Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlash


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
5. Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlash 
Huquqiy davlat qurishda, avvalo, qonunlarga tayangan holda 
insonparvarlik va odillik tamoyillari asosida odil sudlovni amalga oshirish 
lozimdir. mazkur tamoyillarga to‘liq rioya qilish jinoyat qonuni talablari 
og‘ishmay bajarilishini taqazo etiladi. Jinoyat qonunida bir necha jinoyat 
sodir etganlik uchun jazo tayinlash instituti mavjud bo‘lib bu norma 
talablariga rioya qilmaslik yuqoridagi tamoyillarning buzilishiga olib 
keladi. Ushbu qoida buzilishini bartaraf qilishda ko‘maklashish maqsadida 
bir necha jinoyat uchun jazo tayinlashga oid qoidalarni qisman bo‘lsada 
yoritib berishni lozim deb topdik. Jinoyat kodeksi 59-moddasiga binoan 
bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlashni quyidagi tartibda 
amalga oshirish nazarda tutilgan:
Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki 
yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan bo`lib, ulardan birortasi uchun ham 
sudlangan bo`lmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda 
tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, so`ngra 
tayinlangan yengilroq jazoni og`irrog`i bilan qoplash yoxud tayinlangan 
jazolarni to`la yoki qisman qo`shish yo`li bilan jinoyatlar majmui bo`yicha 
jazo tayinlaydi. 
Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan 
jinoyatlar va uncha og`ir bo`lmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda 
tayinlangan yengilroq jazoni og`irrog`i bilan qoplash yoxud tayinlangan 
jazolarni to`la yoki qisman qo`shish yo`li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. 
Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng og`iri 
uchun nazarda tutilgan eng ko`p jazo muddatidan yoki me'yoridan ortiq 
bo`lmasligi lozim. 
Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi 
og`ir yoki o`ta og`ir jinoyat bulsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida 
shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni to`la yoki 
qisman qo`shish yo`li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. 


390
Jinoyatlar majmui bo`yicha har xil turdagi jazolarni qo`shish yo`li 
bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan 
qoidalarga amal qilinib, jazoning og`irroq turi uzil-kesil tayinlanadi. 
Jinoyatlar majmui bo`yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim 
jinoyatlar uchun tayinlangan qo`shimcha jazolarni ham qo`shishi mumkin. 
Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo`shimcha 
jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning 45-moddasida 
nazarda tutilgan eng ko`p muddatdan ortiq bo`lmasligi lozim. 
Agar ish bo`yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu 
ish bo`yicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda 
aybli ekanligi aniqlansa ham jazo o`sha tartibda tayinlanadi. Bunday holda 
jinoyatlar majmui bo`yicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga 
birinchi hukm yuzasidan jazoning o`talgan qismi qo`shiladi. 
Yuqoridagi jinoyatlar jami bo‘yicha jazo tayinlash qoidalari 
quyidagi hollarda qo‘llaniladi: 
1) jinoiy qilmish jinoyat qonunining turli moddalari bilan 
kvalifikatsiya qilinganda;
2) shaxs bir xildagi bir necha harakatlarni sodir etgan bo‘lib, ulardan 
bir tugallangan jinoyat tariqasida, boshqalari esa, jinoyatga tayyorgarlik 
ko‘rish, suiqasd yoki ishtirokchilik tariqasida kvalifikatsiya qilinganda; 
3) ish bo‘yicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning birinchi ish 
bo‘yicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi 
aniqlanganida. 
Jinoyatlar majmui tariqasida aybdorga jazo tayinlash ikki bosqichda 
amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda sud Jinoyat kodeksining 54-
moddasida belgilangan jazo tayinlash qoidalarini qo‘llagan holda aybdor 
sodir etgan har qaysi jinoyatga aloxida jazo tayinlaydi. Bunda sud har 
kaysi jinoyat uchun aloxida aloxida asosiy jazoni tayinlaydi va agar zarur 
bo‘lsa har bir jinoyatning xususiyatiga qarab qo‘shimcha jazo tayinlaydi. 
Jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi har qaysi jinoyat uchun aloxida jazo 
tayinlash Jinoyat kodeksining 59-moddasining muhim talabidir va undan 
chetga chiqishga yo‘l quyilmaydi ushbu qoidaning jazo tayinlashdagi 
ijobiy xususiyatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin: 
a) jinoyatlar majmuiga kiruvchi aloxida jinoyatlar uchun 
amnistiya va avf etishni ancha yengillashtiradi; 
b) bunday jinoyatlar kassatsiya yoki nazorat tartibida 
ko‘rilganda har bir jinoyat uchun jazoni yengillashtiruvchi yoki 
og‘irlashtiruvchi holatlarini e’tiborga olishda;


391
v) ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarga nisbatan 
jazoni o‘tash kaloniyasi rejimi turini belgilashda , shaxsni o‘ta xavfli 
retsidivist deb topish masalalarini hal qilishni osonlashtiradi. 
Agar sud aybdorga jazo tayinlashda Jinoyat kodeksining 57-
moddasini qo‘llashni zarur deb topsa, bu masalani birinchi bosqichda, 
ya’ni har kaysi jinoyat uchun alohida jazo tayinlashda hal qilishi lozim. 
Ikkinchi bosqichda sud tegishli jazo turini belgilovchi Jinoyat kodeksi 
Umumiy qismi moddalarida belgilangan doirada ayrim jinoyatlar uchun 
tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan aybdorga u 
sodir etgan barcha jinoyatlar jami uchun jazo tayinlaydi, masalan , aybdor 
ikkita jinoyatni sodir etib, sud bir jinoyat uchun bir yil, ikkinchi jinoyat 
uchun ikki yil muddatga axloq tuzatish ishiga hukm qilib ish haqidan 20 
foizdan ushlab kolishni belgilagan bo‘lsa, jinoyatlarning har biri uchun 
tayinlangan muddatlarni qisman kushib, jinoyatlar jami tarikasida ikki 
yarim yil, tula kushish yo‘li bilan uch yil muddatga axloq tuzatish ishiga 
hukm qilishi va ish haqidan 20 foiz ushlab qolishni tayinlaydi. Chunki 
Jinoyat kodeksining 46-moddasiga ko‘ra jinoyat sodir qilgan shaxslarga 
nisbatan axlok tuzatish ishlari uch yildan ortik muddatga tayinlanishi 
mumkin emas. Masalan, sodir etilgan ikkita jinoyatdan biri uchun sud 
aybdorga uning ish haqidan 15 foizini ushlab kolish bilan bir yil axlok 
tuzatish ishlarini, boshqa jinoyat uchun ham ish haqidan 25 foizini ushlab 
kolish bilan bir yil axlok tuzatish ishlari tayinlangan. Jinoyatlar majmui 
tarikasida sud aybdorga ish joyi bo‘yicha ish haqidan 25 foizini , yana bir 
yil davomida 15 foizini davlat foydasiga ushlab kolish bilan ikki yil axlok 
tuzatish ishlari tayinlagan. Agar jinoyatlar 18 yoshga tulmagan , voyaga 
yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa jarima, axlok tuzatish 
ishlari va kamoq turdagi jazolar Jinoyat kodeksining 82-83-84-
moddalarida belgilangan doirada kushiladi. 
Shaxsning sodir etgan jinoyatlari uchun sud aybdorga har xil 
turdagi jazolarni tayinlashi ham mumkin. Masalan, bitta jinoyat uchun 
ozodlikdan mahrum qilish , boshqasi uchun axlok tuzatish ishlari kamoq 
yoki jarima va boshqa jazolar. Jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi ayrim 
jinoyatlar uchun turli xil jazolarni kushish masalasi Jinoyat kodeksining 
59-moddasi 2 qismida yoritib berilgan. Qonunga binoan sud mazmuniga 
ko‘ra jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlar uchun jazolarni tula 
yoki qisman kushish masalasini qonunda belgilangan jazo tayinlash 
talablarini hisobga olgan holda o‘z ixtiyori bilan hal qiladi. 
Jinoyat kodeksining 59-moddasi 3 qismida «jinoyatlar jami 
tarikasida tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun 


392
tayinlangan kushimcha jazolarni ham kushib tayinlash mumkin», -
deyilgan. Jinoyatlar majmuiga kiruvchi ayrim jinoyatlar uchun kushimcha 
jazolar dastlab asossiz ravishda tayinlangan bo‘lsa yukori turuvchi sudlar 
keyingi instansiya tartibida jinoyat ishlarini ko‘rishda ularni hukmdan 
chiqarib tashlaydi. Jinoyatlar majmui tarikaisda tayinlangan asosiy jazoga 
ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan bir necha turli xil kushimcha jazolarni 
tayinlash mumkin. Masalan, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish 
va muayyan huquqdan mahrum qilish.
Jinoyat kodeksi 59-moddasi 4-qismida kuzda tutilgan holatlarda 
jazo tayinlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Yangi aniklangan jinoyat ishi uchun 59-modda talablariga ko‘ra 54-
modda asosida aloxida jazo tayinlanadi
Yangi aniklangan jinoyat ish bo‘yicha tayinlangan jazoga oldindangi 
ishi bo‘yicha tayinlangan jazolar ko‘shiladi. 
Jinoyatlar jami uchun belgilangan kat’iy jazo birinchi hukm bo‘yicha 
tayinlangan jazodan kam bo‘lishi mumkin emas, chunki bunday holda 
jazolarni kushish vaqtida birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoning 
o‘talmagan qismidan emas balki uning to‘liq mikdoridan kelib chiqiladi. 
Jinoyatlar jami bo‘yicha tayinlangan jazodan chegirib, keyingi ish 
bo‘yicha sudgacha ehtiyot chorasi yoki ushlab turish tartibida kamoqda 
o‘tirgan vakti va birinchi hukm bo‘yicha o‘talgan jazo muddati chegirib 
tashlanadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling