Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 212.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/67
Sana12.03.2023
Hajmi212.98 Kb.
#1264757
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67
Bog'liq
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
Qo’y meni o’z holimga, etgin meni tark! 
Magar ey, nafsim! Barcha ishlarda bo’l sobit! 
Irodamni qil metinu mustahkam! 
Umidlarim ochilsin shul zahot! 
Ey nafs! Barcha ishlarda sobit va mustahkam bo’l! Metin irodada tur! 
Dangasaning nasibasi esa faqat nadomat chekish hamda ezgu umidlaridan mahrum bo’lishdan boshqa 
narsa emas. 
Ulug’ zotlardan naql qilinishicha, dangasalik insonga hayosizlik, ojizlik, aybu-nuqson keltiradi. 
Qancha hasrat va nadomat yog’iladi. Shuning uchun ham sen, gu-monli narsalar haqida bahs yuritishda 
dangasalik, erinishga yo’l qo’yma! 
Тadqiqotlar ko’rsatdiki, dangasalik, erinchoqlik kabi illatlar, asosan ilm va ilm fazilati to’g’risida fikr 
yuritmaslik yoki bularni yig’ishtirib qo’yish tufayli hosil bo’lar ekan. Demak, talaba ilm hosil qilishda 
vazifalariga jiddiy yondoshishi va bardavomlikni mahkam ushlamog’i hamda ilmning fayzu 
futuhlarini, barakotlarini tafakkur qilib bormog’i zarur ekan. 
Buning uchun, albatta nafsini «qiynamog’i» kerak. Zero, ilm mana shunday mashaqqat, qiyinchiliklar 
bilan hosil bo’lgani uchun ham boqiy, u bebahodir. U hech kim o’g’irlab ololmaydigan, hiyonat qila 
olmaydigan tuganmas boylikdir. Mol-dunyo esa qancha mashaqqat bilan qo’lga kiritilsa ham, u foniy, 
ishlatilgan sayin kamayib boraveradi. 
Hazrati Ali ibn Abu 
Тolib (karamallohu vajhahul karim) aytadilar: 
-Qudrat va hikmat egasi Alloh taoloning foydamizga qilgan taqsimiga rozimiz, shukr qilamiz
minnatdordirmiz! Haqtaolo bizga ilmni, dushmanlarimizga mol-dunyoni taqsimlab berdi. Mol-dunyo 
tez fursatlarda yo’q va nomnishonsiz bo’lur. Ilm esa boqiy qoladi. Chunki, ilmni Alloh taolo bersa, uni 
hamishalik qilib beradi. Foydalik ilm tufayli insonga xayrli yodnoma, yaxshilikda boqiy nom qoladi. 
Zero, ilm barcha fazi-latlari bilan abadiy bir hayotdir. 
Imomlar rahnamosi, ulug’ shayxul islom Zahiriddin, muftiy va Marg’inoniy nomi bilan mashhur, haz-
rat Hasan bin Ali (a.r.) bir bayt aytganlar: 
Ilm olimni har olamda hayot aylar
Ilmsizlik bu olamda-yoq o’lik aylar. 
Johilu nodonlar o’lmaslaridan ilgari o’lgandirlar. Ular tirikliklarida o’likdirlar, Olimlar hayotdan 
o’tsalar ham hayotdirlar. Ular ilm karomati ila barhayot bo’ldilar. 
Shayxul islom, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy (a.r.) hazratlaridan bir bayt: 
O’lmay turib murdadir, johilu nodon, 
Chun ilmni qalbga shifo deyurlar hamon. 
Shuning uchun ham, jasadlari qabrga kirmasdan ilgari qorong’u qabrdir. Ularni ichlari zulmatdir. Zero, 
inson ilmu bilik bilan tirilmagan ekan, u mayyit, tirik bo’lsada, murdadir. 
Ilm sohibi esa tirikdir, vafotidan so’ng ham hayotdir. Jasadi tuproq ostida chirib ketsa ham, ilmi bilan 
boqiydir. 
Тurli johillar o’zlarini tiriklardan sanab, yer yuzida yuribdilar. .Afsuski, ular ilmsizlik bilan 
murda ekanlarini bilmaydilar. 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

Download 212.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling