Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Tarkibli jinoyat shunday jinoyatki (murakkab tarkibli)


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Tarkibli jinoyat shunday jinoyatki (murakkab tarkibli), u ikkita 
mustaqil jinoiy harakatdan tashkil topadi, lekin ichki birligi va o‘zaro 
bog‘liqligi tufayli yagona jinoyat tarkibini tashkil etadi. Masalan, nomusga 
tegish jinoyati ikkita bir xil bo‘lmagan harakatdan: jismoniy zo‘rlik yoki 
qo‘rqitish va jinsiy yaqinlik qilishdan iborat. Zo‘rlik yoki qo‘rqitishsiz 
ikkinchi harakat ham sodir etilmaydi. 
Murakkab tarkibli jinoyatlarga bir harakat orqali sodir etiladigan, 
lekin ikki yoki undan ortiq oqibatlarni keltirib chiqaradigan jinoyatlar ham 
kiradi. Masalan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish odam o‘limiga 
sabab bo‘lsa jinoyat hisoblanadi (104-modda). 
 
2. Takroran jinoyat sodir etish tushunchasi 
Takroran jinoyat sodir qilish bir qancha jinoyatlar tizimida o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yilda qabul 
qilingan yangi Jinoyat kodeksida ilk bor mustahkamlangan. O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya Vazirliginiing bergan ma’lumotlariga ko‘ra takroran 


291
jinoyat sodir etish turli davrlarda barcha jinoyatlarning 25-30 % ni tashkil 
etgan. 
Takroran sodir etilgan jinoyatlar jamiyat uchun xavfli harakatlardan 
bo‘lib, takroran jinoyat sodir qilish jinoyat huquqi instituti sifatida chuqur 
tarixga ega. 
Takroran jinoyat sodir etish va uni sodir etganlik uchun javobgarlik 
to‘g‘risidagi dastlabki manbalar Rim huquqida uchraydi. Qadimgi 
Fransiya, Germaniya va boshqa davlatlar qonunchiligida ham bu 
ma’lumotlar bor. Katolik Cherkov huquqida esa takroriy jinoyat «tuzalib, 
qayta ochilgan va tuzalishi juda qiyin bo‘lgan yara»ga o‘xshatilgan. 
Musulmon huquqida ham takroran jinoyat sodir etganlik uchun 
javobgarlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lib, Qur’onda va sunnada 
bunday harakatlar sodir etganlarga og‘ir jazo tayinlash nazarda tutilgan. 
Unga ko‘ra takroran jinoyat sodir etish deganda, bir qilmishni ikki yoki bir 
necha marta sodir etilishi tushunilgan. Bunda shaxsning birinchi jinoyati 
uchun jazoga tortilganligining ahamiyati bo‘lmay, bir jinoyatni jazo 
qo‘llanilgandan keyin sodir etganligi muhim bo‘lgan, xususan, shaxs 
o‘g‘rilik jinoyatini birinchi marta sodir etganida qo‘li kesilgan bo‘lsa, 
ikkinchi marta qattiqroq jazo chorasini, chap oyog‘i to‘pig‘idan kesilib, 
qaynatilgan yog‘ga botirilishiga sabab bo‘lgan, shundan so‘ng ham 
tuzalish yo‘liga kirmasa, qozi tomonidan tavba muddati belgilab hibs 
etilgan
1

Sobiq ittifoq davridagi Jinoyat qonunchiligida ham takroran jinoyat 
sodir etganlik uchun jazo choralari belgilangan. 1926 yildagi O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 36 ga yaqin moddalarida 
takroran jinoyat sodir etish, jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy 
belgisi sifatida nazarda tutilgan. 1959 yilgi Jinoyat kodeksining 125-
moddasi eslatmasida, 125, 126 va 129- moddalarda nazarda tutilgan 
takroran jinoyat sodir etish deganda, shu moddada yoki kodeksning bir 
qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini ilgari ham sodir 
etgan shaxs tomonidan sodir etilgan harakat tushunilgan
2
.
Amaldagi 1994 yil qabul qilingan Jinoyat kodeksining 32-moddasi 1-
qismiga ko‘ra kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, «Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida nazarda tutilgan ikki 
yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning 
birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, takroran jinoyat sodir etish deb 
topiladi. Bu yerda shaxs tomonidan turli vaqtlarda bir xil jinoyatlarni sodir 
1
Хидая «Комментарии мусульманского права» Том II Перевод с англиского под. ред. К. И. Гродекова 
2
Уз. ССР Жиноят кодексига шархлар. Т. «Узбекиистон» 1998 йил. 283-бет 


292
etilganligini tushunish lozim. Takroran jinoyat sodir etish faqat shaxsning 
bunday jinoyat turini vujudga keltirgan, huquqiy mohiyatga ega bo‘lgan 
birorta ham jinoyat uchun jazoga mahkum etilmagan hollarda vujudga 
keladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling