Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

Islom Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
161
“BARKAMOL AVLOD” SPORT O‘YINLARI 
QATNASHCHILARIGA 
Aziz farzandlarim! 
Hurmatli ota-onalar, ustoz-murabbiylar! 
Avvalambor, barcha-barchangizni bugun go‘zal va betakror 
Surxondaryo zaminida boshlanayotgan “Barkamol avlod” sport 
o‘yinlarining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan 
xursandman. Qadimiy Termiz shahriga mutlaqo yangicha qiyofa va chiroy 
bag‘ishlagan, yangidan bunyod etilgan sport inshootlari, jumladan, 
barchaning hayrati va havasini uyg‘otadigan mana shu muhtasham 
maydonda to‘plangan siz azizlarni – men uchun qadrli bo‘lgan barkamol 
o‘g‘il-qizlarimni qutlar ekanman, hammangizni g‘oyibona bag‘rimga 
bosib, sizlarning qaddi-qomatingiz, azmu shijoatingizga, yonib turgan 
ko‘zlaringizga boqib, o‘zimning cheksiz mehr-muhabbatim, katta ishonch 
va umidimni bildirishdan haqiqatan ham baxtiyorman.
Navbatdagi – beshinchi “Barkamol avlod” o‘yinlarining yurtimizning 
janubiy ostonasi bo‘lmish Surxon diyorida, Vatanimiz mustaqilligining 
shonli 20 yilligi arafasida bo‘lib o‘tayotganining o‘zi chuqur ramziy 
ma’noga ega bo‘lib, nafaqat mamlakatimiz, balki yon-atrofda joylashgan 
davlatlar aholisining ham e’tiborini tortayotganini, hech shubhasiz, 
hammamiz yaxshi anglaymiz.
Mamlakatimiz, qit’a va jahon miqyosidagi nufuzli bellashuvlarda 
g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, bugun sizlarning saflaringizda barchaga o‘rnak 
va namuna bo‘lib turgan o‘g‘il-qizlarimiz ertangi kunda jahon 
maydonlarida O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib, eng yuksak sovrin 
va nishonlarning sohibi bo‘lishiga, xalqimizning g‘urur va iftixoriga 
aylanishiga ishonchimiz komil. 
Shu borada birgina misol – yosh sportchilarimizning o‘tgan yili 
Xitoyda bo‘lib o‘tgan XVI Osiyo o‘yinlarida 11 ta oltin, 22 ta kumush, 23 
ta bronza medaliga sazovor bo‘lgani, futbol bo‘yicha o‘smirlar milliy 
terma jamoamiz Meksikada bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etish 
huquqini qo‘lga kiritganining o‘zi, o‘ylaymanki, ko‘p narsani anglatadi. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
162
Yoshlar sportini rivojlantirish, yuksak darajaga ko‘tarish maqsadida 
amalga oshirgan ishlarimiz ko‘lamini so‘nggi yillarning o‘zida barcha 
viloyat va tumanlarimizda 1200 dan ziyod bolalar sporti inshooti, 
jumladan, 61 ta suzish havzasi, 724 ta maktab sport zali barpo etilgani, ular 
zamonaviy jihoz va anjomlar, malakali ustoz-murabbiylar bilan 
ta’minlangani misolida ko‘rish, kuzatish qiyin emas, albatta. 
Bu yilgi “Barkamol avlod” sport o‘yinlarining dastlabki bosqichida 
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan 1 million 600 
ming nafardan ziyod farzandlarimizning 740 ming nafari yoki qariyb 50 
foizi ishtirok etgani ushbu musobaqalarning qamrovi qanday keng ekani va 
mana shu kurash maydonlarida bo‘lajak bellashuvlarning naqadar qizg‘in 
bo‘lishidan darak beradi. 
Bugungi yoshlik va nafosat bayramini, yurtimizda shakllangan, “Umid 
nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport o‘yinlari deb nom olgan 
uch bosqichdan iborat noyob tizimni biz ming-minglab yoshlarimiz uchun 
sport olamida eng yuksak marralarni egallashda o‘ziga xos parvoz 
maydonchasi sifatida qabul qilamiz. Bunday samarali tizim siz, aziz 
bolalarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan yetuk, irodasi 
baquvvat, imon-e’tiqodi mustahkam insonlar etib voyaga yetkazishda, 
qat’iyat va mardlik ruhida tarbiyalashda yoshlarimizning chiniqish va 
mahorat maktabiga aylanib borayotgani barchamizni albatta quvontiradi. 
Qadrli o‘g‘il-qizlarim! 
El-yurtimizga xos bag‘rikenglik, oriyat va g‘urur tuyg‘usini ulug‘lab 
yashaydigan Surxon ahli mardlarni sevadi, maydonga bel bog‘lab chiqqan 
insonlarni ardoqlab boshiga ko‘taradi. Shunday otashin sport 
muxlislarining ishonch va e’tiborini qozonib, ularning olqishlariga sazovor 
bo‘lishning o‘zi, hech shubhasiz, har bir ishtirokchi uchun katta sharaf va 
mas’uliyatdir. 
Shu hayajonli daqiqalarda sizlar g‘alaba ishtiyoqi bilan kurashga 
shaylanib turar ekansiz, Termiziy bobolarimizdek ulug‘ zotlarni voyaga 
yetkazgan, Alpomishdek mard o‘g‘lonlar, Barchinoydek barno qizlarni 
ulg‘aytirgan qanday muqaddas zaminda maydonga tushayotganingizni, 
o‘ylaymanki, chuqur anglab, his etib turibsiz. Bu esa sizlarning har 
biringizga baland ruh, jo‘shqin g‘ayrat va ishonch bag‘ishlaydi, albatta. 
Fursatdan foydalanib, “Barkamol avlod” sport o‘yinlarini yuksak 
saviyada o‘tkazish uchun zamonaviy sport majmualarini barpo etgan mohir 
quruvchilarga, me’mor va muhandislarga, ana shunday ezgu ishlarga katta 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
163
hissa qo‘shgan mutasaddi va homiy tashkilotlarga, butun Surxon ahliga 
chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman. 
Sizlarning, butun el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan ko‘hna va 
navqiron Termiz shahri tobora obod bo‘lib, ta’bir joiz bo‘lsa, 
O‘zbekistonimizning oltin darvozasiga aylanib bormoqda, desak, hech 
qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Aziz farzandlarim! 
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida qanday og‘ir va murakkab yo‘lni 
bosib o‘tib, bugun barqaror o‘sish sur’atlariga erishayotgan, jahondagi 
rivojlangan davlatlar qatoriga kirish uchun ishonch bilan bardam qadam 
tashlayotgan ekan, buning eng muhim sharti va mezoni bitta: ya’ni, 
dunyoda yakkayu yagona bo‘lgan ona Vatanimiz taraqqiyoti uchun o‘zini 
ayamasdan mehnat qilish, mana shu musaffo osmonimiz, tinch va 
osoyishta hayotimizni qat’iyat bilan himoya etish, bu yo‘lda har qanday 
sinov va mashaqqatlarga tayyor turishdan iboratdir. 
Aynan shu asosda buyuk va muqaddas yurtimizning tuprog‘ini 
ko‘zingizga to‘tiyo qilib, uning shonu shuhratini yetti iqlimga tarannum 
etish uchun o‘z hissamni qo‘shaman, deb Vatanga chin farzandlik sevgisi 
va sadoqati bilan yashasangiz, ishonamanki, hech qachon kam bo‘lmaysiz. 
Sizlarni yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga bugun 
boshlanayotgan musobaqalarda baxt va omad, kelgusi hayotingizda yangi-
yangi yutuqlar tilayman. 

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling