Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jazoni yengillashtiruvchi holatlar


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

2. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar 
 
Sudlar 
tomonidan 
jinoyat ishlarini ko‘rishda eng avvalo jinoyat 
sodir qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha holatlarini, uni sodir qilgan 
shaxsni, qilmishda jinoyat qonunida ko‘zda tutilgan barcha belgilarning 
mavjudligini to‘la va batafsil aniqlash, jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya 
qilish , qonuniylik va adolatlilik prinsipiga rioya qilishning asosiy 
shartidir. Jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar ma’lum 
darajada qilmishning ijtimoiy xavfliligini belgilovchi mezon bo‘lib ham 
hisoblanadi.
Quyida jazo tayinlashda e’tiborga olinadigan jazoni 
yengillashtiruvchi holatlarga to‘xtalamiz: 
a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin ko‘ngildan 
pushaymon bo‘lish yoki jinoyatni ochishga faol yordam berish; 
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish; 
v) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul 
ahvolda jinoyat sodir etish
g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud 
boshqa jihatdan qaramliligi sababli jinoyat sodir etish; 
d) jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir xakorati yoki boshqacha 
g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy 
xayajonlanish holatida jinoyat sodir etish; 
ye) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan 
chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan 
1
O’zR Oliy sudining Plenumi Qarorlari. 1991-1997 yillar // “Sharq”, Т:.1997 y., 43-bet. 


378
shaxsni ushlashda, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asosli 
tavakkalchilikda zarar yetkazish; 
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi; 
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi; 
i) jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki ahlokka zid xulq-atvori ta’siri 
ostida jinoyat sodir etishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida jazoni 
yengillashtiruvchi holatlarning, bir tomonidan real xayotda ko‘proq 
uchraydigan turlari va turli-tuman jinoyatlar sodir qilish uchun tipik 
bo‘lgan holatlar olingan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qonun chiqaruvchi 
organ jinoyat sodir etish va jinoyatchi shaxsiga jiddiy ta’sir qiladigan 
holatlarnigiga jazoni yengillashtiruvchi holatlar ro‘yxatiga kiritgan. 
Jinoyat huquqi nazariyasida jazoni yengillashtiruvchi holatlarning 
roli xaqida yagona fikr mavjud emas. Ayrim mualliflar yengillashtiruvchi 
holatlar aybning darajasiga ta’sir qiladi desa, boshqa birlari sud tomonidan 
tayinlanadigan jazoni yengillashtiradi deb hisoblaydilar. Yana boshqalari 
esa yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar qilmishning ijtimoiy 
xavflilik darajasini belgilaydi, deb hisobaydilar. G. L. Kriger esa 
javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar faqat ayb darajasiga, jazo 
miqdoriga yoki sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasigagina 
ta’sir qilmasdan, balki javobgarlik va jazodan ozod qilishning muhim 
shartlari ham hisoblanadi»
1
, deb yozadi. 
M. A. Skryabin esa javobgarlikni yengillashtiruvchi va 
og‘irlashtiruvchi holatlar jinoyat tarkibidan tashqaridagi holatlar bo‘lib, 
sodir etilgan jinoyatga yoki jinoyat sodir etgan kishining shaxsiga bevosita 
yoki bilvosita tegishli bo‘lib, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini 
kamaytiradi, (yengillashtiruvchi holatlar) yoki oshiradi, (ogrilashtiruvchi 
holatlar) va javobgarlik va jazoga ta’sir qiladi»
2
, deb yozadi. 
Yuqoridagi aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, yengillashtiruvchi 
holatlarning jinoyat-huquqiy ahamiyati xaqida yuridik adabiyotlarda turli 
fikrlar bildirilgan. Ularning barchasi yengillashtiruvchi holatlarni qilmish 
va aybdorning shaxsi bilan bog‘lab tushuntirganlar. 
Yengillashtiruvchi holatlarni tavsiflash masalalariga ham mualliflar 
turlicha yondoshganlar. M.A.Skryabin «Qonun jazo tayinlashda huquqqa 
xilof qilmish va jinoyatchi shaxsini xususiyatlovchi holatlarga ahamiyat 
1
Курс Советского Уголовного право. (В 6 томах). // “Наука”, М:.1970 г., Том-3, Стр-136-137. 
2
М.А.Скиябин “Общее начало назначения и наказания и их применения несовершеннолетним” // 
Изд. Казанского Ун-та, 1988 г., Стр-76. 


379
beradi. Og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni quyidagicha 
ifodalashni taklif qiladi:
A) faqat jinoyatning o‘ziga tegishli bo‘lgan holatlar;
B) faqat aybdorning shaxsiga tegishli bo‘lgan holatlar; 
V) aybdorning shaxsiga va jinoyatga tegishli bo‘lgan holatlar. 
Bizning nazarimizda, yengillashtiruvchi holatlarni bunday tasniflash 
amaldagi Jinoyat kodeksidagi 55-modda ko‘rsatilgan yengillashtiruvchi 
holatlarga ham to‘g‘ri keladi. Masalan, voyaga yetmaganning jinoyat sodir 
etishi (JK 55-modda «j» bandi) va homilador ayolning jinoyat sodir etishi 
(JK 55-modda “z” bandi) faqat shaxsga tegishli bo‘lgan yengillashtiruvchi 
holat hisobansa, majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatdan 
yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir qilish faqat jinoyatga 
tegishli bo‘lgan yengillashtiruvchi holat hisobansa, aybini bo‘yniga olish 
to‘g‘risida arz qilish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish ham 
jinoyatga, ham shaxsga tegishli bo‘lgan yengillashtiruvchi holat 
hisobanadi. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar faqatgina jazoni 
yengillashtirishning o‘zi uchun asos bo‘lmasdan, balki jinoiy 
javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish uchun ham asos bo‘lishi mumkin. 
Jumladan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki jinoyatni ochish uchun 
faol yordam berish, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 66-
moddasi asosida javobgarlikdan ozod qilish yoki 71-moddasi qoidalariga 
ko‘ra sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfi katta bo‘lmasligi yoki jinoyat 
uncha og‘ir bo‘lmasligi kerak. Agar sodir etilgan jinoyat og‘ir yoki o‘ta 
og‘ir bo‘lsa va JK 55- moddasining «a» bandidagi holat mavjud bo‘lsa, 
sud yengillashtiruvchi holat deb jazo tayinlashi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida 
ko‘rsatilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlarning barchasi uchun quyidagi 
xususiyatlar xosdir. 
1. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida 
nazarda tutilgan yengillashtiruvchi holatlar Jinoyat kodeksining Maxsus 
qismining moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning jinoyat tarkibidan 
tashqarida bo‘lib, qilmishni kvalifikatsiya qilish uchun ta’sir qilmaydi, 
kvalifikatsiyani o‘zgartirmaydi. 
2. 
Bu moddada ko‘rsatilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar 
qilmishni Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya 
qilish uchun zaruriy belgisi sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, jazo tayinlash 
vaqtida yana 55-moddaga murojaat qilinmay o‘sha moddaning sanksiya 
doirasida jazo tayinlanadi. Chunki qonun chiqaruvchi organ 55-moddada 
nazarda tutilgan yengillashtiruvchi holatni Jinoyat kodeksi Maxsus 


380
qismida yengillashtiruvchi holat sifatida ko‘rsatib, shunga muvofiq 
ravishda sanksiyani ham yengillashtirgan. 
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 5-
moddasining «d» bandida «jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir xaqorat yoki 
boshqacha gayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy 
xayajonlanish holatida jinoyat sodir etishi» - yengillashtiruvchi holatlardan 
biri sifatida ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismining 98-moddasida esa jabrlanuvchi tomonidan 
gayriqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir xaqorat, shuningdek, uning boshqa 
g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy 
xayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish – besh yilgacha muddatga 
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, deyiladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida qasddan odam o‘ldirish 
uchun shu moddaning 1-qismida 15 yilgacha muddatga, 2-qismida 20 
yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘lim jazosi bilan 
jazolanishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 98-
moddasida qasddan odam o‘ldirish, lekin kuchli ruhiy xayajonlanish bu 
jinoyatning jinoyat tarkibi doirasiga zaruriy belgi sifatida kiritilganligi 
uchun yengillashtiruvchi holat hisoblanib, shu moddaning o‘zida nazarda 
tutilgan.
Demak, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida 
ko‘rsatilgan yengillashtiruvchi holat Maxsus qismning , barcha 
moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlar uchun Maxsus qismning muayyan bir 
moddasida ko‘rsatilgan yengillashtiruvchi holat fakat shu moddaning o‘zi 
uchungina ahamiyatlidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida nazarda 
tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlarning ro‘yxati kat’iy bo‘lmay, sud 
jazo tayinlash vaktida bu moddada ko‘rsatilmagan boshqa holatlarni ham 
ishdagi holatlarga karab yengillashtiruvchi holat deb hisoblashi mumkin. 
Masalan, davlat oldidagi katta xizmatlari, akliy rivojlanishining jismoniy 
rivojlanishiga nisbatan orqada kolib ketganligi va xokazolar ham 
yengillashtiruvchi holat deb hisoblanishi mumkin. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling