Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
1
. Sudlar voyaga yetmaganlarga, ayollarga, nogironlarga va keksalarga nisbatan jazo tayinlashda ozodlikdan mahrum qilish jazosidan boshqa jazo turini qo‘llash, shartli hukm qilish masalalarini muhokama qilishlari va agarda ularni jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin emas, deb topganlaridagina ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llashlari lozim 2 . Ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llashda uning quyidagi ijobiy jihatdan samara berishi hisobga olinishi lozim: 1 Oliy sud Plenumining “Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi 1996 yil 19 iyul №16 qarori 49-bet 2 Oliy sud Plenumining “Jinoyat uchun jazo chorasini tayinlash borasida sud amaliyotida vujudga kelgan ayrim masalalar to’g’risida”gi qarori 2000 yil 22 dekabr 358 1) ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi, faqat o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan yoki Jinoyat kodeksi 56-moddasida sanab o‘tilgan og‘irlashtiruvchi holatlar, shuningdek, jazo tizimidagi boshqa yengilroq choralarni qo‘llash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tayinlanadi 1 . Ozodlikdan mahrum qilish jazosi sud hukmida jazoni og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holatlarini hisobga olingan va ko‘rsatilgan holda qo‘llanishi kerak. Asosiy e’tibor ayollarga nisbatan jazo tayinlashga qaratilishi lozim. 2 2) bu jazoni jinoiy guruh tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga nisbatan, ekstrimistlar, retsidivistlar, respublikadagi vaziyatni beqarorlashtirishga uringan, o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga, jamiyat xavfsizligiga tajovuz qiluvchi jinoyat sodir etganlarga nisbatan tayinlashda ularning xavflilik darajasi e’tiborga olinishi lozim 3 . 3) ozodlikdan mahrum qilish jazosi og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga, uyushgan guruh tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga muqaddam sudlanganlarga nisbatan qo‘llanishi lozim. Bunda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tajovuz qilish, poraxo‘rlik, giyoxvandlik vositalari va psixatrop moddalarning g‘ayriqonuniy muomalasi va qurol tarqatish kabi, shuningdek, respublika iqtisodiyotiga zarar yetkazuvchi jinoyatlar alohida xavf tug‘dirishini nazarda tutish kerak. 4 Retsidivistlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni muntazam ravishda yoki ko‘p miqdorda sotuvchilar, o‘tkazuvchilar yoki jinoyatning tashkilotchilari va faol ishtirokchilari, narkotiklarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish yoki uning hududi orqali olib o‘tishni yoxud ularni turli usullar bilan tarqatishni ta’minlovchilar, xuddi shunday jinoyatlar uchun muqaddam sudlanganlar, voyaga yetmaganlarni jinoyatga jalb qiluvchilar va hokazolar qattiq javobgarlikka tortilishi lozim. 5 Ommaviy tartibsizliklar, qirg‘in qilishlar va o‘t qo‘yishlarning tashkilotchilari, faol ishtirokchilariga, jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakillarining va boshqa 1 Oliy sud Plenumining “Jinoyat uchun jazo chorasini tayinlash borasida sud amaliyotida vujudga kelgan ayrim masalalar to’g’risida”gi qarori 2000 yil 12 dekabr 2 Oliy sud Plenumining qarori “Sud amaliyotida jinoiy jazoni qo’llashda vujudga keladigan ayrim masalalar to’g’risida”gi qarori 1999 yil 19-bet 3 Oliy sud Plenumining “Jinoyat uchun jazo chorasini tayinlash borasida sud amaliyotida vujudga kelgan ayrim masalalar to’g’risida”gi qarori 2000 yil 22 dekabr 6 Oliy sud Plenumining “Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi 1996 yil 19 iyul №16 qarori 41-bet 5 Oliy sud Plenumining qarori “Respublika sudlari tomonidan ommaviy tartibsizliklar uchun javobgarlik to’g’risidagi qonunlarni qo’llash amaliyoti bilan bog’lik ayrim masalalar to’g’risida” 1996 yil 20 dekabr №38 67,68-bet 359 shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusi va qadr-qimmatiga tajovuz etuvchi milliy va irqiy teng huquqlikni buzishga dalolat qiluvchi shaxslarga nisbatan qattiq jazo choralari qo‘llanmog‘i kerak. Bundan tashqari bu shaxslarga nisbatan jazo maqsadiga boshqa ta’sir choralari qo‘llash orqali erishish mumkin bo‘lmaganda qonun normasi sanksiyasida ko‘rsatilgan bo‘lsa ushbu jazo turi qo‘llanishi mumkin. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling