro’zg’or kabi dunyo yumushlari tushib, umring qanday o’tib qolganiyi sezmay qolasan. Arab hikmatlarida: «Yoshlikda o’rganilgan ilm, go’yo toshga o’yilgan naqsh kabidir», - deyilgan. Bu ham yoshlikni bir ulug’ ne’mat ekanini ta’kidlayapti. Yoshligingda toat qilsang, qariguncha ko’nikasan. Qarilikda toat qilsang, ko’nikkuncha ko’milasan, - dey-ish bilan nafaqat ibodat, balki boshqa xayrlik ishlarga o’rganib borishning fazilati bayon qilinmoyeda. Тolibi ilm toqati kelmaydigan darajada o’zini qiynashi, mashaqqatga solishi durust emas. Chunki, so-g’lig’i ketadi, irodasi va intilishi sustlashib qoladi. Balki jiddi-jaxdini asta, oz-ozdan yumshoqlik bilan, toqatiga mos iste’foda qilishi kerak bo’ladi. Buni «rifq» deyiladi. Rifq hamma narsaning asosi sana-ladi. Jafokash xalqimiz ham «Musulmonchilik asta-asta»,- deganlarida mazkur rifqni nazarda tutadilar. Bu to’g’rida janob payg’ambarimizning muborak xadislari bor: -Ogoh bo’linglarkim, bu din juda mustahkam dindir. Shuning uchun yumshoqlik bilan, asta-sekin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling