Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jazoni og‘irlashtiruchi holatlar


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

3. Jazoni og‘irlashtiruchi holatlar 
Jazoni individuallashtirish eng avvalo hukm chiqarish vaqtida 
yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni e’tiborga olish orqali 
amalga oshiriladi va bu holatlarning qonunda mustahkamlab quyilganligi 
uning qanchalik muhimligini ko‘rsatadi. Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar 


381
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 56-moddasida ko‘rsatib 
o‘tilgan bo‘lib ular quyidagilardan iborat:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan; 
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan; 
v) xizmat vazifasi yoki fukarolik burchini bajarganligi munosabati 
bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; 
g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa 
jihatdan qaram shaxsga nisbatan; 
d) o‘ta shafqatsizlik bilan; 
ye) ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda; 
j) yosh bola yoki ruhiy kasalligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsdan 
foydalangan holda; 
z) jinoyat natijasida og‘ir oqibatlarning kelib chiqqanligi; 
i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat 
vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida; 
k) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda; 
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida; 
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindandan til biriktirgan holda 
yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan; 
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki 
qasddan yangi jinoyat sodir etishi; 
o) mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari; psixotrop yoxud 
kishining akl-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat 
sodir etish. 
Yuqorida berilgan og‘irlashtiruvchi holatlar ro‘yxati qat’iy bo‘lib 
boshqa holatlarni og‘irlashtiruvchi holat deb hisoblanishi mumkin emas. 
Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mazmunini qisqacha yoritib o‘tsak. 
Aybdorga homiladorligi ilgaridan ayon bo‘lgan ayolga nisbatan sodir 
etilgan jinoyat Jinoyat kodeksi 56-moddasidagi keltirilgan holatlar 
ro‘yxatiga kiritilgan. Homilador ayolga tajovuz qilgan shaxs ayni vaqtda 
homilaning normal rivojlanishiga ham tajovuz qilgan bo‘ladi. Homilador 
ayolga tashqi salbiy ta’sir bilan muvozanat holatidan chiqarish faqat 
ayolga emas, homilaga ham zarar yetkazadi. Bu esa tajovuzning ijtimoiy 
xavflilik darajasini ikki marotaba oshiradi, binobarin, aybdorning 
javobgarligini og‘irlashtiradi. 
Yosh bola, keksa, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan sodir 
etilgan jinoyat uchun og‘irlashtiruvchi holatlarda jazo tayinlash 
qo‘llanilishi kerak. 


382
Yosh bolalar deb, o‘n turt yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni 
hisobash lozim. Qariyalar deganda esa pensiya yoshiga yetganlar 
tushuniladi. Ojiz ahvoldagi shaxslar deganda yoshi kattaligi, kasalligi, 
jismoniy kamchiligi va boshqa omillar tufayli jinoyatchiga qarshilik 
ko‘rsata olmaydigan kishilarni tushunish kerak. 
Xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchlarini bajarishlari munosabati 
bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilgan 
jinoyat Jinoyat kodeksi 56-moddasi 1-qismining «v» bandida jazoni 
og‘irlashtiruvchi holat sifatida nazarda tutilgan. 
O‘z xizmat burchini bajarish deganda, har qanday shaxsning o‘z 
xizmat burchi doirasidagi vazifasini huquqqa muvofiq ravishda amalga 
oshirishi, jamoatchilik burchi deganda esa fuqaroning o‘ziga yuklangan 
ijtimoiy burchlarini, shuningdek, uning jamiyat yoki ayrim shaxslar 
manfaatlari, ya’ni mazkur shaxsni huquqbuzarlikning oldindani olish, 
sodir etilgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar tug‘risida xokimiyat 
idoralariga xabar berish kabi ijtimoiy burchni bajarishi tushuniladi. 
Shaxsning yaqin qarindoshlari deganda ota-onalar, opa-singillar, er-
xotinlar, bolalar, jumladan farzandlikka olinganlar, nabiralar, shuningdek, 
er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillarini tushunish lozim. 
Jinoyat kodeksi 56-moddasi 1-qismining «g» bandida ko‘rsatilgan 
jinoyatlar, ya’ni aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa 
jihatdan qaram shaxsga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar ham jazoni 
og‘irlashtiruvchi holat ekanligi nazarda tutilgan. 
Basharti jabrlanuvchi xaqiqatan ham aybdorning qaramog‘ida 
bo‘lganda yoki uning ko‘rsatadigan moddiy yordami jabrlanuvchi uchun 
birdan-bir tirikchilik manbai bo‘lgan holatlarda moddiy qaramlik 
mavjuddir. Nikoh munosabatlari ham bunday bog‘liqlikni vujudga 
keltiradi. Jabrlanuvchining moddiy qaramligi shaxsning majburiyatlari 
(masalan, ugay qizga to‘lanadigan aliment) yoki er va xotin o‘rtasida 
yuzaga kelgan murakkab munosabatlar (masalan, boshqa shahar yoki 
qishloqdan shaharga o‘qish uchun kelgan qarindoshni uy-joy va oziq–
ovqat bilan ta’minlash) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Xizmat bo‘yicha aybdorga qaramlik shaxsning xizmatga ko‘ra 
bo‘ysunishi bilan bog‘liq bo‘ladi, shuningdek, bevosita kelib 
chiqmaydigan, lekin uning mehnati yoki o‘quvi ustidan nazorat qilish 
vazifalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin (masalan, ilmiy rahbar va 
aspirant, trener va sportchi o‘rtasida). 


383
Boshqa turdagi qaramlik deganda, jabrlanuvchi aybdorning uy-joyida 
yashashini, o‘quvchilarning yoki tarbiyalanuvchilarning vasiylar, 
tarbiyachilar va xokazolarga bog‘liqligini tushunish kerak. 
Bir guruh shaxslar tomonidan oldindandan til biriktirgan holda, 
uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tomonidan jinoyat sodir etish ham 
jazoni og‘irlashtiruvchi holatdir. Birgalikda sodir etilgan jinoyat o‘ta xavfli 
bo‘lib, unda jinoyat sodir etishni, jinoyat izlari va jinoyatchining yashirish 
yengilroq amalga oshadi. 
Ayniqsa, jinoiy faoliyat uyushganlik xususiyatiga ega bo‘lganida 
uning ijtimoiy xavfliligi yanada ortadi. Bu o‘rinda gap guruh xususida 
emas, uyushgan guruh tug‘risida boradi. Uyushgan guruh faqat miqdoriy 
belgi bilan tavsiflanmaydi (ikki va undan ortiq shaxslarning mavjudligi), 
ayni vaqtda sifat belgilari bilan, ya’ni oldindandan kelishib olish, jinoyatni 
sodir etish rejasini to‘zish, uni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish, 
guruh ishtirokchilari o‘rtasida mustahkam aloqa mavjudligi bilan ham 
izoxlanadi. 
O‘z navbatida, jinoiy uyushmaning xavfliligi ikki va undan ko‘proq 
jinoiy guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun birlashishidan 
iboratdir. Bunday birlashish natijasida uyushgan tuzilmaning o‘ta 
faolligiga erishiladi, bu esa ularni kuchaytiribgina kolmay, balki ta’sir 
doirasini kengaytiradi. 
Og‘ir oqibatlarga olib kelgan jinoyatni sodir etish jazoni 
og‘irlashtiruvchi holat deb topiladi, zero oqibatning xaddan tashqari 
og‘irligi tajovuz tarkibi doirasidan chetga chiqadi. Masalan, oilaning 
yagona boquvchining o‘ldirilishi uning moddiy ahvolini o‘ta qiyinlashtirib 
yuborishi va xokazolar. 
Sud qonuniga muvofiq jinoyatning moxiyatiga ko‘ra mastlikni jazoni 
og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin, zero u mazkur masalani 
yechishda qilmish o‘z tabiatiga ko‘ra mastlik yoki aybdorning aqliy-
irodaviy faoliyatiga ta’sir etadigan gixyovandlik vositalari, psixotrop yoki 
boshqa moddalar bilan bog‘langanligini, shuningdek, shaxsning mazkur 
holatga tushish sharoitlarini batafsil o‘rganishi va ularni inobatga olishi 
lozim. 
Umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda jinoyat sodir etish 
deganda, aksariyat kishilarning hayot yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan 
yoki davlat, jamoat yoxud xususiy mulkka yirik miqdorda zarar keltiruvchi 
ofatlar, masalan, yong‘in, transport halokati, suv toshqini va boshqa 
holatlar tushuniladi. Ushbu vaziyatlarni og‘irlashtiruvchi holat sifatida 


384
e’tirof etish uchun aybdor tomonidan shu vaziyatlardan ongli ravishda 
foydalanish maqsadi mavjud bo‘lishi kerak. 
Ko‘pchilik uchun xavfli usulda jinoyat sodir etish deganda, bir 
shaxsga yoki muayyan mol-mulkka qarshi qaratilgan bo‘lib boshqa 
kishilarga yoki mol-mulkka muayyan xavf tug‘diradigan usullar 
tushuniladi. Masalan, suvni zaharlash, yong‘in, portlatish, suv bostirish, 
odamlar gavjum joyda uq otish, bu holatlarda sodir etilgan qilmish nafaqat 
jabrlanuvchiga balki boshqa shaxslarga ham real xavf tug‘diradi. 
O‘ta shafqatsizlik bilan jinoyat sodir etish bu jinoyatning subyektini 
ifodalovchi og‘irlashtiruvchi holatlardan biri bo‘lib bu jabrlanuvchiga 
nisbatan jinoiy harakatni amalga oshirishdan oldindan yoki amalga 
oshirish jarayonida unga nisbatan azoblash, qiynash yoki taxqirlash, 
xo‘rlangan yoxud subyektning jabrlanuvchini juda azoblab, masalan, 
jabrlanuvchining badaniga ko‘plab jaroxatlar yetkazish yoki juda og‘riq 
beradigan zahardan foydalanish, tiriklayin kuydirish, uzoq vaqt ovqatsiz 
qoldirish va boshqa shunga o‘xshash harakatlar sodir etishda namoyon 
bo‘ladi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling