Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
3. 
Jinoyatlar majmui uchun javobgarlik tushunchasi va uning 
xususiyatlari 
 
Jinoyatlar majmui jinoyat huquqining muhim va murakkab 
muammolaridan biri hisoblanib, bir qator munozaralarga sabab bo‘lib 
kelgan. Jinoyatlar majmui tuzilishi jihatidan murakkab bo‘lib, ikki yoki 
undan ortiq jinoiy qilmishlarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham oddiy, 
yagona jinoyatlarni tavsif qilishga qaraganda ularga huquqiy baho berish 
ancha mushkul masala hisoblanadi. Jinoyatlar majmui uchun jazo 
tayinlashning mazmunini ochib berishdan oldindan jinoyatlar majmui o‘zi 
nima ekanligini tushunib olish lozim. 
Jinoyat kodeksi 33-moddasining birinchi qismiga ko‘ra «Jinoyat 
kodeksi Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli 
qismlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha 
jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs 
avval sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi», deyilgan. 
Ko‘pchilik huquqshunos olimlarning fikricha, ushbu institutning 
shakllanishi XIX asrning birinchi yarmiga to‘gri keladi. Bu o‘z navbatida 
1
В.П.Малков «Совокупность преступлений » 1974 й., 15-бет, Изд. Казанского Университета. 
2
Е.А.Флоров, Р.М.Галиакбаров. Множественность преступних деяий как инстут советского 
уголовнога право, М:.1967, Стр-6. 


300
o‘sha davrda O‘rta Osiyoda hukmron bo‘lgan Rossiya imperiyasining 
mustamlakachilik tizimi qonunchiligi bilan bog‘liqdir. Jinoyatlar majmui 
tushunchasi birinchi marta Rossiya imperiyasining 1845-yildagi jazolar 
to‘grisidagi qonunnomada keltirilgan. Unga ko‘ra, jinoyatlar majmui 
aybdor tamonidan bir necha qilmishlarni bir vaqtning o‘zida yoki turli 
vaqtlarda sodir etilishi sifatida tan olinar edi. Jinoyatlar majmui tariqasida 
sodir etilgan jinoyat deb topish uchun shaxs birorta qilmishi uchun ham 
jazoga tortilmagan, umumiy va yakka tartibda afv etilmagan bo‘lishi lozim 
edi. Sobiq Ittifoq davrida jinoyatlar majmui turlarga bo‘linib, bu holatlar 
birinchi marta RSFSRning 1922- yil qabul qilingan Jinoyat kodeksida 
mustahkamlangan edi. Unda jinoyatlar majmui to‘grisida ikkita modda 
bo‘lib, ularda jinoyat majmuining turlari jinoyatlarning ideal va real jami 
uchun jazo mustahkamlangan edi. Ushbu kodeksning 29-moddasiga ko‘ra 
«Agar aybdor sodir etgan qilmishda, kodeksning turli moddalarida nazarda 
tutilgan jinoyatlarning belgilari mavjud bo‘lsa sud og‘irroq jazoni nazarda 
tutuvchi modda asosida jazo tayinlaydi». Ushbu tushuncha shaxsning 
harakatlari bitta modda bilan kvalifikatsiya qilinishini anglatib, qonun 
chiqaruvchi jinoyatlarning ideal jamini yagona jinoyat guruhiga kiritgan. 
Jinoyatlarning real jami deganda, qonun chiqaruvchi «sudlanuvchi 
tomonidan hukm chiqarilgunga qadar ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir 
etishi»ni nazarda tutgan va ushbu holda jazo tayinlashning alohida 
qoidalari tadbiq etilgan. O‘z navbatida masalaga bunday yondashish 
uzoqqa bormadi. 1924-yilgi «SSSR va Ittifoq respublikalar jinoyat 
qonunchiligi Asoslari»da jinoyatlarning ideal jami va real jami bir qancha 
jinoyat sodir etish turlariga kiritildi va Jinoyat kodeksining 33-moddasida 
mustahkamlandi. «Agar shaxsning sodir etgan qilmishida bir necha jinoyat 
belgilari mavjud bo‘lsa, shu jumladan hukm chiqarilgunga qadar shaxs 
tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatlar sodir etilsa ijtimoiy ta’sir 
choralari eng og‘ir jazoni nazarda tutuvchi jinoyatlar miqdoridan kelib 
chiqqan holda tayinlanadi» deyiladi ushbu qonunda.
O‘zbekiston Respublikasining 1926 yilgi Jinoyat kodeksida u 
quyidagicha mustahkamlangan edi: «Agar shaxsni sodir etgan qilmishida 
bir yoki bir necha jinoyat belgilari mavjud bo‘lsa, shu jumladan hukm 
chiqarilgunga qadar ikki yoki undan ortiq jinoyatlar sodir etilgan bo‘lsa 
ijtimoiy ta’sir choralari hukmda har bir jinoyat uchun alohida ko‘rsatib 
o‘tilgan holda og‘irroq jazo belgilangan jinoyat bo‘yicha tayinlanadi», 
deyiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining 1959 yildagi Jinoyat kodeksida ham 
jinoyatlar majmui tushunchasi ifoda etilmagan edi. Bu esa amaliyotda bir 


301
qancha jinoyatlar borasidagi muammolarni hal etishda ma’lum 
qiyinchiliklarga olib kelar edi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabr qabul 
qilingan yangi Jinoyat kodeksida jinoyatlar majmuiga oid barcha qoidalar 
tizimlashtirildi, ya’ni jinoyatlar majmuini tartibga solivchi umumiy 
qoidalar alohida modda sifatida shakllantirildi. Umumiy qoidaning maxsus 
normalar bilan muvofiqligi ta’minlandi. U o‘zining tabiatiga ko‘ra bir 
qancha jinoyatlar sodir etishning shakli bo‘lganligi uchun bir qancha 
jinoyat sodir etishni tartibga soluvchi Jinoyat kodeksining Umumiy qismi 
8-bobiga kiritildi. Yangi huquqiy normalarni shakllantirishda jinoyat 
huquqi nazariyasida mazkur muammo yuzasidan to‘plangan tajriba va 
erishilgan yutuqlar inobatga olindi. Amaldagi Jinoyat kodeksining 33-
moddasida ushbu masala, ya’ni jinoyatlar majmui ilk bor mustahkamlandi. 
Unga ko‘ra, «Maxsus qismning turli moddalarida yoki bitta moddasining 
turli qismlarida nazarda tutilgan javobagrlikka toritiladigan ikki yoki bir 
nechta jinoiy qilmishni sodir etish agarda ulardan birotasi uchun ham 
sudlangan bo‘lmasa jinoyatlar majmui deb topiladi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling