Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Jinoiy faoliyat deganda, jinoyat ishtirokchilarining bir nechta jinoyat 
sodir qilishi tushuniladi. Uyushgan guruhning doimiy a’zolari bajargan 
vazifasidan qat’i nazar, uni tayyorlashda qatnashgan bo‘lsalar, barcha 
jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishlari shart. Agar shaxs 
uyushgan guruh a’zosi bo‘lmasa, jinoyat sodir qilinayotganda o‘zi 
tushunmagan holda yordam bergan bo‘lsa, uning harakatlari uyushgan 
guruh tomonidan qilingan deb kvalifikatsiya qilinmaydi. 
Jinoyat kodeksining 242-modda 2-qismida uyushgan qurolli guruh 
tuzish, unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etish uchun javobgarlik 
belgilangan. Jinoiy uyushmaning boshqa belgilar bilan birgalikda 
qurollanish belgisi ham, ya’ni guruhda yoki guruh a’zolaridan birida 
o’qotar yoki sovuq qurol bo‘lishi kerak. Ikki yoki undan ortiq shaxslarning 
amalda uyushgan jinoiy guruh tuzishi yoki unga rahbarlik qilishi yoki unda 
ishtirok etishi bilanoq jinoyat tugallangan hisoblanadi. Uyushgan qurolli 
guruh tuzganlik 242-modda 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
Jinoiy guruh ishtirokchilari harakatini kvalifikatsiya qilish 
oldindandan til biriktirib jinoyat sodir etishdan farq qiladi. Agar jinoyat 
oldindandan til biriktirgan holda bir necha bajaruvchilar tomonidan sodir 
etilgan bo‘lsa, u faqat Maxsus qismdagi tegishli moddaning o‘zi bilan 28-
moddani qo‘llamagan holda kvalifikatsiya qilinadi. Uyushgan guruh 
tomonidan jinoyat sodir etilganda ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdagi 
vazifasi qanday belgilanganligidan qat’i nazar (tashkilotchi, bajarvchi, 
dalolatchi, yordamchi, ishtirokchi) 28-moddani qo‘llagan holda 
javobgarlik belgilanadi. Agar uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan 
jinoyat Maxsus qismning tegishli moddasida kvalifikatsiya qilinadigan 
holat sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa (masalan, Jinoyat kodeksi 202-modda, 3-
qism, «d» bandi), qilmishni 28-moddaga murojaat qilmagan holda shu 
moddaning o‘zi bilan kvalifikatsiya qilish lozim bo‘ladi va barcha 
ishtirokchilar aniq bir jinoyat tarkibi uchun zaruriy hisoblangan belgi 
asosida javobgarlikka tortiladilar. 
Jinoyat kodeksi Maxsus qism moddalarida «uyushgan guruh yoki 
uning manfaatlarini ko‘zlab jinoyat sodir etish» degan tushuncha 
ishlatiladi, bunda umumiy qoida bo‘yicha jinoiy guruhning jinoiy 
faoliyatidan guvohlik beruvchi bir necha jinoiy tajovuzlarning amalga 
oshirilishi nazarda tutilgan. Ammo amaliyotda guruh a’zolaridan biri bir 
jinoyatni sodir etishda ishtirok etib, keyin o‘zining jinoiy faoliyatini 
to‘xtatgan hollar ham uchrab turadi. Bunday hollarda ularning jinoiy 
qilmishlari sonidan qat’i nazar u uyushgan guruh tarkibida jinoyat sodir 


280
etganligi uchun (o‘zi buni anglagan hollarda) jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Yana bir farq shundaki, oldindandan til biriktirib jinoyat sodir etishda 
guruh faqatgina bir marotaba jinoyat sodir etish uchun tuziladi, uyushgan 
guruhda esa bir necha marotaba jinoyat sodir etish uchun tuziladi. 
Demak, uyushgan guruh oldindandan til biriktirish, barqarorlik
vazifalarning taqsimlanganligi, bir qancha jinoyat sodir etish maqsadida 
tuzilganligi kabi qator o‘ziga xos belgilar bilan xususiyatlanadi. 
Uyushgan guruhning barqororligi deganda, guruh ishtirokchilari 
o‘rtasidagi doimiy aloqadorlik va jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish 
yohud bir yoki bir necha marotaba jinoyat sodir etishning maxsus 
usullaridan foydalanish tushuniladi. 
Barqororlik obyektiv tomondan quyidagilar bilan xususiyatlanadi: 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling