Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
24
Ma’lumki, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati 
va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar 
o‘ta muhim bir maqsadga, ya’ni hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy 
prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib 
turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, 
markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining 
vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini 
liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha g‘oyat dolzarb 
chora-tadbirlarni ko‘rishga qaratilgan edi.
Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv 
tuzilmalari va ma’muriy organlarning vazifalarini o‘zgartirishga, ularning 
boshqarish, tartibga solish va taqsimlash borasidagi vakolatlarini, xo‘jalik 
tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishga katta 
e’tibor berildi. Boshqacha aytganda, ularning vakolatlarini bozor 
tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning 
iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko‘zda tutilgan edi.
Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi 
vazifalarning bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar 
miqyosiga o‘tkazish, O‘zbekistonda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning 
noyob shakli bo‘lgan mahalla tizimini shakllantirish masalalariga katta 
ahamiyat qaratildi.
Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo‘yicha 
2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan referendum yakunlari va shu asosda 
“Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy 
prinsiplari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun 
chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o‘z 
vakolatlarini amalga oshirish jarayonida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar 
muvozanati tizimini shakllantirish, qonun ijodkorligining sifatini jiddiy 
ravishda oshirish, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga 
erishishdan iborat edi. Bu borada tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari 
mahalliy Kengashlari vakillaridan tashkil topgan yuqori palata – Senatning 
hududlar manfaatlarini ifoda etishi, quyi – Qonunchilik palatasi esa o‘z 
faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshirishi hisobga olinganini 
aytib o‘tish lozim.
Ta’kidlash kerakki, milliy parlamentimizning rivojlanishida yangi 
parlament va uning har bir palatasining maqomi, vakolatlari va faoliyat 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
25
mexanizmlari aniq belgilab berilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy 
qonunlarning 2003 yilda qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etdi.
2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan mamlakat 
Prezidenti bir vaqtning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanini 
belgilaydigan normaning chiqarilishi ushbu davrdagi muhim siyosiy-
huquqiy voqealardan biri bo‘ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyamizning 89-
moddasida “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va 
davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini 
hamda hamkorligini ta’minlaydi” degan qoida belgilab qo‘yilgan.
Ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti egallab turgan Vazirlar 
Mahkamasi raisi lavozimining tugatilishi ham liberallashtirish va 
demokratlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Qabul qilingan 
qonunlarga muvofiq endilikda Bosh vazir nafaqat Vazirlar Mahkamasi 
faoliyatini tashkil etadi, balki unga rahbarlik qiladi va uning ishi 
samaradorligi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahkamasi 
majlislariga raislik qiladi, hukumat hujjatlarini imzolaydi, davlat va 
xo‘jalik boshqaruvi masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Hozirgi paytda mamlakatimiz aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati 
va ijtimoiy ong darajasining o‘sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va 
liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yurtimizda 
ko‘ppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi davlat 
hokimiyatining uchta subyekti, ya’ni davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, 
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning 
yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni 
yuzaga keltirmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 98-moddasini quyidagi tahrirda bayon etish taklif 
qilinadi:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi 
hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, 
vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z 
lavozimi bo‘yicha kiradi.


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
26
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning 
samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy 
Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, 
qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan 
bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini 
tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun 
shaxsan javobgar bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik 
qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni 
bajaradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.
Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z 
vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat 
doirasi qonun bilan belgilanadi.

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling