Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Ushbu qoidadan kelib chiqqan holda jinoyatlar majmuining


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Ushbu qoidadan kelib chiqqan holda jinoyatlar majmuining 
quyidagi huquqiy belgilarini ajratish mumkin: 
a) jinoyatlar majmui bir qancha jinoyat sodir etishning shakli bo‘lib, 
unga ko‘ra shaxs javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy 
qilmishni sodir qiladi; 
b) sodir etilgan qilmishlar Jinoyat qonuni Maxsus qismining turli 
moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan 
bo‘ladi; 
d) sodir etilgan jinoiy qilmishlarning birortasi uchun ham shaxs 
sudlanmagan bo‘lishi lozim. 
Yuridik adabiyotlarda esa bir qator olimlar jinoyatlar majmuini uchta 
belgi bilan izohlaydilar. Jumladan, V.P. Malkov quyidagilar jinoyatlar 
majmui uchun xos belgilar deb hisoblaydi: 
a) shaxs tomonidan ikki yoki undan ko‘proq jinoyatlarni sodir 
qilganligi; 
b) sodir qilingan jinoyatlar Jinoyat kodeksining kamida ikkita 
moddasi bilan kvalifikatsiya qilinganligi
d) bu jinoyatlardan birortasi uchun ham shaxs sudlanmagan bo‘lishi 
kerakligidir
1
.
Bir shaxs tomonidan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishning sodir 
etilishi jinoyatlar majmuining asosiy huquqiy belgilaridan biri bo‘lib, u 
1
В.П Малков Совокупность преступлений. Казань Стр- 72, 1974 й. 


302
shaxs tomonidan sodir etilgan har bir jinoiy qilmish amaldagi Jinoyat 
kodeksining 14-moddasiga muvofiq, yagona mustaqil jinoyat sifatida 
baholanib, mustaqil ravishda alohida kvalifikatsiya qilinadi, alohida-
alohida jazo tayinlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, Jinoyat kodeksining 33-
moddasidagi «jinoiy qilmish» tushunchasini keng tushuniladi va jinoiy 
qilmish deganda nafaqat tamom bo‘lgan jinoyatlarni, balki jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rish jinoyatga suiqasd qilish (Jinoyat kodeksining 25-
moddasi) hamda ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat (Jinoyat kodeksining 
27-moddasi) ham nazarda tutiladi. 
Jinoyatlar majmuiga ta’rif berishda «javobgarlikka tortiladigan» so‘z 
birikmasi O‘zbekistan Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida 
shaxsni javobgarlikka tortish uchun monelik qiladigan holatlar 
belgilanganligi, jinoyat ishini tekshirish jarayonida bunday holatlar 
aniqlanganda, shaxs tegishli qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikdan ozod 
qilinishi mumkinligi, jinoyat-huquqiy oqibatlar vujudga kelmasligi 
nazarda tutilgan. 
Xulosa qilib aytganda, shaxsni jinoyatlar majmui bo‘yicha 
javobgarlikka tortish uchun jinoyatlar majmuini tashkil qiluvchi har bir 
qilmish yuzasidan jinoiy javobgarlik asoslari mavjud bo‘lishi va 
javobgarlikka tortish uchun monelik qiluvchi holatlar bo‘lmasligi kerak. 
Sodir etilgan jinoiy qilmishlarning Jinoyat kodeksi Maxsus 
qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida 
nazarda tutilishi ushbu jinoyatlarning muhim huquqiy belgilaridan birini 
tashkil etadi. 
Jinoyatlar majmuining uchinchi huquqiy belgisi shundan iboratki, 
unga ko‘ra jinoyatlar majmuini tashkil qiluvchi yoki bir necha 
jinoyatlarning birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmaydi, ya’ni 
jinoyatlar jamiga kiruvchi qilmishlarning har biri sudlangunga qadar sodir 
etiladi, hali sud tomonidan muhokama qilinmagan va uning yuzasidan 
ayblov hukmi chiqarilmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham shaxs bir 
vaqtning o‘zida, bir jinoyat protsessida jinoyatlar majmuini tashkil 
qiluvchi bir necha jinoyatlari uchun javobgarlikka tortiladi. 
Jinoyatlar jami deb hisoblashning yana bir muhim sharti shuki, 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ikkita moddasi yoki bitta moddasining 
turli qismlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarning turli vaqtlarda yoki bir vaqtning 
o‘zida (real va ideal jami) sodir qilinganligining ahamiyati yo‘q. Bir 
vaqtning o‘zida ikkita jinoyat sodir etilib, Maxsus qismning turli 
moddalari bilan kvalifikatsiya qilingan taqdirda ham jinoyatlar majmuini 
tashkil qilaveradi. 


303
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatlar majmuining ushbu ko‘rinishi 
jinoyatning ideal jami deb yuritiladi. 
Yuridik adabiyotlarda jinoyatlar majmui ideal jami bilan birgalikda 
real jami ham o‘rganiladi. Ushbu tushunchalarning ikkalasi ham bir 
qancha jinoyat sodir etish tushunchasiga kiradi. Jinoyatlar majmui 1845- 
yildayoq jinoyatlarning ideal va real jamiga bo‘lingan edi, ya’ni bir vaqtda 
sodir etilgan qilmishlar jinoyatlarning ideal jami va «turli vaqtlarda» sodir 
etilgan qilmishlar jinoyatlarning real jami deb tushunilgan. Jinoyat huquqi 
fanining yetakchi olimlaridan biri N.S.Tagansev jinoyatlar majmuini faqat 
real jamidan iborat ekanligini ta’kidlagan. Uning fikricha, jinoyatlar-
majmui «o‘z tabiatiga ko‘ra va qonun nuqtai nazaridan har biri alohida 
jinoyat bo‘lgan bir necha jinoiy qilmishlarni sodir etish»dir
1

Jinoyatlarning ideal jamiga esa, N.S.Tagansev tomonidan yagona jinoiy 
faoliyat sifatida qaralib, ideal jamini bir tarkibli jinoyatlarga kiritadi. 
Taniqli olim N.D.Sergiyevskiyning fikricha jinoyatlarning ideal jami 
deganda, shunday holatni tushunish lozimki, bunda insonning harakati 
fikran har biri u yoki bu jinoiy harakat tarkibining tub elementlarini tashkil 
qiladigan ikki alohida bo‘lakka bo‘linib, bunda bir harakat bilan, bir 
vaqtning o‘zida ikki ta’qiqning buzilishini ifoda etadi. Hamda shunga 
muvofiq holda ikkita jinoiy akt sodir qilgandek ko‘rinadi. Aybini hisobga 
olishda esa, jazolanishi bo‘yicha yuqori bo‘lgan bitta jinoyat tarkibi 
nazarda tutiladi,».
2
Olima N.F.Kuznetsova esa subyektining bir harakati orqali turli 
obyektlarga turli xil zararning yetkazilishi jinoyatning ideal jami deyiladi, 
deb hisobaydi. 
Bu tushuncha tarkibli (murakkab aybli) jinoyatga mos keladi. Chunki 
shaxsning bir harakati orqali bir vaqtning o‘zida turli xil obyektlarga zarar 
yetkazilganda, uning qilmishi bitta jinoyat-huquqiy normani qamrab olishi 
ham mumkin. Albatta, bu holatlarda jinoyatning ideal jami mavjud 
bo‘lmaydi. 
V.N.Kudryavsev bu borada «jinoyatlar majmui uchun, shu narsa 
xususiyatliki, hech qaysi bir norma sodir qilingan qilmishlarni butunlay 
qamrab ololmaydi, u Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ikki yoki bir 
necha normalarini qo‘llagan holda, barchasi birgalikda huquqiy bahoga 
ega bo‘lishi mumkin»,
3
degan fikrni ilgari suradi. 
1
ЕН.С Таганцев “Русское уголовное право” // Т:,1990 г., Стр-132. 
2
Н.Д. Сергиевский Русское уголовное право Часть общая”,1990 г., Стр- 347.
3
В.Н. Кудрявцев Теорические осноы квалификацие преступление М.1963. Стр-2 88 


304
O‘z navbatida shuni ta’kidlash kerakki, jinoyat huquqida 
jinoyatlarning «ideal jami» atamasi o‘rniga boshqa tushunchalarni ishlatish 
maqsadga muvofiq ekanligi to‘grisidagi fikrlar ham mavjud bo‘lib, 
jumladan D.N. Mixaylov o‘z vaqtida jinoyatlarning ideal jamini «bir 
qilmish orqali sodir qilinadigan jinoyatlar majmui»ga, Jinoyatlarning real 
jamini esa, «alohida qilmishlar orqali sodir qilinadigan jinoyatlar jami»ga 
bo‘ladi. Bu borada V.P. Malkovning jinoyatlarning ideal va real jami kabi 
tushunchalarini qo‘llashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. 
O‘z navbatida prof. A.N.Traynin ham bu masalaga e’tibor berib, 
“jinoyatlarning ideal jami, bu – shaxsning bir harakati orqali bir necha 
jinoiy normalarni buzilishidir», deb yozgan edi. 
M.M.Isayev, N.D.Durmanovlar esa ideal jami deganda aybdorning 
bir harakati orqali ikki yoki bir necha jinoyat tarkibi bajarilishini nazarda 
tutganlar. 
A.A.Piontkovskiy jinoyatlarning ideal jami deganda bir necha 
jinoyatni nazarda tutadi. 
Yuqorida keltirilgan ideal jami tushunchasi to‘g’risidagi fikrlarning 
har birida bu masala turlicha talqin etilgani holda, deyarli barchasida ideal 
jami deganda, bir harakat orqali boshqa jinoyatlarning kelib chiqishi 
nazarda tutiladi. Bu borada A.N.Trayninning ideal jamida bir necha 
jinoyat-huquqdosh normalar buziladi, degan fikr yuritadi. Lekin 
jinoyatlarning ideal jami bir harakat orqali ikki yoki undan ortiq jinoyat 
qonuni normalarini buzishgina emas, balki haqiqatda ikki yoki undan 
ortiq, mustaqil jinoyatlarni sodir etishdan, ya’ni ikki yoki undan ortiq 
jinoyat tarkiblarini bajarishdan iboratdir. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda jinoyatlarning ideal jamiga 
quyidagicha ta’rif berish mumkin:

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling