Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


) jarima;  2) muayyan huquqdan mahrum qilish


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

1) jarima; 
2) muayyan huquqdan mahrum qilish;
3) axloq tuzatish ishlari;
4) xizmat bo‘yicha cheklash;
5) qamoq;
6) intizomiy qismga jo‘natish;
7) ozodlikdan mahrum qilish; 
8) o‘lim jazosi. 
Yangi Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan: 1) jarima;
2) axloq tuzatish ishlari; 3) qamoq; 4) ozodlikdan mahrum qilish jazolari 
belgilangan.
1959-yilgi Jinoyat kodeksidagi jazo tizimiga nisbatan yangi Jinoyat 
kodeksidagi jazo tizimida sezilarli o‘zgarishlar mavjud. Jazo tizimidan 
jamoat izzasi, surgun, badarg‘a singari jazolar chiqarildi.
Jinoyat qonunida belgilangan barcha jazo turlari: asosiy va 
qo‘shimcha; muayyan muddat bilan bog‘liq bo‘lgan va muddat bilan 
bog‘liq bo‘lmagan; mahkumlarga nisbatan moddiy jafo keltiruvchi
ma’naviy jafo yetkazuvchi, ularning ayrim huquqlarini cheklovchi jazolar
va o‘lim jazosiga bo‘linadi.
Qonunda asosiy va qo‘shimcha jazolar nazarda tutilgan bo‘lib, B.M. 
Leontyevning fikriga ko‘ra, «Asosiy jazo-- faqat o‘zi qo‘llaniladigan, 
boshqa jazolarni to‘ldirish uchun yoki ular bilan birga qo‘llanishi mumkin 
bo‘lmagan, jazoning asosiy maqsadini amalga oshirish bilan bog‘liq 


340
bo‘lgan jazodir. Qo‘shimcha jazo — bu jazoning maqsadini amalga 
oshirish uchun yordamchi ahamiyatga ega bo‘lgan jazodir. Qo‘shimcha 
jazo alohida qo‘llanishi mumkin emas, u faqat asosiy jazoga qo‘shimcha 
ravishda qo‘llaniladi».
Qo‘shimcha jazo quyidagi belgilarga ega: 
1) alohida jazo chorasi sifatida qo‘llanilishi mumkin emasligi
2) asosiy jazoga qo‘shib qo‘llanilishi mumkinligi; 
3) jazoning maqsadiga erishishga ko‘maklashadi. 
G.A.Kriger va G.D.Krigerlarning huquqiy adabiyotlarida asosiy 
jazoning funksiyasi – jinoyatchini to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, qo‘shimcha 
jazoning funksiyasi esa qayta tarbiyalashdan iborat deb hisoblaydilar.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling