Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


  Retsidiv jinoyat tushunchasi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006


Retsidiv jinoyat tushunchasi. 
 
Retsidiv so‘zi jinoyat huquqida jinoyat fakti hodisasining qaytarilib 
turishi, kriminalogiyada esa ijtimoiy hodisa sifatida jinoyatchilikning 
qaytarilib turishiga nisbatan ishlatiladi. Shunga ko‘ra jinoyat huquqida 
retsidiv jinoyat sodir qilish tushunchasi, kriminalogiyada ishlatiladigan 
retsidiv jinoyatchilik tushunchasidan farq qiladi. Jinoyat huquqida retsidiv 
jinoyat sodir qilish takrorlangan yuridik faktga nisbatan ishlatilsa, 
kriminalogiyada jinoyatchilikning tizimida ijtimoiy hodisa sifatida 
takrorlangan jinoyatchilikka nisbatan ishlatiladi. Kriminalogiyada 
shaxsning ilgari sodir etgan jinoyati tegishli davlat organiga ma’lum 
bo‘lgan va ro‘yxatga olingandan keyin, yangi jinoyat sodir etishni retsidiv 
jinoyat sodir etish deb tushuniladi. 
Retsidiv jinoyat tushunchasi haqida huquqshunoslar turli fikrlarni 
bildirishgan. A.A.Piontkovskiy oldindangi jinoyat uchun sud hukmi bilan 
tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin takroran jinoyat sodir etishni 
retsidiv jinoyat, deb tariflagan
1
.
A.S.Shlapochnikov esa oldindangi jinoyati uchun jazoni o‘tash 
vaqtida yoki jazoni o‘tab bo‘lgandan keyin takroran jinoyat sodir etishni 
retsidiv jinoyat sodir etish deb hisoblagan
2
.
M.D.Shargorodskiyning fikriga ko‘ra, agar shaxs hukm qilinganidan 
keyin yangi jinoyat sodir etsa, bu retsidiv jinoyat emas, balki, hukmlarning 
jami bo‘ladi, deb hisoblagan. F.R.Susandorov esa retsidiv jinoyat 
tushunchasini ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash bilan bog‘lab 
tushuntiradi
3
. A.F.Zelinskiy retsidiv jinoyat tushunchasi faqatgina 
muayyan turdagi jinoiy jazo bilangina emas, hatto har qanday ta’sir 
chorasi qo‘llanilganidan keyin yangi jinoyat sodir etish bilan bog‘liq 
ekanligini aytadi
4
.
Retsidiv jinoyatning zaruriy belgilarini K.A.Panko quyidagilar deb 
hisoblagan: 
a) sodir etilgan jinoyatning takroran sodir etilganligi
b) shaxsning oldindangi jinoyati uchun sudlanganligi
5

Retsidiv jinoyat tushunchasi ilk bor 1919-yilgi «RSFSR jinoyat 
huquqi bo‘yicha boshqaruv asoslari»ning 12-moddasi «g» bandida 
1
Пионтковский А.А. “Учение о преступление”. // М.., 1961, Стр-650. 
2
Шлапочников А.С. Новое уголовное законадателъства РСФСР. // М:.1961 г., Стр-179. 
3
Сундров Ф.Р Лишение свободы и социально психологические предпосилкы его эффективности. 
Казань 1982. Стр-29 
4
Зелинский А.Ф Рецидив преступлений. Харьков, 1980, Стр-9-10. 
5
Панько К.А. “Вопросы обшей теории рецидива в советском уголовном праве” // Воронеж, 1988 г., 
Стр-40. 


313
belgilangan. Unda sudlar jazo tayinlashda jinoyat professional jinoyatchi 
(retsidiv) tomonidan yoki ilk bor sodir etilganligini hisobga olishlari 
kerakligi belgilangan edi. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yilda qabul 
qilingan amaldagi Jinoyat kodeksida retsidiv jinoyatlarning quyidagi 
turlari: 
1) oddiy 
retsidiv; 
2) xavfli 
retsidiv 
3) 
o‘ta xavfli retsidiv ajratilgan.
Jinoyat kodeksi 34-moddasida retsidiv jinoyat tushunchasiga ta’rif 
berilgan. Unga ko‘ra shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun 
sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb 
topiladi. Demak, quyidagi hollarda jinoyatlar retsidiv jinoyat deb aytiladi: 
a) ilgari jinoyati uchun sudlangandan keyin yangi jinoyat sodir etishi; 
b) birinchi hukm yuridik oqibatlari yoki muddat o‘tishi natijasida 
yoki boshqa tartibda hali tugamagan davrda jinoyat sodir etishi. 
Jinoyat huquqi doktrinasida «haqiqiy retsidiv jinoyat» tushunchasi 
mavjud bo‘lib, bu tushuncha shaxs tomonidan ikkita yoki undan ko‘p 
jinoiy qilmishlar sodir etganlikning barcha hollarini, subyektda avvalgi 
qilmishlari uchun sudlanganligi bor-yo‘qligidan qat’i nazar, qamrab oladi. 
Qonuchilik va sud amaliyoti jinoyatchilar shaxsi xavfliligi darajasini 
jazo muddatini belgilashda muhim omil sifatida e’tirof etadi. Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 54-moddasida «Sud jazo 
tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik 
darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va 
miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va 
og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi» deyilgan. O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1996-yil 19-iyulda qabul qilingan 
«Jinoiy jazo choralarini tayinlash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorida sudlar 
og‘ir jinoyatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qattiq jazo choralari 
qo‘llashi lozimligi belgilangan. Jinoyatchi shaxsining yuqori darajada 
xavfliligini ta’kidlashga, uni retsidivistlar toifasiga kiritishga va 
tegishincha unga nisbatan jazo muddatini oshirishga imkon beradigan 
yuridik jihatdan jiddiy alomatlarga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Jinoyat kodeksi 34- moddasi 2-qismiga asosan ilgari hukm qilingan 
jinoyatga o‘xshash jinoyat sodir etgan, ushbu kodeksda alohida 
ko‘rsatilgan hollarda esa, maxsus qismning boshqa moddalari bilan ham 
hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv 
jinoyat, deb topiladi. Oddiy retsidivdan farqli ravishda xavfli retsidiv 


314
qonun chiqaruvchi tomonidan ba’zi jinoyat tarkiblari uchun kvalifikatsiya 
qilish belgisi sifatida baholanadigan belgi kabi ta’riflanadi. Bunday 
holatda sodir etgan jinoyati uchun ilgari ozodlikdan mahrum etilgan shaxs 
yana o‘sha jinoyatga o‘xshash qilmishni sodir etsa xavfli retsidivist deb 
topiladi. Shaxsni xavfli retsidivist deb topish uchun bundan boshqa 
protsessual qarorga ehtiyoj bo‘lmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining «Sud hukmi 
to‘g‘risida»gi 1997-yil 2-maydagi 2-sonli qarorida “Xavfli retsidivist 
tomonidan jinoyat sodir etilishi bir qator jinoyatlarning tavsiflash belgisi 
hisoblanadi va jiddiyroq jazo choralarini qo‘llashga olib keladi. Shu 
sababli bu holat shaxs dastlabki tergov organi tomonidan jinoyat ishida 
ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinayotganda ko‘rsatib 
o‘tilgan bo‘lishi lozim va keyinchalik bu sud hukmining tavsif qismida 
ham o‘z aksini topishi kerak”
1
.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish uchun shaxsga nisbatan 
besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi 
tayinlanishi mumkin bo‘lgan yangi jinoyat sodir etishi, ya’ni: 
a) ilgari o‘ta og‘ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun 
hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam bo‘lmagan 
muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan 
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi; 
b) oldindan-keyinligidan qat’i nazar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar 
uchun ularning har biriga besh yildan kam bo‘lmagan muddatga 
ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning og‘ir jinoyat sodir 
etishi o‘ta xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi. Shaxsni faqat sudning hukmi 
bilangina o‘ta xavfli retsidivist deb topish mumkin. Bundan tashqari 
shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish uchun boshqa davlatlarning 
hukmlari ham e’tiborga olinadi. Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish 
bir qator huquqiy oqibatlarga sabab bo‘ladi: 
1) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etganlik maxsus 
qismining ko‘p moddalarida qonun chiqaruvchi tomonidan tasniflovchi 
yoki alohida tasniflovchi belgi sifatida baholanadi; 
2) o‘ta xavfli retsidivist erkaklar ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi 
jazoni maxsus tartibli koloniyalarda, ayollar esa qattiq tartibli 
koloniyalarda o‘taydilar; 
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Суди Пленуми қарорларининг тўплами. 1991-1997 й. // Т:.1997, 113-
бет. 


315
3) o‘ta xavfli retsidivistlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi 
muddatining bir qismini turma qamog‘ida saqlash tarzida o‘tash 
tayinlanishi mumkin; 
4) ularga nisbatan jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etishni 
qo‘llashning bir qancha cheklashlari belgilanishi mumkin; 
5) ularga nisbatan shartli ravishda jazo tayinlash, jazo muddatidan 
ilgari shartli ozod etish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish 
qo‘llanilmaydi; 
6) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan sudlanganlikni olib 
tashlashning alohida tartibi belgilanadi. 
Retsidiv jinoyat ham quyidagi huquqiy oqibatlarga sabab bo‘ladi: 
1) retsidiv jinoyat uchun jazo tayinlashda og‘irlashtiruvchi holat 
sifatida Jinoyat kodeksining 56-moddasi «n» bandi asosida hisobga 
olinadi; 
2) Jinoyat kodeksining 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar 
bo‘yicha jazo tayinlashning alohida tartibiga sabab bo‘ladi; 
3) shartli hukm qilishga to‘sqinlik qiladi (Jinoyat kodeksi 2-qism); 
4) 
jazoning haqiqiy muddatini uzaytirish uchun, jazo o‘tash 
muddatidan ilgari shartli ozod qilishda hisobga olinadi (Jinoyat kodeksi 
73-modda). 
Olimlar tomonidan talqin qilinadigan retsidiv jinoyat tushunchasi 
quyidagi guruhlarga: «legal» retsidiv va «petensiar» retsidiv jinoyatlarga 
ajratiladi. 
«Legal» retsidiv jinoyatning ajratilishi jinoyat qonunchiligini talqin 
qilishga asoslanadi. Bu turdagi shaxs ilgari ijtimoiy xavfli qilmishi uchun 
hukm qilinganidan keyin uning sudlanganligi qonunda belglangan tartibda 
olib tashlanmagan va tugallanmagan holda u tomonidan sodir etilgan 
takroriy jinoyatlardan iborat bo‘ladi. 
«Petensiar» retsidiv jinoyat tushunchasidan ko‘proq jinoyat huquqi 
va jinoyat ijroiya huquqida foydalaniladi. Jinoyat huquqida bevosita 
«petensiar» retsidiv jinoyat tushunchasi berilmagan bo‘lsa-da, Jinoyat 
kodeksi 34-moddasining 3-qismida jinoyatni o‘ta xavfli retsidiv jinoyat 
deb topish uchun shaxs oldindangi jinoyatlari uchun faqat ozodlikdan 
mahrum qilish jazosiga hukm qilingan bo‘lishi kerak, degan xulosa kelib 
chiqadi. Agarda shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosidan amnistiya akti 
yoki boshqa asoslarga ko‘ra ozod qilingan bo‘lib, yangi qasddan jinoyat 
sodir qilsa «petensiar» retsidiv jinoyat deb hisobanadi. Bunday holda 
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs tayinlangan jazoning 
hech bo‘lmasa bir qismini ozodlikdan mahrum qilish muassasalarida 


316
o‘tagan bo‘lishi kerak. Chunki shaxsga nisbatan «petensiar» retsidiv 
jinoyat deganda, jinoyat ijroiya sharoitida bo‘lganligi nazarda tutiladi. 
Shaxs ozodlikdan mahrum qilishdan boshqa turdagi jazoga hukm 
qilinganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etsa, bu jinoyat «petensiar» 
retsidiv jinoyat hisoblanmaydi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling