Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

 
 
 
 
VI UMUMJAHON SUV FORUMIGA TAYYORGARLIK 
BO‘YICHA TOSHKENT MINTAQAVIY KONFERENSIYASI 
ISHTIROKCHILARIGA QUTLOV MUROJAATI 
Muhtaram konferensiya qatnashchilari! 
VI Umumjahon suv forumiga tayyorgarlik doirasidagi mintaqaviy 
konferensiya ishtirokchilarini – nufuzli ekspertlar, olimlar, xalqaro 
tashkilotlar, ekologik harakatlar va moliya institutlari vakillarini samimiy 
qutlashga ijozat bergaysiz. 
Azal-azaldan bizning mintaqamizda suv eng aziz ne’mat, hayot va 
farovonlik manbai sifatida qadrlangan, desak hech qanday mubolag‘a 
bo‘lmaydi. Ikki azim daryo – Amudaryo va Sirdaryo asrlar davomida O‘rta 
Osiyoda istiqomat qiladigan aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan 
ehtiyojini, sug‘oriladigan dehqonchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, 
avvalo, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun zarur bo‘lgan darajada 
suv bilan ta’minlab kelgan. Aynan shu zaminda ko‘p asrlar muqaddam 
sayyoramizda birinchilardan bo‘lib irrigatsiya va suvdan samarali 
foydalanish tizimi yaratilgan. 
XXI asr bo‘sag‘asida O‘rta Osiyo xalqlari uchun, sayyoramizning 
boshqa ko‘plab mintaqalarida bo‘lgani kabi, suv resurslaridan oqilona va 
adolatli foydalanish masalasi muhim hayotiy ahamiyat kasb eta boshladi. 
Chunki o‘tgan asrning ikkinchi yarmida yirik transchegaraviy daryolardan 
uzoqni o‘ylamay foydalanish oqibatida mintaqamiz ekologik halokat 
yoqasiga kelib qoldi.
Bir avlod umri davomida noyob va go‘zal dengizdan qurib va yo‘qolib 
borayotgan suv havzasiga aylangan Orol fojiasi buning yaqqol dalilidir. Bir 
paytlar gullab-yashnagan Orolbo‘yi hududi esa bugungi kunda ayanchli 
sahroga aylanmoqda. 
Inson hayoti, salomatligi, millat genofondiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadigan omillar oqibatida nafaqat bevosita ekologik halokat hududida 
yashovchi aholi, balki butun O‘rta Osiyo mintaqasi doimiy ekologik tahdid 
ostida qolmoqda. 
Suv resurslari taqchilligi, sug‘oriladigan ekin maydonlarining 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
170
yaroqsizlanishi, hayvonot va nabotot dunyosining keskin qisqarishi, iqlim 
o‘zgarishlari, shuningdek, mintaqadagi asosiy daryolar suv oqimining katta 
qismini tashkil qiladigan Pomir va Tyan-Shan tog‘laridagi muzliklar 
erishining tezlashuvi – bular Orol fojiasi keltirib chiqargan og‘ir 
oqibatlarning bir qismi, xolos. 
Aynan shu sababli mintaqadagi transchegaraviy daryolar bo‘yida 
joylashgan davlatlarning hayotiy ehtiyojlarini azal-azaldan ta’minlab 
kelgan suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari bugungi kunda 
alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda mintaqaning 6 
davlatida istiqomat qiluvchi 50 milliondan ziyod kishining taqdiri suv 
resurslari, birinchi galda, transchegaraviy daryolardan foydalanish 
bo‘yicha har tomonlama puxta o‘ylangan yondashuv va qarorlarga bog‘liq 
bo‘lib qolmoqda. 
O‘zbekiston V Umumjahon suv forumining ichimlik suvidan 
foydalanish imkoni insonning eng asosiy huquqi ekani, suv taqchilligi 
energetik va moliyaviy inqirozdan ko‘ra xavfliroq ekani to‘g‘risidagi 
qarorini qo‘llab-quvvatlaydi. 
Shu munosabat bilan ta’kidlash joizki, suv resurslarining yalpi 
taqchilligini, halokatli texnogen, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni 
keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan loyihalarning amalga oshirilishi suv 
resurslaridan oqilona foydalanish masalasini katta xavf ostida qoldiradi. 
Sug‘oriladigan dehqonchilik barqarorligi va vegitatsiya davrida suv 
resurslarining yetarli darajada bo‘lishiga bevosita bog‘liq bo‘lgan oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘ta muhim bo‘lib turgan hozirgi 
sharoitda bu masala ayniqsa dolzarb ahamiyatga ega. 
Ushbu jiddiy tahdidlarni inobatga olmaslik barqaror rivojlanish 
istiqbollarini hamda Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonning o‘n 
millionlab aholisining bu yerda yashashini xavf ostida qoldiradi. 
Bundan tashqari, yangi ulkan gidroinshootlar qurilishi 
mo‘ljallanayotgan joylar bir necha marotaba 9 balli zilzilalar sodir bo‘lgani 
isbotlangan va tasdiqlangan kuchli seysmik zonada joylashgan. Mazkur 
hududda, ilgari ham bir necha bor kuzatilganidek, kuchli yer silkinishi 
sodir bo‘lsa, tuzatib bo‘lmaydigan, yuz minglab odamlarning hayotini xavf 
ostida qoldiradigan texnogen halokat yuz berishi mumkin.
Bugun insoniyat oldida tabiatni hozirgi va kelgusi avlodlar uchun 
asrab-avaylash, uni odamlar turmush sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, 
tabiatdan foydalanish bo‘yicha shakllangan tizimni buzishi mumkin 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
171
bo‘lgan xavf-xatar va tahdidlardan himoya qilishdek muhim vazifalar 
turibdi. 
Shu ma’noda mintaqamiz xalqlari uchun transchegaraviy daryolardan 
umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlar va qoidalar asosida foydalanishni 
kafolatlaydigan, har bir tomon uchun tenglik, o‘zaro manfaat va adolatni 
ta’minlaydigan samarali mintaqaviy hamkorlik mexanizmlarini yaratish 
hayotiy muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Suv resurslaridan oqilona foydalanish, mintaqaviy va global darajada 
gidrologik balansni saqlash, suv resurslarini asrash va tejash, suvdan 
foydalanish hajmini kamaytirishni ta’minlovchi dehqonchilik tizimini 
takomillashtirish, suv xo‘jaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish, 
suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish – bular hayotning 
o‘zi oldimizga qo‘yayotgan g‘oyat muhim masalalar bo‘lib, bizdan alohida 
e’tibor va o‘zaro manfaatli muhokamani talab qiladi. 
Toshkent mintaqaviy konferensiyasi yakunlari kelgusida BMTning 
Mingyillik rivojlanish maqsadlari dasturi ijrosini ta’minlash yo‘lidagi 
samarali hamkorligimiz uchun mustahkam asos bo‘ladi va VI Umumjahon 
suv forumiga tayyorgarlik ko‘rishga salmoqli hissa qo‘shadi, deb ishonch 
bildirishga ijozat bergaysiz. 
Konferensiyaning barcha ishtirokchilari ishiga yuksak samara va 
muvaffaqiyatlar, kelgusidagi muhim va xayrli faoliyatiga zafarlar tilayman. 
Samimiy ehtirom bilan 

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling