Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
8. O‘lim jazosi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 51-moddasi «O‘lim jazosi» deb atalib, unda biz avvalgi kodekslarimizdan farqli o‘laroq, sanksiyasi o‘lim jazosini nazarda tutuvchi jazolar sonini keskin kamaytirilganligini va avvalgi 33 ta jinoyat (1959-yilgi Jinoyat kodeksida) o‘rniga 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan Jinoyat Kodeksida quyidagi 13 ta jinoyatlar uchun o`lim jazosi belgilangan edi: otib o`ldirish tariqasidagi o`lim jazosi faqat javobgarlikni og`irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o`ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi), nomusga tegish (118-moddaning to`rtinchi qismi), jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda qondirish (119-moddaning to`rtinchi qismi), agressiya (151-moddaning ikkinchi qismi), urushning qonun va udumlarini buzish (152-modda), genotsid (153-modda), terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi), davlatga xoinlik qilish (157-moddaning birinchi qismi), O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish (158-moddaning birinchi qismi), josuslik (160-moddaning birinchi qismi), jinoiy uyushma 363 tashkil etish (242-moddaning birinchi qismi), kontrabanda (246- moddaning ikkinchi qismi), giyovandlik vositalari va psixotrop moddalarni g`ayriqonuniy ravishda sotish (272-moddaning ikkinchi qismi). “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartishlar va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining 29.08.1998 y. qonuni bilan jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda qondirish (119-moddaning to`rtinchi qismi), urushning qonun va udumlarini buzish (152-modda), O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish (158-moddaning birinchi qismi), josuslik (160-moddaning birinchi qismi), kontrabanda (246-moddaning ikkinchi qismi)dan o`lim jazosi chiqarib tashlandi._ Jinoiy jazolarni liberallashtirish munosabati bilan 2001-yil 21- avgustda 4 ta jinoyat uchun (javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish 97-modda 2-hismi; agressiya 151-modda, genotsid 153-modda, terrorizm 155-modda uchinchi qismi) o‘lim jazosi qoldirilgan. Shuningdek, islohotlar davomi sifatida 2003 yil 12 dekabrda qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq Jinoyat kodeksida ham inson, ham jamiyat, ham davlat uchun ijtimoiy xavfi yuqori bo’lgan faqat ikkita jinoyat uchun o’lim jazosi qoldirildi. Bular jazoni og’irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish- Jinoyat kodeksi 97-modda 2-qismi va terrorizm - JK 155-modda 3-qismi. 2005 yilning 1 avgustida “O`zbekiston Respublikasida o`lim jazosini bekor qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqdi. Unda: “Davlatimizning jinoyatga oid siyosati o`lim jazosini qo`llashga nisbatan jahon tendensiyalariga to`la mos keladi hamda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida e'lon qilingan insonparvarlik va odillik tamoyillarini izchil ifoda etadi. Ayni vaqtda, mamlakatda amalga oshirilayotgan jamiyat va davlat hayotini demokratik jihatdan yanada yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish borasidagi islohotlarning mohiyati va mazmuni, sud-huquq tizimini liberallashtirish bo`yicha olib borilayotgan ishlarning natijalari jazo turi sifatida o`lim jazosi bekor qilinishini hamda uni umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilishi zarurligini taqozo etmoqda 1 ”, deyiladi. Farmonga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida 2008 yilning 1 yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o`lim jazosi bekor qilinishi va uning o`rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilishi belgilab qo`yildi. 1 “O`zbekiston Respublikasida o`lim jazosini bekor qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yilning 1 avgusti Farmoni 364 Jazoning bunday turi Sobiq ittifoq davrida favqulodda jazo chorasi sifatida qo‘llanib kelingan bo‘lib, u davlat asoslariga, jamiyat qurilishiga hamda fuqarolarning hayotiga qarshi qaratilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun qo‘llanilganligi ma’lum. Sodir qilingan jinoyat uchun o‘lim jazosini belgilash yoki belgilamaslik muammosi mana uzoq yillardirki olimlar o‘rtasida katta munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. Hozirgi sharoitda demokratik jamiyatda ushbu jazo turining qo‘llanishi, insonparvarlik prinsipiga to‘g‘ri kelmasligi, bunday jazo jinoyatchiga nisbatan qasos olishmi yoki aksinchami, agar u qasos olisha qaratilgan bo‘lsa, jamiyatning insonga nisbatan bunday jazoni qo‘llashga haqqi bormi, degan savollarga rad javobini beruvchilar ham, ma’qullovchilar ham yetarlidir. Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki aholining 50 foizidan 80 foizigacha ba’zi og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosini saqlab qolinishini ma’qullaydilar. Hozirgi vaqtda dunyoning qator davlatlarida o‘lim jazosi eng og‘ir jazo sifatida qo‘llanib kelinmoqda. Jinoyat kodeksining 51-moddasiga ko‘ra, o‘lim jazosi eng og‘ir jazo bo‘lib mahkum sud hukmi asosida hayotidan mahrum etiladi. Jinoyat qonuni o‘lim jazosini faqatgina istisno qiluvchi holatlarda (faqat 2 ta jinoyat turi uchun) qo‘llanishini belgilaydi. O‘lim jazosi jazoning tarbiyalash maqsadini amalga oshira olmaydi, balki, ijtimoiy adolatni tiklash vazifasini hamda birinchi navbatda mahkum va boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyat sodir etilishining oldindani oladi. Otib o‘ldirish tariqasidagi o‘lim jazosi favqulodda jazo chorasi bo‘lib, bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling