Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

uchun jazolashdir. Jazoning bu zo‘rlov, majburlov tomoni jinoyatchini 
jismoniy, mulkiy, ma’naviy va boshqa jihatlardan ma’lum darajada 
cheklash va mahrum qilishdir. Sud shaxsni ozodlikdan mahrum etganda, 
uning istagan joyda yashash huquqini chegaralashi, muayyan mansabni 
egallash yoki muayyan ish bilan shug‘ullanishini cheklashi mumkin.
Jinoiy jazo jinoyatchining shaxsiga qaratilgan bo‘lib, hatto u 
javobgarlikdan qochgan vaqtda ham, undan boshqa shaxsga nisbatan 
qo‘llanilmaydi.  
8) Jinoiy jazoning vazifasi faqatgina sodir etilgan qilmish uchun 
jazolash bo‘lmay, shuningdek,, mahkumlarni tuzatish va qayta 
tarbiyalash hamdir. Jinoyatchilarni tuzatish uchun tarbiyalashning alohida 
vositasi bo‘lgan – jinoiy jazo choralari zarurdir. Shuning bilan birgalikda 
kam ahamiyatli va ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni sodir qilgan 
shaxs, jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilinib, ma’muriy, intizomiy 
yoki jamoat ta’sir choralarini qo‘llash yo‘li bilan ham tarbiyalanadi.
Jazoni o‘tash jarayonida shaxsga nisbatan qo‘llanilgan jazoning 
tarbiyaviy ta’siri katta bo‘ladi. Shuning uchun jazo tayinlangan hukmlarni 
ijro etish bilan shug‘ullanuvchi organlarning bu sohadagi faolyati katta 
ahamiyatga egadir.
Yuqorida ko‘rsatilgan belgilar jinoiy jazoning boshqa majburlov 
choralaridan farqini ko‘rsatadi. Jinoiy jazo davlatning boshqa majburlov 
choralariga yaqin bo‘lib ko‘rinsa-da, lekin ulardan farq qiladi. Masalan, 
fuqarolik ishlari bo‘yicha chiqariladigan sud qarori ham O‘zbekiston 
Respublikasi nomidan chiqariladi va majburiy xususiyatga ega bo‘ladi. 
Lekin fuqarolik ishlari bo‘yicha chiqarilgan undiruv to‘g‘risidagi qaror 
mulkiy yoki boshqa xususiyatdagi da’volar yuzasidan chiqariladi va u jazo 
hisoblanmaydi. Bu xildagi ta’sir choralari bevosita shaxsning o‘ziga 
qaratilmaydi va shaxs uchun sudlanganlik singari yuridik oqibat keltirib 
chiqarmaydi.
Jinoiy jazo quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
1) jinoiy jazo davlat majburlov chorasi hisoblanadi
2) jinoiy jazo chorasi faqat sud tomonidan tayinlanishi mumkin. 
Jazo tayinlash uchun jinoiy qilmishning sodir etilganligi asos bo‘ladi, 
boshqa hech qanday qilmish bo‘la olmaydi. 
3) Jazo faqat jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga 
nisbatan tayinlanadi; 
4) Jazo muayyan huquq va erkinlikni cheklashda ifodalanishi kerak; 


326
5) Maxsus huhuq va erkinlikdan mahrum qilish faqat jinoyat 
qonunida ko‘rsatilishi mumkin.
Jinoiy jazo shunday usul bilan ta’sir etish chorasiki, u muayyan sifat 
va miqdor xususiyatiga ega.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling