Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
birinchidan, bu jazoning faqatgina ba’zi o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun qo‘llanishi; ikkinchidan
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
birinchidan, bu jazoning faqatgina ba’zi o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun
qo‘llanishi; ikkinchidan, bu jazoni qonunda ko‘rsatilgan ma’lum bir shaxslarga nisbatan tadbiq etilmasligi. O‘lim jazosi ayollarga, oltmish yoshdan oshgan erkaklarga va o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin emas; uchinchidan, o‘lim jazosini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat ishlarining taalluqliligi. Bu ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudining sudloviga taalluqlidir. O‘lim jazosiga hukm qilingan mahkumga afv etishni so‘rab iltimos qilish huquqiga ega ekanligi ham tushuntiriladi. 365 Bu o‘lim jazosini boshqa jazo turlariga nisbatan farqlovchi xususiyatlaridir. O‘lim jazosi jamiyatda uchrab turadigan ashaddiy retsidivistlar va insoniy qiyofasini yo‘qotgan vahshiylar tomonidan aybini o‘ta og‘irlashtiradigan holatlarda odam o‘ldirish kabi jinoyatni sodir etganlarga nisbatan qo‘llanilishi ijtimoiy adolat nuqtai nazaridan to‘g‘ri, deb hisoblaymiz va Y. Karaketov va M. Jalilovlarning “.. oliy jazoni qasddan jinoyat sodir etishi natijasida odam o‘limiga sabab bo‘lgan hollardagina qo‘llash lozim”, degan fikrlarini o‘rinli deb bilamiz. O‘lim jazosini asosiy jazo bo‘lganligi uchun, boshqa asosiy jazo choralari turi bilan qo‘llash mumkin emas. Shuningdek, o‘lim jazo tayinlangan shaxsga nisbatan qo‘shimcha jazo chorasi ham tayinlanmaydi. Bu jazoning o‘ziga xos xususiyati mahkumni jazoning ijrosidan bo‘yin tovlagani uchun boshqa jazo chorasi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Erkaklarga nisbatan ushbu jazo turini tayinlashda quyidagilar hisobga olinishi lozim: 1) sudlanuvchi jinoyat sodir etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa unga nisbatan o‘lim jazosi tayinlanmaydi; 2) agar hukm chiqarish vaqtida 60 yoshga to‘lgan bo‘lsa o‘lim jazosi qo‘llanilmaydi. Agar shaxsga nisbatan o‘lim jazosi tayinlangan bo‘lsa lekin, jazoni ijro etish vaqtiga kelib hukm qilingan shaxs 60 yoshga to‘lsa bunday hollarda jazo ijro etiladimi degan savol tug‘iladi. Bunday hollarda o‘lim jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilishi lozim bo‘ladi. Sudlanuvchilarga jazo tayinlashda ularning yoshini hisobga olish insonparvarlik prinsiplariga asoslangan. Sudlar aybdorga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash masalasini hal qilishda va bu jazo chorasi nafaqat ishda javobgarlikni og‘irlashtiradigan alohida holatlar mavjud bo‘lganda va jinoyat sodir etgan shaxs jamiyat uchun mutlaqo xavfli shaxs deb topilgandagina eng oxirgi chora sifatida tayinlanishi mumkinligini hisobga olishlari zarur. O‘lim jazosini qo‘llash haqida qaror qabul qilayotib sud hukmining tavsif qismida bunday qarorga kelishning, sodir etilgan jinoyatni og‘irligining aniq mazmuni va aybdorning shaxsi bo‘yicha ma’lumotlarni ochib beruvchi asoslarni to‘laligicha keltirish lozim 1 . 1 Oliy sud Plenumi qarori ‘sud xukmi to’g’risida» 1997 y 2 may №2 113-114-bet 366 O‘lim jazosini ijro etish uchun sudning hukmi, farmoyishi hamda afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani rad etish yoki afv etishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma asos bo‘ladi 1 . Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling