Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
7. Ozodlikdan mahrum qilish
Ozodlikdan mahrum qilish jazosi mahkumni sud belgilagan muddat mobaynida jamiyatdan ajratib, jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan iboratdir. Bu asosiy jazo turi bo‘lganligi uchun qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan hollardagina qo‘llaniladi. Ozodlikdan mahrum qilish boshqa hech qanday asosiy jazo turi bilan birga qo‘llanishi mumkin emas. Ushbu jazo turi aybdor axloq tuzatish ishlaridan bo‘yin tovlasa, o‘lim jazosi afv etish tarzida ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilganida qo‘llaniladi. Jinoyat kodeksining 50-moddasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi avvalgi kodekslardan farqli ravishda mahkumni jamiyatdan ajratib, jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan iborat ekanligi aytib 356 o‘tilgan. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi, jinoiy jazo maqsadiga boshqa jazo choralarini qo‘llash orqali erishish mumkin bo‘lmaganda va maxsus tartibda mahkumni jamiyatdan ajratgan holda tarbiyalash lozim bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Bu jazoga mahkum qilingan shaxslarning bir qator huquqlari cheklanadi. Sud ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlaganida sodir etilgan jinoyatning xususiyati, aybdorning xavflilik darajasi va uni qayta tarbiyalash mumkinmi yoki mumkin emasmi degan savollarni o‘rganib, jazoning turini, o‘tash tartibi va muddatini belgilaydi. Bolgar kriminalisti K. Lyutov jazoning maqsadini tadqiq qila turib, ozodlikdan mahrum qilish jazosining umumiy jazo tizimidagi o‘rni haqida shunday deydi: «Faqat u (ozodlikdan mahrum qilish) Jinoyat kodeksi tomonidan ko‘rsatilgan jazolar orasida shunday natijalarga, jazoning maqsadlariga to‘la javob bera oladi». Yuridik fanlar doktori A.M Yakovlev ozodlikdan mahrum qilish jazosini bir qator salbiy xususiyatlarga ega ekanligini ta’kidlab: a) insonni yuqori darajada normal hayotiy sharoitlarga moslashtirish niyat qilingan holda shaxs jamiyatdan butunlay ajratib qo‘yiladi; b) jinoyatchi ongidagi zararli tushuncha va odatlarni ijtimoiy foydali bo‘lgan sifatlar bilan almashtirish maqsad qilib qo‘yilgani holda, uni boshqa jinoyatchilar guruhiga qo‘shib qo‘yiladiki, bunda shaxs bu jinoyatchilardan ko‘proq ularning yomon tomonlarini o‘zlashtirib olmasligiga to‘la ishonib bo‘lmaydi. v) jinoyatchini normal hayotga, mehnat muhitiga, erkin sharoitdagi hayotga o‘rgatish maqsad qilingan holda uni erkin hayotdan butunlay uzoq bo‘lgan muhitga joylashtiriladi. Ozodlikdan mahrum qilish insonning notabiiy normal bo‘lmagan holatidir; g) qaytadan jinoyat sodir etmaslik uchun shaxs ozodlikka chiqqanidan keyin to‘gri yo‘nalish bo‘yicha faol harakat qilishi kerak bo‘ladi (masalan, o‘ziga mos ish topib ishlash, oilaviy muammolarni bartaraf etish, spirtli ichkiliklarga ruju qo‘ymaslik va hokazo). Ozodlikdan mahrum qilish jazosi esa mahkumni passiv hayot tarzi kechirishga o‘rgatib qo‘yadi. Ozodlikdan mahrum qilish mahkumning jamiyatdagi huquqiy holatini cheklab qo‘yishning alohida shakli bo‘lib, bu uni boshqa jazo turlaridan, hatto qamoq jazosidan ham farq qiladi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llash orqali mahkumning huquqlarini cheklash kompleks xususiyatga ega bo‘lib, mahkum ruhiy va jismoniy jihatdan jamiyatdan, o‘zi o‘rgangan muhitdan izolatsiyalanib, jazoni qo‘llash orqali belgilangan 357 maqsadga erishish uchun maxsus tartib qo‘llaniladi. Bu cheklashlar mehnat qilish erkinligi, dam olish va mehnat qilish vaqtining qat’i belgilanganida, erkin harakat qilishning, uchrashuvlar, posilkalar olishdagi cheklashlarda ifodalanadi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi jinoyatning xavflilik darajasi va mahkumning shaxsini e’tiborga olib tayinlanishi lozim. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi olti oydan yigirma yilgacha bo‘lgan muddatga belgilanadi. Voyaga yetmaganlarga olti oydan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir necha hukmlarni qo‘shish tartibida tayinlanganda yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga tayinlanishi mumkin. Ozodlikdan mahrum qilish jazosining maksimal muddati jazoning bir yoki bir necha jinoyatga nisbatan tayinlanishiga, o‘lim jazosini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilishiga bog‘liq. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llashda sud jazo muddatini sud hukmida aniq beligilanishiga e’tibor berish lozim, muddatning aniq beligilanmasligi jinoyat qonuni normasini buzish hisoblanib, sud hukmini bekor qilinishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga sud bir qancha jinoyatlar yuzasidan jazo tayinlayotganda, har bir hukm bo‘yicha alohida-alohida jazo beliglashi va umumiy muddatni tayinlashda muddatlarni qo‘shish orqali jazo beligilashi lozim. Qisqa muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llashda ishning barcha holatlaridan, aybdorning shaxsidan kelib chiqib va nima uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo qo‘llanilmayotganligi sabablari hukmda asoslantirilmog‘i kerak. Ozodlikdan mahrum qilish jazosida tayinlanganida har bir modda bo‘yicha uning muddatlari ko‘rsatilmog‘i zarur Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling