Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


) bu jazoni alkogolizmga chalingan, g‘ayriaxloqiy hayot tarzini  kechirayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llash samarali hisoblanadi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

4) bu jazoni alkogolizmga chalingan, g‘ayriaxloqiy hayot tarzini 
kechirayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llash samarali hisoblanadi.  
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlarini (JKning 164-166,168-169-
moddalarida nazarda tutilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar bundan mustasno) ko‘rib 
chiqayotganda, moddiy zararning ixtiyoriy tarzda qoplanganligi jazoni 
yengillashtiruvchi favqulodda holat ekanligi va jinoyat ishining muayyan 
holatlaridan kelib chiqib, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni 
qo‘llamaslik uchun asos bo‘ladi
1
. 
65 yoshdan oshgan erkaklar va ayollar uchun ozodlikdan mahrum 
qilish muddati Jinoyat kodeksi sanksiyasida ko‘rsatilgan jazo muddatining 
to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerak. Bu norma impervativ xususiyatga 
ega bo‘lib, jazoni og‘irlashtiruvchi hollarda ham o‘zgartirilmaydi. Bu 
jazoni qo‘llashda erkak kishining jinoyat sodir etilgan vaqtdagiga nisbatan 
emas, balki, hukm chiqarish vaqtidagi yoshi hisobga olinadi. Ayol 
kishining yoshi esa ahamiyatga ega emas. 
Bu qoida shaxs bir yoki bir necha jinoyat sodir etgan hollarda ham 
tadbiq etiladi. Bitta jinoyat yuzasidan tayinlangan jazoning umumiy 
muddati 15 yildan (20 yilning to‘rtdan u qismi), bir necha jinoyat bo‘yicha 
18 yilu, 9 oydan (25 yilning to‘rtdan uch qismi) oshmasligi kerak. 
Qonun ozodlikdan mahrum qilish jazosini o`tash tartibida erkaklar va 
ayollar uchun alohida holatlarni nazarda tutadi.
Ozodlikdan mahrum qilingan erkaklar jazoni u yoki bu ozodlikdan 
mahrum qilish muassasasida o`taydilar: 
1) ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida 
sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha og`ir bo`lmagan jinoyat 
sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga 
nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda; 
1
Oliy sud Plenumining “Jinoyat uchun jazo chorasini tayinlash borasida sud amaliyotida vujudga kelgan 
ayrim masalalar to’g’risida”gi qarori 2000 yil 22 dekabr 


360
2) qasddan og`ir jinoyat sodir etganlik va o`ta og`ir jinoyati uchun 
birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga 
nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda; 
3) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum 
qilish tariqasidagi jazoni o`tab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati 
uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda; 
4) o`ta 
xavfli 
retsidivistlarga 
nisbatan jazoni maxsus tartibli 
koloniyalarda o`tash tayinlanadi. Avf etilib, o`lim jazosi ozodlikdan 
mahrum qilish bilapn almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli 
koloniyalarda o`taydilar. Jazoning qanday tartibli koloniyalarda o`tash 
lozimligi sud hukmida aniq ko`rsatilgan bo`lishi lozim. 
Ozodlikdan mahrum qilingan ayollar jazoni manzil koloniyalarida, 
umumiy va qattiq tartibli koloniyalarda o`taydilar: 
1) ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida 
jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha og`ir bo`lmagan jinoyat 
sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda; 
2) og`ir va o`ta og`ir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli 
koloniyalarda; 
3) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o`tab chiqib, 
yangi sodir etgan o`ta og`ir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, 
shuningdek o`ta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq 
tartibli koloniyalarda o`taydilar. 
Manzil koloniyalari quyidagilarga bo‘linadi: 
1) ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar uchun hukm 
qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyalari; 
2) umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek, tarbiya 
koloniyalaridan o‘tkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil koloniyalari. 
Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: 
1) qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun hukm 
qilingan shaxslar saqlanadigan koloniyalar
2) og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan 
mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan koloniyalar; 
3) ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum 
qilish tariqasidagi jazoni o‘tagan va qasddan yangi jinoyat sodir etganligi 
uchun yana sudlangan ayollar saqlanadigan koloniyalar. 
Qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: 
1) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan 
mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan koloniyalar; 


361
2) ilgari qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum 
qilish tariqasidagi jazoni o‘tagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun 
yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; 
3) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum 
qilish tariqasidagi jazoni o‘tagan va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun 
yana sudlangan ayollar, shuningdek,, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan 
ayollar saqlanadigan koloniyalar. 
Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilishga hukm 
qilingan, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni saqlash uchun 
mo‘ljallangan. Shuningdek, o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi.
Ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik 
oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha og`ir bo`lmagan jinoyat 
sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador 
ayollarga va uch yoshga to`lmagan bolalari bor ayollarga, shuningdek 
qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega 
bo`lgan shaxslarga shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
2003 yil 26 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«Birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga mahkum qilingan 
shaxslarning jazo o‘tash sharoitlarini liberallashtirish to‘g‘risida»gi 
Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun 
birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar umumiy tartibli jazoni 
ijro etish koloniyalaridan manzil koloniyalariga, o‘ta og‘ir jinoyat sodir 
etganlar qattiq tartibli koloniyalardan umumiy tartibli koloniyalarga 
o‘tkazilishi lozimligi belgilandi. Bu farmonni qabul qilishdan quyidagi 
salbiy oqibatlarning oldindani olish maqsad qilib qo‘yilgan:
1) birinchi marta ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni nisbatan 
chegaralangan sharoitda va shu bilan birga muqaddam sudlangan shaxslar 
bilan birga saqlash ko‘pincha ularning tuzalishi va qayta tarbiyalanishi 
jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Masalan, birinchi marta ozodlikdan 
mahrum etish jazosiga mahkum etilgan shaxslar odatda ularni ozodlikdan 
mahrum etish joylarida qayta tarbiyalanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata 
oladigan nisbatan mustahkamroq oilaviy va boshqa ijtimoiy aloqalarga ega 
bo‘ladilar. Ammo qattiq tartibli koloniyalarda jazo o‘tayotib ular amaldagi 
qonunchilikka binoan umumiy tartibli koloniyalarda jazo o‘tayotganlarga 
nisbatan qarindoshlari va yaqinlari bilan bir muncha kam muloqotda 
bo‘lishadi.
2) birinchi marta sudlanganlarning uzoq muddat davomida jazoni ijro 
etish joylarida bir necha marotaba jazo o‘tagan shaxslar bilan birga 


362
bo‘lishlari hamda bu muhitda muqaddam sudlanganlarning ta’siri keng 
bo‘lishi, ularda kelgusida jamiyat uchun zararli dunyoqarash rivojlanishiga 
shart-sharoit yaratadi. 
3) qonunda og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgani uchun besh 
yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm 
qilinganlarga, o‘ta xavfli retsidivistlarga besh yildan ko‘p bo‘lmagan 
muddatga turma qamog‘i jazosini tayinlash mumkinligi belgilangan. 
Jazoning muayyan qismini turmada o‘tkazishning o‘ziga xos shartlari 
mavjud: 
a) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm qilingan bo‘lishi yoki 
o‘ta xavfli retsidivist deb topilishi; 
b) besh yildan ortiq muddatga hukm qilingan bo‘lishi kerak. 
Qonunda jazoning qaysi bir qismi turmada o‘tkazilishi lozimligi 
belgilanmagan. Bu masala sud tomonidan ishning holati va mahkumning 
shaxsini hisobga olgan holda belgilanadi.
Jinoyat qonuni faqat ozodlikdan mahrum qilishning muddatini, 
jazoni o‘tash joyini, mahkumlar toifasini, qaysi biri jazoni u yoki bu jazoni 
ijro etish muassasasida o‘tashini va jazoni ijro etish joylariga yuborish 
shartlarini belgilab beradi holos. 
Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash, mahkumlarni saqlash 
tartiblari Jinoyat ijroiya kodeksi bilan belgilangan.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling