Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

Islom Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
154
 
 
 
«DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA 
CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI 
RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI» MAVZUSIDAGI XALQARO 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA ISHTIROKCHILARIGA 
Hurmatli xalqaro konferensiya ishtirokchilari!
Qadrli mehmonlar!
Avvalambor, sizlarni – nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy ijtimoiy-
siyosiy doiralar vakillari, olimlar, tahlilchi va ekspertlarni chin qalbimdan 
qutlab, «Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusidagi ilmiy-amaliy 
konferensiyadagi ishtirokingiz uchun samimiy minnatdorlik tuyg‘usini 
bildirishga ruxsat etgaysiz.
O‘zbekistonda mazkur Konsepsiyaning qabul qilinishi biz bu yil 
yigirma yilligini nishonlaydigan davlatimiz mustaqilligining birinchi 
kunlaridan boshlangan mamlakatimizni demokratik yangilash va 
modernizatsiya qilish borasidagi keng ko‘lamli islohotlarimizning mantiqiy 
va qonuniy davomidir.
O‘zbekiston o‘z istiqlolining dastlabki kunlaridan o‘zi uchun ijtimoiy 
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat 
barpo etish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy 
qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lini tanladi. 
O‘z umrini o‘tab bo‘lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-
taqsimot tizimidan voz kechib, mamlakatimiz iqtisodiyotni mafkuradan 
xoli etish va uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh 
islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy 
siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish 
kabi besh tamoyilga asoslangan, “o‘zbek modeli” deb nom olgan o‘z 
taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi.
Biz mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab chetdan tiqishtirilgan 
“shok terapiyasi” usullarini, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi, 
degan soxta tasavvurlarni rad etib, “Yangi uy qurmasdan turib, eskisini 
buzmang”, “Islohotlar islohot uchun emas, avvalo inson uchun”, degan 
mashhur prinsiplarga amal qilgan holda, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
155
boshqaruvning bozor tizimiga o‘tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, 
islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lini tanladik.
Ushbu qoidalarning joriy etilishi davlat va konstitusiyaviy qurilishni 
pog‘onama-pog‘ona, qadam-baqadam tubdan o‘zgartirish va yangilash, 
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda chuqur demokratik islohotlarni olib 
borish imkonini berdi.
Bu model, o‘zining mazmun-mohiyati bilan, butun taraqqiyotimiz 
davomidagi og‘ir va mashaqqatli sinovlardan o‘tib, har tomonlama 
hayotiyligini namoyon etdi. Avvalo, sobiq SSSR tarqalib ketganidan so‘ng 
ilgari shakllangan iqtisodiy aloqalarning butunlay izdan chiqishining 
oqibatlariga barham berish, iqtisodiyotning halokatli tarzda orqaga ketishi, 
ishsizlikning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, qisqa muddatlarda mustaqil 
hokimiyat institutlarini tuzish zarurati, o‘sha paytdagi murakkab 
vaziyatning o‘zi aynan shu modelni tanlashni taqozo etdi.
Biz turli jozibali da’vatlarga uchmadik va tadrijiy, bosqichma-bosqich 
taraqqiyot yo‘lini ma’qul topib, har xil inqilobiy modellardan ongli 
ravishda voz kechdik va shu tariqa xalqimizni qanday og‘ir oqibatlarga 
olib kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy to‘fonlardan asrab 
qolishga muvaffaq bo‘lganimizni bugun hayotning o‘zi tasdiqlab 
bermoqda.
Mustaqil taraqqiyotimizning ana shu yigirma yillik davri davomida 
amalga oshirgan ishlarimizni tahlil qilar ekanmiz, biz tanlagan model, 
chuqur o‘ylangan va izchil amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy o‘zgarishlarning ustuvor yo‘nalishlari yurtimizdagi siyosiy tizim, 
fuqarolik jamiyati, milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal 
rivojlanishi, aholining hayot darajasi, uning siyosiy, huquqiy madaniyati 
izchil oshib borishi uchun mustahkam va ishonchli poydevor yaratdi, deb 
ta’kidlashga barcha asoslarimiz bor.
Istiqlol yillarida mulkchilikning tuzilishida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, 
ko‘pukladli iqtisodiyot amalda shakllanib, uning tarkibida xususiy mulk 
ustuvor rivojlandi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz 
iqtisodiyotida nafaqat hal qiluvchi o‘rin egalladi, ayni vaqtda bozorni zarur 
tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, odamlarning daromadlari va farovonligi 
oshib borishining asosiy manbaiga, aholi bandligi o‘sishining eng muhim 
omiliga aylandi.
Ulkan qiyinchiliklarga, ayniqsa, mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki 
yillarida biz yengib o‘tishga to‘g‘ri kelgan muammolar, tahdid va 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
156
sinovlarga qaramasdan, O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘tgan 20 yil mobaynida 
qariyb 3,5 barobar o‘sdi, yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga 2,5 
barobar, o‘rtacha ish haqi 14 barobar oshdi.
Aholining yalpi daromadlari amaldagi hisob-kitoblar bo‘yicha 8,6 
barobar o‘sdi. Ushbu daromadlarning 47 foizi biz uchun mutlaqo yangi 
bo‘lgan mulk shakllaridan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan 
olingan daromadlardir.
Davlatning ijtimoiy himoya sohasi uchun sarflagan xarajatlari, aholi 
jon boshiga hisoblaganda, 5 martadan ko‘proq oshdi, har yili Davlat 
byudjetining qariyb 60 foizi sog‘liqni saqlash, ta’lim, kommunal xo‘jalik 
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bog‘liq boshqa sohalarni 
rivojlantirish uchun yo‘naltirilmoqda.
Shu davrda odamlarning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 67 yoshdan 73 
yoshga yetdi, onalar o‘limi 2 barobardan ziyod, bolalar o‘limi esa 3 
barobar kamaydi.
Shu bilan birga, yaxshi tushunamizki, mustaqillik yillarida amalga 
oshirgan barcha ishlarimiz biz o‘z oldimizga qo‘ygan uzoq muddatli 
yuksak maqsadga – rivojlangan zamonaviy demokratik davlatlar qatoriga 
kirish, xalqimiz uchun munosib hayot sharoiti yaratish va uning jahon 
hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan olis va 
murakkab yo‘lning faqat bir qismi, shu boradagi dastlabki qadamlar, xolos.
Biz yashayotgan globallashuv asrida birinchi navbatda erishgan 
natijalari bilan kifoyalanmasdan, bugungi dunyoda yuz berayotgan tub 
o‘zgarishlar jarayonidagi o‘z o‘rniga haqqoniy va tanqidiy baho beradigan, 
davrning tobora ortib borayotgan talablariga uyg‘un va hamohang bo‘lib 
qadam tashlaydigan mamlakatgina muvaffaqiyat qozonishini o‘zimizga 
yaxshi tasavvur qilamiz.
Mantiqning o‘zi, taraqqiyotimiz qonuniyatlari, biz erishgan marralar, 
biz o‘z oldimizga qo‘yayotgan maqsad jamiyatimizning izchil 
rivojlanishiga, mamlakatimizning nufuziga tuzatib bo‘lmaydigan ziyon 
yetkazishi mumkin bo‘lgan havolanishga, qo‘lga kiritilgan yutuqlarga 
mahliyo bo‘lib, xotirjamlik kayfiyatiga berilmasdan, demokratik 
islohotlarni davom ettirishni talab qilmoqda.
Faqat keng miqyosdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy islohot va 
o‘zgarishlarni biz tanlagan, amalda o‘zini to‘la oqlagan modelga muvofiq 
ravishda davom ettirish davlat va jamiyatning barqarorligi va zarur 
rivojlanish sur’atlarini ta’minlash, hayot sifatini oshirish, xalqaro 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
157
maydonda o‘zimizga munosib o‘rin egallash imkonini beradi.
Bizning Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilishimiz aynan shu talab 
bilan bog‘liq bo‘lib, bu Konsepsiya, o‘z mohiyatiga ko‘ra, davlat va 
jamiyat rivojining prinsipial jihatdan yangi bosqichida mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish bo‘yicha boshlagan keng ko‘lamli ishlarimizni 
yanada izchil davom ettirish dasturi hisoblanadi.
Bu borada biz amaliy asosga ega bo‘lgan va hayotning o‘zi isbotlab 
bergan bir haqiqatga suyanib-tayanib ish olib bormoqdamiz. Ya’ni, siyosiy 
tizimni izchil demokratlashtirmasdan, sud hokimiyatining mustaqilligini, 
so‘z va axborot erkinligini, saylov erkinligi va saylov tizimi rivojini 
ta’minlamasdan, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirmasdan, 
fuqarolarimizning siyosiy ongi, ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va huquqiy 
madaniyatini yuksaltirmasdan turib bozor islohotlari va iqtisodiyotni 
liberallashtirishni ta’minlab bo‘lmaydi. Va bunda tadrijiy taraqqiyotni, 
amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishda uzviylik va 
izchillikni ta’minlash favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ba’zan uchrab turadigandek, olib borilayotgan islohotlarning oxiriga 
yetmasdan, yuzaki va pala-partish tus olib, demokratik jarayonlarning 
qandaydir soxta ko‘rinishiga aylanib qolishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 
Demokratiya – bu, qanchalik og‘ir va murakkab bo‘lmasin, bizning 
yo‘limizdir.
Shuni tushunib olish kerakki, Konsepsiya jamiyatda ro‘y berayotgan 
keng miqyosdagi o‘zgarishlarga doir barcha masalalarni qamrab 
ololmaydi. Shuning uchun ham unda asosiy ustuvor yo‘nalishlar belgilab 
berilgan, ulardan, bizning nazarimizda, islohotlarning quyidagi 
yo‘nalishlari prinsipial ahamiyatga egadir.
Bizning oldimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini 
demokratlashtirish sohasida katta va mas’uliyatli vazifalar turibdi. 
Hokimiyatlar bo‘linishi konstitusiyaviy prinsipini izchil va tizimli ravishda 
amalga oshirish, hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va 
manfaatlar muvozanatining, davlat va jamiyat oldida turgan vazifalarni hal 
etishda o‘zaro kelishilgan holda faoliyat yuritish va hamkorlik qilishning 
samarali mexanizmlarini yaratishga qaratilgan islohotlarni davom 
ettirishimiz zarur.
Konsepsiyaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 
ayrim moddalariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng ko‘p deputatlik 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
158
o‘rnini egallagan siyosiy partiyalarning Bosh vazir nomzodi bo‘yicha taklif 
kiritish huquqini, Bosh vazirga ishonchsizlik votumi institutini joriy etishni 
nazarda tutadigan o‘zgartishlar kiritildi. Parlamentga mamlakatimizni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha hukumat 
rahbari hisobotlarini eshitish huquqi berilgan va boshqa qator prinsipial 
yangiliklarni kiritish ko‘zda tutilgan. Shu tariqa ijro etuvchi, qonun 
chiqaruvchi va sud hokimiyatlarini yanada chuqur isloh qilish, ularning 
mustaqilligini, mustaqil ish yuritish qobiliyatini kuchaytirish, davlat va 
siyosiy qurilish tizimida parlamentning roli va ahamiyatini oshirish 
borasida qonunchilik asoslari yaratilmoqda. Konstitusiyaning mazkur 
yangi qoidalarini bosqichma-bosqich joriy etish ijro hokimiyati organlarini 
shakllantirish, ularning faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga 
oshirish, demokratik jamiyatning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan 
siyosiy, partiyalararo raqobatni sezilarli darajada kuchaytirishda siyosiy 
Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling