Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Birinchidan, jazo jinoyat qonunida belgilangan davlatning 
majburlov chorasidir. Jinoyat qonunining yagona manbai O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksi bo‘lganligi bois jinoiy jazodek majburlov 
chorasi Jinoyat kodeksida boshqa biron-bir hujjatda belgilanmasligi lozim. 
Ikkinchidan, jazo ommaga ta’sir etish xususiyatiga ega bo‘lgan 
choradir. Jazo davlatning shaxs, jamiyat va davlat huquq va manfaatlarini 
ximoya qilish uchun qabul qilgan qonunida belgilangan taqiqlarni buzish, 
yo‘l-yo‘riqlarini bajarmaslikdan iborat muayyan shaxsning jinoiy xulq-
atvoriga qarshi qaratilgan majburiy javob chorasidir. 
Davlatning 
normal 
faoliyatini ta’minlaydigan mazko‘r 
qonunning asosiy ijtimoiy vazifasi butun jamiyat uchun eng muhim va 
qimmatli bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni muxofaza qilishdan iboratdir. 
Shu bois jinoyat sodir etishda aybdor shaxslarga nisbatan davlat 
tomonidan qo‘llaniladigan jazo jamiyatimiz a’zolari bo‘lgan barcha 
fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi. 
Uchinchidan, jazo – O‘zbekiston Respublikasi sudlov tizimining 
tarkibiy qismi – sudning hukmi bilan jinoyat sodir etishda aybdor 
hisoblangan shaxsga nisbatanqo‘llaniladigan chorasidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasida 
sud xokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi xokimiyatlardan, siyosiy 


373
partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi, 
deb yozilgan. Konstitutsiyaning 26-moddasida esa jinoyat sodir etganlikda 
ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora 
ko‘rib chiqilib, uning aybi aniklanmaguncha u aybdor hisobanmaydi, deb 
ta’kidlanadi. Shundan kelib chiqib, shaxs fakat sudning ayblov hukmi 
bilan, aybdor deb topilishi mumkin; mazkur hukmning oqibati sifatida 
unga jazo qo‘llanishi kerak.
Jazo tayinlashning umumiy asoslari, eng avvalo, jinoyat sodir 
etishda qonunning prinsiplari bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi 
Jinoyat kodeksining 10-moddasida «Qilmishda jinoyat tarkibining 
mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart» , -
deyiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 4-10-moddalarida 
jinoyat qonunining yettita prinsipi va ularning tushunchalari berilgan 
bo‘lib, jazo tayinlash ana shu prinsiplarning har biri va barchasi bilan 
bevosita bog‘liqdir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksining 8-moddasida odillik prinsipining tushunchasi berilgan bo‘lib, 
jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo 
yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning 
ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak, - deyiladi. Jinoyat 
sodir etgan shaxsga nisbatan uning axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir 
etishining oldindani olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo 
tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanishi O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksining 42-moddasida nazarda tutilgan jazoning 
maqsadlariga erishishni nazarda tutadi. 
Jazo tayinlashning umumiy asoslari sudning Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda 
tutilgan moddasida belgilangan doirada Umumiy qismning qoidalariga 
muvofiq jazo tayinlashning bir qator masalalarni e’tiborga olishni taqozo 
qiladi. 
Jinoyat kodeksining Maxsus qismi moddasining sanksiyasi 
doirasida jazo tayinlanadi, deganda nimani tushunish kerak? 
Ma’lumki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalaridagi 
sanksiyalar alternativ sanksiya tariqasida berilgan bo‘lib, sud jazo 
tayinlashda faqat ana shu sanksiyada ko‘rsatilgan jazolardan birini asosiy 
jazo sifatida tayinlaydi. Bunda sud tayinlash uchun tanlagan jazo turining 
miqdori va muddati shu sanksiyada ko‘rsatilgan doiradan tashqariga 
chiqmasligi kerak. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
173-moddasining 2-qismida mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar 


374
yetkazish, millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida, 
atrofdagilar uchun xavfli usulda; ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda 
sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish xaqining ellik baravaridan yetmish 
besh baravarigacha mikdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq 
tuzatish ishlari yoki besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish 
bilan jazolanadi, deyiladi. Demak, bu sanksiyada uchta asosiy jazo 
ko‘rsatilgan bo‘lib, sud ishdagi holatlar va aybdorning shaxsini e’tiborga 
olib, shu jazolardan birini tanlab tayinlaydi. Agar jarimani tayinlasa, eng 
kam oylik ish xaqining ellik baravaridan kam va yetmish besh baravardan 
ko‘p bo‘lmagan miqdorda tayinlaydi. Axloq tuzatish ishlari tayinlansa, bu 
jazoning muddatini ikki yildan kam, uch yildan ko‘p tayinlay oladi. 
Ozodlikdan mahrum qilishni esa besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga 
tayinlay olmaydi. Ammo sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning 
xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, 
yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda 
jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga olib, 
sanksiyadagi jazolardan birini asosiy jazo sifatida tayinlaydi. Shu 
holatlarga qarab, agar aybdor yetkazilgan moddiy zararni uch karra 
miqdorda o‘z ixtiyori bilan qoplasa, sud sanksiyada ko‘rsatilgan 
ozodlikdan mahrum qilishni tayinlamay, sanksiyadagi yengilrok jazoni 
tayinlashi mumkin. 
Jazo tayinlash masalasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
ham aloxida ahamiyat bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 
1996 yil 19 iyuldagi 16 sonli «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti 
to‘g‘risida»gi Plenum qarorining 1,2 bandida «Sudlar og‘ir jinoyat sodir 
etgan shaxslarga, uyushgan guruh tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga 
muqaddam sudlanganlarga nisbatan qattiq jazo choralarini qo‘llashi lozim. 
Bunda fukarolarning xayoti va sog‘lig‘iga tajovuz qilish, poraxo‘rlik, 
giyoxvandlik vositalari yoxud psixotrop moddalar va qurollar tarqatish 
kabi, shuningdek, respublika iqtisodiyotiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni 
aloxida xavf tugdirishini nazarda tutishlari kerak. Shuning bilan birga og‘ir 
jazo choralari Jinoyat kodeksi 7-moddasining 3-qismiga asosan, boshqa 
choralar orqali erishib bo‘lmaydigan hollardagina tayinlashi mumkinligi 
ham e’tiborga olinishi kerak», -deyiladi. 
“Jazoning samaradorligini oshirishni ta’minlovchi obyektiv sharoitlar 
buzilar ekan, har qanday jazo tizimidan ko‘zlangan natijalarga 
erishilmaydi”
1
,-deb M.D.Shargarodskiy juda to‘g‘ri takidlaydi. Demak sud 
jinoyat uchun jazo tayinlaganda, eng avvalo, shu jazoning subyekt 
1
М.Д.Шаргородский “Наказание и его цели эффективности” // Изд. Ленинского Университета,1973 г. 


375
aybining darajasiga mosligi va uning aybdorni tarbiyalashdagi samarasini 
o‘ylashi kerak. Ammo shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, jinoiy jazo 
qanchalik insonparvar bo‘lmasin, aybdorga jismoniy azob berish yoki 
inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaganligiga 
(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 7-moddasi) qaramay, 
qo‘rqitish xususiyati bo‘lishi va, sodir qilgan jinoyatiga yarasha shaxsning 
moddiy, ma’naviy, huquqiy holatida muayyan keltirib chiqarishi kerak. 
Aks holda jinoiy jazoning ijtimoiy kasb etmagan bo‘lar edi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1999 yil 14 mayda bo‘lib 
o‘tgan navbatdan tashqari Plenumida Oliy sud raisi U. K.Mingboyev 
sudlar ko‘p hollarda asossiz ravishda, ayniqsa, voyaga yetmaganlarga va 
ayollarga og‘ir jazo choralarini qo‘llayotganliklarini ta’kidlab; «Jazo turini 
tanlashda sudyaga o‘z nuqtai nazarini chuqur va har tomonlama asoslab 
berish majburiyatini yuklovchi qonun talablari ham ko‘pincha buzilmoqda. 
Aksariyat shu sababga ko‘ra, asosiy jazo turi sifatida jarima, axloq tuzatish 
ishlari, qamoq kabi jazolar deyarli qo‘llanilmaydi. Masalan o‘tgan yilda 
(1998 yil nazarda tutilmoqda) umumiy sudlanganlardan faqat 8,3 foiz 
shaxsga nisbatan qamoq jazosi tayinlangan holos»
1
, degan edi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 54-moddasida Jinoyat 
kodeksi Umumiy qismining qoidalariga muvofiq jazo tayinlanishi xaqida 
yoziladi. JK Umumiy qismi qoidalariga muvofik jazo tayinlash deganda 
nimalar tushunilishi kerak? 
Ma’lumki, Jinoyat qonuni Maxsus qismining moddalarini amalga 
tatbiq qilishining barcha qoidalari uning Umumiy qismida ko‘rsatilgan. 
Maxsus qism normalarini ko‘llashda Umumiy qism normalari 
yo‘naltiruvchi va tartibga soluvchi normalar bo‘lib hisoblanadi. Demak, 
Umumiy qismining normalari Maxsus qismning kaliti hisobanadi. 
Jinoyat kodeksida Maxsus qism moddalariga tegishli bo‘lmagan 
birorta modda yo‘q. Masalan, Jinoyat kodeksining Maxsus qismida 
jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan bo‘lsa, Umumiy qismida jinoyat 
tushunchasi (14-moddasi) berilgan; Maxsus qismida jinoyatlar uchun faqat 
jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilgan javobgarlik nazarda tutilgan 
bo‘lib, umumiy qismining 17-moddasida jismoniy shaxs, 18-moddasida 
aqli rasolik tushunchalari berilgan. Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 
ko‘pchilik moddalarida jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan qilinsa, 
deyilgan, ishtirokchilik tushunchalari esa, 27-30-moddalarida berilgan. 
Maxsus qism moddlarida jinoyat takroran, xavfli retsidivist, o‘ta xavfli 
O’zR Oliy Sudining 1998 yil 28 dekabr, 1999 yil 30 aprel va 1999 yil 4 may oyidagi Plenumi Qarorlari. // 
Т:.1999 y., 33-bet. 


376
retsidivist tomonidan sodir etilsa, deyiladi, ularning tushunchalari esa 
Umumiy qismining 32-34-moddalarida berilgan. Jinoyat kodeksi Maxsus 
qismi moddalari sanksiyalarida muayyan doirada tayinlandigan jazo turlari 
nazarda tutilgan, jazo tayinlash qoidalari esa Umumiy qismining 57-63-
moddalarida ko‘rsatilgan va xokazolar. Bundan tashqari, Maxsus qismi 
moddalarida nazarda tutilmagan, ammo jazo tayinlashda e’tiborga olinishi 
shart bo‘lgan bir kancha jinoyat qonuni institutlari borki, bu institutlarda 
shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi jinoyat deb topilib, Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismining tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortiladigan bo‘lsa, 
Umumiy qismida nazarda tutilgan qoidalarning qo‘llanilishining o‘zi 
yetarlidir. Masalan, javobgarlik va jazodan ozod qilish ko‘zda tutilgan 
moddalar, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ko‘llash, sudlanganlik 
va uni hisoblash qoidalari fakat Umumiy qismda ko‘rsatilgan. To‘g‘ri, 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalarida ham javobgarlik va 
jazodan ozod qilish (masalan, 211-moddaning 4-qismi, 212-moddaning 4-
qismi, 248-moddaning 4-qismi va xokazolar) ko‘zda tutilgan. Ammo 
javobgarlik va jazodan ozod qilishning bu turlari faqat o‘sha moddaning 
o‘zi uchun tegishli, holos. 
Umumiy qismdagi javobgarlik va jazodan ozod qilishni nazarda 
tutuvchi moddalar umuman, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalariga 
ham tegishlidir,
Ma’lumki, sud jinoyat uchun jazo tayinlashda aybdorning qilmishi 
kvalifikatsiya qilingan moddaning sanksiyasida ko‘rsatilgan jazo turlari va 
muddati doirasidan chetga chiqa olmaydi. Ammo ish holatlariga ko‘ra, 
aybdorning qilmishi kvalifikatsiya qilingan modda sanksiyasi doirasida 
jazo tayinlansa, jazo adolatsiz bo‘lib qoladi. Sud, Jinoyat kodeksi Umumiy 
qismining 57-moddasida ko‘zda tutilgan yengilrok jazo tayinlash 
qoidalarini qo‘llab, yengilrok jazo tayinlashi ham mumkin.
Voyaga yetmaganlarning javobgarligi masalasiga qonunda aloxida 
ahamiyat berilgan, ya’ni Jinoyat kodeksining Umumiy qismida aloxida 
bobda ajratib ko‘rsatilgan. JK Maxsus qismi moddalarida ko‘rsatilgan 
jinoyatlarni voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etganlik uchun aloxida 
javobgarlik belgilanmagan. Xatto, Maxsus qismi moddasining 
sanksiyasida ham voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo turi 
va muddati aloxida ajratilib ko‘rsatilmagan. Shunga muvofik voyaga 
yetmaganlarning jinoyati ham Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli 
moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Ammo jazo tayinlashda voyaga 
yetmaganlarning qilmishi kvalifikatsiya qilingan moddaning, sanksiyaning 
miqdori va muddatiga kelganda esa o‘sha sanksiyada ko‘rsatilgan miqdor 


377
va muddat doirasida jazo tayinlanmay, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksining 82-85-moddalarida ko‘rsatilgan jazo turining miqdori va 
muddati doirasida tayinlanadi. Bunda Jinoyat kodeksining 57-moddasi 
(yengilrok jazo tayinlash) qoidalariga murojaat qilinmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1996 yil 19 iyuldagi 16-sonli 
«Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida»gi Plenumi qarorining 
1,7 bandida «Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jarima, axloq 
tuzatish ishlari, qamoq kabi jazolarning samadorligiga e’tibor berish lozim. 
Shu bilan birga og‘ir jinoyat sodir etishda ayblangan, muqaddam 
sudlangan, huquqni buzganligi uchun ichki ishlar organlari hisobida turgan 
voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda kat’iyatsizlikka yo‘l qo‘yib 
bo‘lmaydi»
1
, -deyiladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling