Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
-BOB. BIR QANCHA JINOYAT SODIR ETISH
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir qancha jinoyatlar deganda
13-BOB. BIR QANCHA JINOYAT SODIR ETISH
1. Bir qancha jinoyatlar tushunchasi va uning ahamiyati. Jinoyat huquqi fanida bir qancha jinoyatlar sodir etish alohida mavzu sifatida o‘rganiladi. Jinoyat qonunida bir qancha jinoyatlar tushunchasi berilmagan bo‘lsa-da, lekin takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmui va retsidiv jinoyat tushunchalarining nazariy yig‘indisi bir qancha jinoyatlar tushunchasini beradi. Bir qancha jinoyatlar deganda, shaxsning sud hukmi asosida aniqlangan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni, ulardan birortasi uchun sudlangan yoki sudlanmaganligidan qat’i nazar sodir etishi tushuniladi. A.S.Yakubov va B.Matlyubovlar “bir qancha jinoyat” atamasi o‘rniga “takroran jinoyat sodir etish” yoki “jinoyatlarning takrorlanishi” atamalarini qo‘llash to‘g‘ri deb hisoblaydilar. 1 Ularning fikricha, bir qancha jinoyatlar atamasi juda ko‘p sonli degan ma’noni anglatib, ushbu atama miqdor jihatidan “jinoyatlar” so‘zi bilan birgalikda qo‘llanilganda aniq bo‘lmagan miqdordagi jinoyatlar sonini anglatadi. Ma’lumki, bu institutda jinoyatlarning miqdoriy jihatlari mavjud bo‘lib, u yuridik ahamiyatga ega. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun jinoyat huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda bir shaxs tomonidan kamida ikkita jinoyat sodir qilingan bo‘lishi kerak. Jinoyat qonuni nuqtai nazaridan, keyingi jinoyatlar qanday miqdorda sodir etilganligidan qat’i nazar jinoiy faoliyat sifatida ifodalovchi ushbu hodisaning huquqiy tabiati o‘zgarmaydi. Takroran jinoyat sodir etish tushunchasi esa, o‘z navbatida bir harakatni uchinchi, to‘rtinchi va hokazo marta sodir etilishini ham qamrab oladi. Ayrim mualliflar bir qancha jinoyat tushunchasini «bir kishi tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etish» 2 deb hisoblaydilar. Bu qoida nazarimizda bir qancha jinoyatlar tushunchasini to‘la ifodalab bera olmaydi. Ushbu muammoni maxsus o‘rgangan olimlardan V.I. Tkachenko «shaxsning oldindangi jinoyati uchun sudlangan yoki sudlanmaganligidan qat’i nazar, sud hukmi bilan aniqlangan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etishi, bir qancha jinoyatni sodir etish deb topiladi» 3 degan fikrni bildiradi. Fikrimizcha yuqoridagi olimlar ko‘proq qilmishlarning miqdor ko‘rsatkichiga e’tibor berishgan. 1 Б.Матлюбов. А.С Якубов «Совокупность преступлений и её виды», “Ҳуқуқ”, 2000 й., №2, 40-бет. 2 Уголовное право Изд МГУ. 1998й Стр-200 3 Ткаченко М.И Множственность преступлений и её формы по уголовному праву. Казань 1982 г. 288 Bu borada bir qancha jinoyatlar tushunchasini V.P. Malkov ancha keng talqin qiladi. Uning fikriga ko‘ra, «bir qancha jinoyatlar deb shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilguncha, bir vaqtda yoki ketma-ket, ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etganligi yoxud oldindangi jinoyati uchun hukm etilganidan keyin yangitdan jinoyat sodir etishi va ikkita jinoyat o‘rtasida jinoyat huquqiy muddatlar o‘tib ketmagan bo‘lsa, shuningdek, jinoyat ishi qo‘zg’atish uchun boshqa to‘siqlar bo‘lmasa, bir qancha jinoyat sodir etish deb topiladi» 1 K.A.Panko esa bu tushunchaga qo‘shilgan holda ayrim aniqliklar kiritish lozim deb hisoblaydi. Chunki bu tushuncha Jinoyat kodeksi Maxsus qism moddasida nazarda tutilgan bitta jinoyat hisoblanadigan bir qancha harakatlardan iborat bo‘lgan qilmishlarni qamrab ololmaydi, deb hisoblab bir qancha jinoyatlar tushunchasini quyidagicha ta’riflashni taklif etadi: «Shaxsning ikki yoki undan ortiq jinoyaltarni sodir qilishi, agar ular uchun yuridik oqibatlari bekor bo‘lmagan yoki jinoiy ta’qib qilish uchun jinoyat-protsessual to‘siqlar bo‘lmasa, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bitta normasi bilan qamrab olingan yoki olinmaganidan qat’i nazar bir qancha jinoyat sodir etilgan deb hisoblanadi». 2 Bir qancha jinoyatlarga berilgan ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, bu mavzuni tadbiq qilgan barcha mualliflar bir qancha jinoyatga ta’rif berar ekanlar, kamida ikkita jinoyatning sodir qilinganligi bir qancha jinoyatlarni tashkil qilishini ta’kidlaydilar. Bir qancha jinoyat sodir qilish jinoyat sodir qilishning alohida shakli bo‘lishi bilan birga, jinoyat huquqining alohida instituti ekanligini ham aytib o‘tadilar. Bir qancha jinoyatlarning shakllari to‘g‘risida ham yagona fikr mavjud emas. Masalan, P.S.Dagel 3 , G.T.Keshiledze 4 , A.Yakovlevlar 5 bir qancha jinoyatlar sodir qilish deganda, takroran jinoyat sodir qilish, jinoyatlar jami tariqasida jinoyat sodir etish, retsidiv jinoyat sodir qilishni nazarda tutadilar. Bu amaldagi Jinoyat kodeksidagi bir qancha jinoyatlar shakllariga mos keladi. M.T Kafarov esa bir qancha jinoyatlar deganda, retsidiv, takroran, jinoyatlarning ideal jami, jinoyatlarning real jami tariqasida sodir qilingan jinoyatlarni kiritadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling