Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Jazo tizimi yengilidan og‘iriga qarab joylashtirilgan jazo turlari 
yig‘indisidir. 
Yangi Jinoyat kodeksida belgilangan jazo tizimida avvalgi jinoyat 
qonunidagi bir qancha jazolar: badarg‘a, surgun, vazifasidan bo‘shatish, 
yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklash, jamoat izzasi kabi 
jazolar o‘rin olmagan. Buning sababi yuqoridagi jazolarining amalda 
ijobiy natija bermaganligidadir.
Jinoyat huquqida jazo tizimi umumiy prinsiplar asosida 
tizimlashtirilgan. Unda qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, 
odillilik va insonparvarlik prinsiplari mustahkamlangan. Jinoyat kodeksida 
ko‘rsatilgan jazo tizimining quyidagi elimentlarini ko‘rsatib o‘tish 
mumkin: 
1) davlat nomidan qo‘llanilishi orqali sudlanuvchini tarbiyalashga
jinoiy faoliyatining oldindani olishga, shuningdek, umumiy maxsus 
prevensiyaga erishish mumkin bo‘lgan jazo tizimini tashkil qiluvchi 
elementlar sifatida faqat alohida davlat majburlov choralari ko‘rsatiladi; 
2) jazo tizimi elementlari o‘zaro bog‘liq va biri-birini to‘ldiradi. 
Jazo tizimining bu belgisi jazo samaradorligiga erishish uchun har 
tomonlama yondashishni bildiradi, ya’ni belgilangan maqsadga erishish 
biron bir jazo chorasini qo‘llashga emas, balki sudlanuvchiga kompleks 
ta’sir choralarining qo‘llanilishi bilan bog‘liqdir. Bu belgi Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismi tegishli moddasi normalarida alternativ jazo choralarining 


339
belgilanishi yoki qo‘shimcha jazo chorasini qo‘llanishida namoyon 
bo‘ladi; 
3) jinoyat qonunida belgilangan davlat majburlov choralari qat’i 
bo‘lib, uning kengaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jinoyat kodeksida 
ko‘rsatilmagan jazo choralarining aybdorga qo‘llanishi mumkin emas. 
Jinoyat kodeksidagi jazo tizimiga kiritilmagan jazo chorasi Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismi sanksiyasiga ham kiritilishi mumkin emas; 
4) jazo tizimiga kiritilgan jazo turlari og‘irlik darajasiga qarab 
joylashtirilgan bo‘lib, yengilidan og‘iriga qarab joylashtirilgan.
Jamiyatda va davlatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar 
va rivojlanish darajasi jazo tizimiga ta’sir qiladi; jazo turlari o‘zgaradi, 
ba’zi jazolar o‘z ahamiyatini yo‘qotib, jinoyat qonunidan chiqariladi, yangi 
turlari esa qonunga kiritiladi.
1994-yilgi Jinoyat kodeksida, jamiyat va davlatimizda so‘nggi 
yillarda ro‘y bergan o‘zgarishlar e’tiborga olinib, jazo turlari quyidagicha 
joylashtirilgan: 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling