Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
Sifat xususiyati deganda, jinoiy jazo chorasi orqali ta’sir etishning
mazmuniy jihati tushuniladi, ya’ni uning turi (masalan, jarima jazosini tayinlash, moddiy ta’sir etish xususiyatiga ega) usulda jinoyatchi shaxsiga ta’sir etishidir. Miqdor xususiyati deganda, u yoki bu usulda ta’sir etishning chegarasi tushuniladi (masalan, jarima jazosini belgilashda uning summasi, ozodlikdan mahrum etishda uning muddati). Hech kimga jinoyat qonunida belgilangan sifat va miqdor xususiyatidan chetga chiqib jazo tayinlanishi mumkin emas. Faqat sud belgilangan jazo doirasida jinoyat qonuniga muvofiq jazo muddati va rejimini belgilash orqali qanday miqdorda va sifatda jazo qo‘llanilishini belgilashi mumkin. Jazo sifatida faqat majburlov xususiyatiga ega bo‘lgan ta’sir chorasi tan olinadi, ya’ni jazo qo‘llanilayotgan yoki boshqa shaxslarning (jazoni ijro etish muassasasi), ixtiyoridan qat’i nazar ijro etiladi. Bu o‘rinda jazo qo‘llanilayotgan shaxsga nisbatan subyektiv munosabatda bo‘lish, uning majburiy xususiyatiga ta’sir etmaydi. Jazo aybdor tomonidan ixtiyoriy tarzda yoki uning ixtiyoriga qarshi majburiy ravishda ijro etiladi, ya’ni bu o‘rinda uning majburiy ekanligi namoyon bo‘ladi. Jazoning majburiy xususiyati, jazoni aybdor tomonidan, shuningdek,, jazoni ijro etuvchi organ xodimlari, muassasalar ma’muriyati tomonidan ijro etilishini bildiradi. Jazoni ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi vosita sifatida belgilash uchun u quyidagi talablarga javob berishi lozim: 1) Jazo majburlov chorasi sifatida davlat nomidan qo‘llaniladi. Jazoni qo‘llash faqat davlatning vakolatli organi – sud tomonidan amalga oshiriladi. Faqat O‘zbekiston Respublikasining vakolatli jazoni ijro etish organlari jazoning ijrosini amalga oshiradilar, bu o‘rinda ular o‘z nomidan emas, balki, davlat nomidan harakat qiladilar. Jinoiy majburlov chorasi boshqa davlat organlari tomonidan qo‘llanilganida, bu ta’sir chorasi jinoiy jazo deb hisoblanmaydi; 2) Jinoiy jazo shaxsiy xususiyatga ega bo‘lib, faqat jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Jinoiy jazoning mazmuni jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsning muayyan huquq va erkinligini cheklash yoki ulardan mahrum etishda ifodalanadi. 327 Jinoyat qonuni doirasida ta’sir etish usuli Jinoyat huquqiga ko‘ra jinoiy jazo choralari faqat Jinoyat kodeksida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda qo‘llaniladi. Jinoyat qonunida ko‘rsatilmagan jazo choralarining qo‘llanilishi mumkin emas. Jinoyatga ta’sir etish chorasi sifatida jazoning belgilangan xususiyatlari quyidagilarni talab qiladi: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling