Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyatning maxsus oldindani olish
- Jinoyatni umumiy oldindani olishda
birinchidan, jazo sodir etilgan jinoyat va aybdorning shaxsiga
muvofiq bo‘lishi, jabrlanuvchi va uning yaqinlari oldida, davlat va boshqa organlar hamda jamiyat oldida adolatni tiklashi, jinoyatning og‘irliligiga muvofiq kelishini anglatadi; 1 Бекариа Ч.О. О преступлениях и наказаниях. М, 1995г, Стр-373 2 Таганцев Н. С Русское уголовное право М, 1994, Том-2, Стр-97 3 Беляев Н.А Цели наказания и средства их достижения Л, 1963 г, Стр-25 329 ikkinchidan, jazoning maqsadi mahkumni tarbiyalashga qaratilgandir. Ba’zi mualliflar jinoyat huquqiy jazo chorasini qayta tarbiyalash jarayoni bilan bog‘lamaslik lozim deb hisoblaydilar. Ammo qonun chiqaruvchi jazoning maqsadi mahkumni tarbiyalash, deb belgilaydi. Jinoyatning maxsus oldindani olish –jazo chorasini qo‘llash orqali mahkumning ruhiy holati va xulqini o‘zgartirish, uning ongidagi jinoyat sodir qilishga ta’sir etgan salbiy xislatlarni tugatish hamda shaxslarni qonunlar va axloq normalarini hurmat qilish, halol turmush kechirish va mehnat qilish ruhida tarbiyalashdir. N.A. Struchkov mahkumni tarbiyalash deganda birinchidan, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan ta’sir ko‘rsatish natijasi, ikkinchidan, maxsus tarbiyalash jarayoni, ya’ni jazoni ijro etish jarayonida qo‘llanadigan va majburan mehnat qilish chorasini qo‘llashni tushunadi 1 . N.A Belyayev «Tarbiyalash – bu jazoni ijro etishdan oldindan hal qilinishi lozim bo‘lgan muhim masaladir. Jinoyatchining tarbiyalanishi, unga nisbatan qo‘llanilgan jazoning ta’sir etishi natijasida unda bo‘ladigan o‘zgarishlar bo‘lib, u jamiyatning faol a’zosiga aylanmasa-da, jamiyat uchun xavfli bo‘lmasligi», deb tushuntiradi. Sud jinoyatchini tuzatish va qayta tarbiyalash maqsadlarini ko‘zda tutib, jazo belgilaganda, har bir shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, maqsadga muvofiq jazo chorasini tanlashi zarur. Ba’zan aybdorga jarima jazosini tayinlash, axloq tuzatish ishiga jalb qilish orqali jinoiy jazoning maqsadiga erishish ham mumkin. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi esa, ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Qonunda takroran jinoyat sodir etganlik uchun og‘irroq jazo belgilanishi ham jinoyatlarning oldindani olishga qaratilgan muhim choralardan biridir. Mahkumni tuzatish va qayta tarbiyalash ozodlikdan mahrum qilingan yoki boshqa jazo chorasi qo‘llanilgan mahkumlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarga ham bog‘liqdir. Bu tarbiyaviy choralardan muhimi — mahkumlarni mehnatga jalb qilish, ular bilan siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularning umumiy madaniy saviyalarini oshirish va boshqa tadbirlardan iboratdir. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash muassasalaridagi maxsus tartib ham bunda katta ahamiyatga ega. Mahkumni tuzatish va qayta 1 Стручков Н.А. Уголовное ответственност и ее реализация борбы с претупностью. Саратов. 1978. Стр-64 330 tarbiyalashda davlat organlari bilan birga jamoat tashkilotlari va mahnat jamoasining o‘rni ham alohida ahamiyat kasb etadi. Yangi jinoyat qonuni modelini yaratishda jinoiy jazoning maqsadlaridan biri, jinoyatning umumiy va maxsus oldindani olish qilib belgilandi. Jinoyatni umumiy oldindani olishda – sudlangan shaxs orqali boshqa shaxslarni ogohlantiriladi. Maxsus oldindani olish esa – shaxsni qayta tarbiyalashga qaratilgandir. Jazoning maqsadiga erishish mexanizmi uning jazolash xususiyati va mahkum tomonidan uni o‘talishida ifodalanadi. Agar jazoni qo‘llash natijasida mahkum tomonidan yangi jinoyat sodir etilishining oldi olinsa, Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling