Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Bir qancha jinoyatlar quyidagi yuridik oqibatlarga ega


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Bir qancha jinoyatlar quyidagi yuridik oqibatlarga ega: 
1) jazoni og‘irlashtiruvchi holat bo‘lib hisoblanadi;
2) og‘irroq jazo chorasining qo‘llanishiga asos bo‘ladi; 
3) ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash tartibida ularga nisbatan 
o‘ziga xos qoidalar qo‘llanadi. 
Bir qancha jinoyatlar davomli va uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlardan 
farq qilib, ikki yoki undan ortiq jinoyatlardan tashkil topadi.  
Jinoyat kodeksining 32-moddasi 3-qismiga muvofiq umumiy qasd 
bilan qamrab olingan yagona maqsadga yo‘naltirilgan bir jinoyat tarkibini 
tashkil qiluvchi bir-biriga o‘xshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat 


290
bo‘lgan (davomli) jinoyat takroran jinoyat sodir etilgan deb topilmaydi. 
Qonun mazmuniga ko‘ra bunday jinoyatlar davomli jinoyat deb topiladi.
Davomli jinoyatlar quyidagi belgilarga ega
1) bir-biriga o‘xshash bo‘lgan jinoyatlardan iboratligi; 
2) barcha harakatlarning bitta obyektga zarar yetkazishga 
qaratilganligi;
3) ularning yagona maqsad assosida birlashganligi va shuning uchun 
ham yagona bir jinoyat tarkibini tashkil qilishi; 
4) qasdning yagonaligi; 
5) davomli jinoyatlarning faqat qasddan va harakat bilan sodir 
etilishi. 
Jinoyat kodeksining 32- moddasi 4-qismiga ko‘ra, uzoqqa cho‘zilgan 
jinoyat deganda, vazifalarni uzoq vaqt bajarmasdan, bir jinoyatning 
uzluksiz tarkibini tashkil qilgan jinoyat tushuniladi. Bu jinoyatda qilmish 
yagona bo‘lib, uzoq vaqtga cho‘zilgan. Bu jinoyat harakat yoki 
harakatsizlik orqali sodir etilishi mumkin. Harakatsizlik orqali bu jinoyat 
shaxsning huquqiy majburiyatlarini bajarmasligi orqali, harakat bilan esa 
qonun bilan ta’qiqlangan vositalarni saqlash orqali sodir etiladi. Uzoqqa 
cho‘zilgan jinoyatlar aybning qasd va ehtiyotsizlik shakllari orqali sodir 
etilishi mumkin. 
Bundan tashqari yuridik adabiyotlarda sistematik va tarkibli jinoyat 
tushunchasi mavjud. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling