Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

4. Xizmat bo‘yicha cheklash. 
Xizmat bo‘yicha cheklash jazosi Jinoyat kodeksiga yangi kiritilgan 
jazo choralaridan biri hisoblanadi.
Jinoyat kodeksining 47-moddasiga muvofiq xizmat bo‘yicha 
cheklash — ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchi, praporshik, 
michman va harbiy xizmatni kontrakt asosida o‘tayotgan harbiy 
xizmatchini sud hukmida ko‘rsatilgan muddat davomida muayyan huquq 
va imtiyozlardan mahrum qilib, oylik ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz 
foizigacha bo‘lgan miqdori davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan 
iborat jazo chorasidir.
Xizmat bo‘yicha cheklash faqat asosiy jazo sifatida tayinlanilishi 
mumkin. Bundan tashqari, qonunda ushbu jazo chorasini qo‘llashni 
cheklovchi qator shartlar belgilangan: 
birinchidan, bu jazo chorasi faqat yuqorida qayd etilgan harbiy 
xizmatchilarga nisbatan qo‘llanishi mumkin;
ikkinchidan, bu jazo faqat harbiy jinoyatlarga yoki Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismi tegishli moddasida ko‘rsatilgan hollarda boshqa 
qilmishlarga nisbatan ham tadbiq etiladi. 
Jinoyat qonuni harbiy xizmat bo‘yicha cheklashda ikkita asosiy 
jazoni nazarda tutadi (47-modda, 2-qism): 
1) sud hukmida ko‘rsatilgan muddat davomida mahkumning 
mansabi ko‘tarilishi mumkin emas (masalan, rota komandiri, batalyon 
komandiri bo‘la olmaydi); 


351
2) uning harbiy yoki maxsus unvoni oshirilmaydi. Masalan, 
kapitan unvonidagi harbiy mayor unvonini ololmaydi. Chunki jazoni 
o‘tash muddati harbiy unvonni oshirish uchun zarur bo‘lgan muddatga 
qo‘shilmaydi.
Qonunda belgilangan xizmat bo‘yicha cheklash jazosining 
qo‘llanishi, qonunda belgilangan cheklovlardan tashqari boshqa 
cheklovlar(harbiy xizmatchiga tegishli bo‘lgan maxsus huquqlar, uning 
xizmat kvartirasiga bo‘lgan huquqi, yashash sharoitini yaxshilashga 
bo‘lgan imtiyozlar)ni nazarda tutmaydi.
Jinoyat kodeksi 47-moddasi 1-qismiga ko‘ra mahkumni oylik ish 
haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizgacha bo‘lgan miqdori davlat foydasiga 
ushlab qolinadi. 
Xizmat bo‘yicha cheklash Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi 
sanksiyasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha bo‘lgan 
muddatga tayinlanadi. Jazoni o‘tash muddati uning navbatdagi harbiy yoki 
maxsus unvonni olish uchun zarur bo‘lgan xizmat muddatiga 
qo‘shilmaydi. Shuningdek,, mazkur muddat pensiya tayinlash uchun ham 
zarur bo‘lgan xizmat stajiga ham qo‘shilmaydi.
Ijtimoiy xafvi katta bo‘lmagan yoki og‘ir oqibatlarni keltirib 
chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilgan jinoyat uchun sud ish 
holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p 
bo‘lmagan muddatga xizmat bo‘yicha cheklash jazosini tayinlashi 
mumkin.
Shunday qilib ushbu jazo turining huquqiy oqibatlari quyidagilardan 
iborat: 
1) mahkumning mansabi, harbiy yoki maxsus unvonini oshirilishini 
cheklaydi; 
2) ushbu muddatning ko‘p yil ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki 
maxsus unvonni olish uchun zarur bo‘lgan muddatga qo‘shilmaydi;
3) mahkum daromadining bir qismi davlat hisobiga o‘tkazilishi orqali 
unga moddiy jafo yetkaziladi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling