Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Ma’naviy jafo keltiruvchi jazolarga
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Jarima jazosi.
Ma’naviy jafo keltiruvchi jazolarga xizmat bo‘yicha cheklash,
harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish jazosi kiradi. Mahkumning ozodligini cheklovchi jazolarga qamoq, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish jazolari kiradi. Bundan tashqari o‘z mazmuni va qo‘llanish xususiyatiga ko‘ra mehnat, axloq tuzatish bilan bog‘liq va bu bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar mavjud. Mehnat, axloq tuzatish bilan bog‘liq jazolarga ozodlikdan mahrum qilish axloq tuzatish ishlari, kabi jazolar kiradi. Jinoyat kodeksida o‘lim jazosi ham belgilangan. Jinoyat qonunida belgilangan jazo choralari tizimi qat’i bo‘lib, sud sudlanuvchiga nisbatan qonunda belgilangan jazo chorasidan boshqa biror- bir jazo chorasini qo‘llay olmaydi. Jinoyat kodeksida belgilangan jazo tizimi, jazolash siyosatiga to‘la mos kelib, o‘zida jinoyat huquqi prinsiplarini to‘liq ifodalaydi. Amaldagi jinoyat qonuni o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra turli jazo choralarini belgilab, jinoyatchilikka qarshi kurashda samaradorligini oshirishga hizmat qiladi. 2. Jarima jazosi. Jarimaning jinoiy jazo sifatida jazo tizimiga kiritilganligi, avvalo, uning hozirgi davrda muhim jazo choralaridan biri ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga jarimani qo‘llash sud organlariga ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan qilmishlarga jazo tayinlashda imkon qadar jazo va javobarlikning differensiyasi hamda individualizatsiya qilishga yordam beradi. Jinoyat kodeksida jarima, aybdordan davlat daromadiga pul undirilishi, deb tushuntirilgan. Jinoyat kodeksi 44-moddasida jarimaning miqdori eng kam oylik ish haqining besh barobaridan olti yuz barobarigacha miqdorda belgilanadi. Jarima davlatning majburlov chorasi sifatida aybdorga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish orqali jinoyat sodir etgan shaxsning mulkiy huquqlarini cheklashdan iboratdir. Shuning uchun ham jarima jazo tizimida ko‘rsatilgan jazo choralarining eng yengili hisoblanadi. 1959-yilgi Jinoyat kodeksida jazoning miqdorinii belgilash vakolati sudga berilgan edi. Yangi Jinoyat kodeksida jarimaning maksimal va 342 minimal chegaralari belgilab qo‘yildi. Jarima jazosi asosiy jazo sifatida tayinlanadi. 1959- yilgi Jinoyat kodeksida jarima asosiy va qo‘shimcha jazo sifatida tayinlanishi mumkinligi belgilangan edi. Olib borilgan tadqiqot natijalari ushbu jazo turining ta’sirchan ekanligini ko‘rsatadi. Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tganligi va mulkchilikning turli shakllari teng deb e’lon qilingan sharoitda jarimaning jinoiy jazo sifatidagi roli juda kattadir. Agar jarima tegishli modda muqobil jazo chorasi sifatida sanksiyasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, uni tayinlash orqali aybdorning mulkiy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatilib, jazoning maqsadiga (tarbiyalash va mahkum tomonidan yangi jinoyat sodir etilishini oldindani olish) erishish mumkin bo‘lgan taqdirdagina jarima qo‘llaniladi. Jinoyat qonuniga ko‘ra jarima faqat pul miqdorida belgilanadi. Davlatning ushbu majburlov chorasini qo‘llash haqidagi sud hukmida jarimaning aniq miqdori ko‘rsatilishi lozim. Bunda jarimaning miqdori hukm chiqarilayotgan vaqtdagisiga qarab emas, balki jinoyat sodir etilgan vaqtdagi eng kam oylik ish haqi miqdoriga qarab belgilanadi. Jinoyat kodeksida jarima jazosining minimal va maksimal miqdorlari belgilangan bo‘lib, sud ushbu doiradagina jazo tayinlashi mumkin. Agar Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasi sanksiyasida jarima jazosining minimal miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, Jinoyat kodeksi 44- moddasida belgilangan minimal miqdordan kam miqdorda jarima belgilanishi mumkin emas. Jarima jazosi miqdorini belgilashda jinoyatning og‘irlik darajasi va sudlanuvchining moddiy ahvoli hisobga olinadi. Sudlanuvchining moddiy ahvolini baholashda quyidagilar e’tiborga olinishi lozim: 1) qonun bilan ta’qiqlanmagan har qanday manbaadan oladigan daromadlari. Bunday daromadlarga ish haqi, mulkiy daromadlar, tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlar kiradi; 2) sudlanuvchiga mulk huquqi asosida, xo‘jalik yurituv asosida, operativ boshqaruv asosida, shuningdek, ijaraga olish asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk; 3) uning qaramog‘idagi shaxslar, masalan, voyaga yetmagan farzandlarining mavjudligi; 4) sudlanuvchining mulki bo‘yicha uchinchi shaxslar oldidagi majburiyati. Sudlanuvchining aliment to‘lashi, zararni qoplashi, soliq to‘lashi va boshqa holatlar. Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar qat’i bo‘lmay sud jarima jazosini tayinlashda boshqa holatlarni ham hisobga olishi mumkin. 343 Jarima uch oy ichida to‘lanishi lozim. Aks holda sud aybdorning jazoni ijro etishdan bosh tortganligi masalasi ko‘rib chiqilishi kerak. Sud quyidagilarni jarimani ijro etishdan bosh tortish deb topishi mumkin: 1) jarimani to‘lash mumkin bo‘lmagan holatlar sud tomonidan uzrli deb topilmagan bo‘lsa; 2) O‘zbekiston Respublikasi «Sud va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra qo‘llanilgan majburiy ijro etish jinoyat sodir etgan shaxsning daromadlari va boshqa mulklarini yashirishi sababli mumkin bo‘lmasa. Jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlash fakti aniqlangan holatda, hukm chiqargan sud jarima jazosini axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki qamoqdagi jazolarning biri bilan almashtirishi mumkin. Jarima jazosining biron bir qismini boshqa turdagi jazo bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Jazoning ijro etilmagan qismi to‘liq miqdorda boshqa jazo bilan almashtiriladi. Jarima jazosini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling