Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

birinchidan, harbiy xizmatchi Jinoyat kodeksi Maxsus qism 
moddasida nazarda tutilgan harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi 
jinoyatni sodir etsa. Bu jazo alternativ jazo sifatida Jinoyat kodeksining 
279-moddasi «Bo‘ysunmaslik», 280-modda «Buyruqni bajarmaslik», 281-
modda «Boshliqqa qarshilik ko‘rsatish yoki xizmat vazifalarini buzishga 
majbur qilish», 283-modda «badanga shikast yetkazish» kabi jinoyatlar 
uchun tayinlanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
ikkinchidan, bu jazo harbiy soha bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat 
sodir etgan harbiy shaxslar uchun ham qo‘llaniladi. Buning uchun qonunda 
uchta shart ko‘rsatilgan: a) sodir etilgan jinoyatning xususiyati ozodlikdan 
mahrum qilish jazosini intizomiy qismga jo‘natish jazosi bilan almashtirish 
imkonini bersa; b) mahkumning shaxsi ham ushbu talabga javob berishi; 
v) intizomiy qismga jo‘natish jazosi bilan almashtirilayotgan ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi uch yildan ortiq bo‘lmasligi lozim. Birinchi shart 
shuni anglatadiki, harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan jinoyat uncha 
og‘ir bo‘lmagan, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lmasligi lozim. Agar 
1
Ўзбекистон Республикаси Жиноят процессуал кодекси. 546-модда 


355
intizomiy qismga jo‘natish jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga 
tayinlansa, harbiy qismda bo‘lish muddatining bir kuni ozodlikdan 
mahrum etish jazosining bir kuniga tenglashtiriladi (61-modda). 
Ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilganda ish holatlari va 
mahkum shaxsini tasdiqlovchi xususiyatlar e’tiborga olinadi.
Ish holatlari deganda, jinoyatning og‘irligi, uning oqibatarlari, 
xususiyati va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlar tushuniladi. 
Sud javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarga ham 
e’tibor berishi lozim. 
Qonun ushbu jazo chorasi qo‘llanishi mumkin bo‘lgan harbiy 
xizmatchilar doirasini ham chegaralaydi. Bu jazo turi faqat muddatli 
harbiy xizmatchilarga nisbatangina qo‘llanishi mumkin. Demak, ushbu 
jazo turini qo‘llash uchun sud hukmi chiqarilgunga qadar xizmat muddati 
tamom bo‘lmagan bo‘lishi kerak.
Jazoni intizomiy qismda, ya’ni ichki tartibi ancha qat’i bo‘lgan 
maxsus harbiy bo‘linmada o‘tayotgan harbiy xizmatchilar hukmning 
ijrosiga kirishilgandan boshlab intizomiy qismdan ozod bo‘lgunga qadar 
harbiylar uchun belgilangan imtiyozlar olish huquqidan mahrum etiladilar. 
Intizomiy qismda o‘talgan xizmat vaqti haqiqiy harbiy xizmat muddatiga 
qo‘shilmaydi. Ayrim holatlarda harbiy xizmatchi jazoni o‘tab bo‘lganidan 
so‘ng u yuborilgan qism komandiri tavsiyasiga ko‘ra harbiy okrug 
qo‘shinlari komandiri qarori bilan intizomiy qismda o‘talgan jazo muddati 
haqiqiy harbiy xizmat muddatiga qo‘shilishi mumkin. Intizomiy qismga 
jo‘natishga hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi jazo muddatining 
tugashi bilan tugaydi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling