Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
5. Qamoq
Respublikamiz Jinoyat kodeksi 45-moddasida dispozitsiyasi shaxsni jamiyatdan batamom ajratgan sharoitda saqlashdan iborat qamoq jazosini ko‘zda tutib, uning bir oydan olti oygacha muddatga belgilanishi ko‘rsatilgan. Qamoq jazosi qonunga ilk bor kiritilib, oldindan hech qaysi 352 ittifoqdosh respublika jinoyat qonunchiligida bunday jazo turi ko‘rsatilmagan edi. Qamoq jazosi o‘z mohiyatiga ko‘ra qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilish hisoblanadi. Bu: birinchidan, mahkum sud hukmi asosida tayinlangan qamoq jazosini jamiyatdan ajratilgan holda, maxsus muassasaga joylashtirilib, jazo muddati tugaguncha uni tashlab ketishi mumkin bo‘lmagan, qat’i rejim, kuchli nazorat ostida o‘taydi; ikkinchidan, qamoq jazosi bir oydan olti oygacha muddatda belgilanadi. Qamoq jazosi asosiy jazolardan biri bo‘lib, boshqa jazolar bilan qo‘shib tayinlanishi mumkin emas. Shuningdek,, Jinoyat kodeksi normasi sanksiyasida ko‘rsatilmagan hollarda ham qamoq jazosi tayinlanishi mumkin: Jinoyat kodeksining 57-moddasiga ko‘ra yengilroq jazo tayinlanganda; Jinoyat kodeksining 44-moddasi 3-qismiga ko‘ra, aybdor jarima jazosini ijro etishdan bo‘yin tovlaganda, u qamoq jazosi bilan almashtiriladi. Uncha ijtimoiy xavfli bo‘lmagan jinoyatlar, ba’zi ehtiyotsizlik orqasidan sodir qilingan jinoyatlar uchun shaxsga nisbatan bunday tartibdagi qisqa muddatli jazoni qo‘llash joizdir. Bu yerda asosiy masala shundan iboratki, birinchidan shaxsni axloq tuzatish muassasalariga yuborishning ijtimoiy salbiy oqibatlarining oldi olinadi va ikkinchi tomondan, shaxsga boshqa jazo turi bilan ta’sir etish orqali umumiy va maxsus prevensiya natijalariga erishib bo‘lmasligi aniqlanganidek, bu jazo turidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Qamoqqa mahkum qilingan shaxs jazoning barcha muddatini O‘zbekiston Respublikasi IIV tergov izolatorlarining maxsus ajratilgan xonalarida o‘taydi. Qamoqqa mahkum qilingan shaxs kasal bo‘lib qolganida, davolanishi yoki mahkumning xavfsizligini ta’minlash uchun uni bir muassasadan boshqasiga ko‘chirish mumkin. Qamoqqa mahkum etilganlar boshqa toifadagi aybdorlardan ajratilgan holda saqlanadilar. Ularga ozodlikdan mahrum qilish jazosi uchun belgilangan tartib qo‘llaniladi. Qamoq jazosi qasddan sodir etilgan (qasddan badanga yengil shikast yetkazish (109-modda), qiynash (110- modda), o‘g‘rilik (169-modda)) va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlar uchun ham (ehtiyotsizlik natijasida badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish 111-modda) qo‘llaniladi. Qamoq jazosi jinoyat huquqi normalari sanksiyalarida boshqa jazo turlariga muqobil tarzda ko‘rsatilgan. 353 Qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar hukm chiqarilgan joydagi maxsus qamoq uylarida jazoni o‘taydilar. Mahkumlar butun jazo muddatini odatda, bitta qamoq uyida o‘taydilar. Ular qamoq uyining xo‘jalik xizmatiga oid ishlarga xaftasiga to‘rt soatgacha bo‘lgan muddatga jalb etilishlari mumkin. Mahkumlar ikki kishilik, to‘rt kishilik yoki umumiy kameralarda saqlanadilar. Birinchi marta qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar ilgari qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tagan shaxslardan alohida saqlanadilar. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling