Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Bir necha hukm yuzasida jazo tayinlash


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

6. Bir necha hukm yuzasida jazo tayinlash 
 
Yukorida bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash bilan 
bog‘liq holatlarga to‘xtalib o‘tdik. Jinoyat qonunida bir necha jinoyat sodir 
etganlik uchun jazo tayinlash bilan birga bir necha hukm yuzasidan jazo 
tayinlash qoidalari ham mavjud. Ushbu institutlarni birga keltirishimizdan 
maqsad sudlar amaliyotida shunday holatlar ham mavjudki, bunda har ikki 
qoidani barobar tadbiq qilinishi ishni to‘g‘ri hal qilinishiga asos bo‘lishini 
kuzatishimiz mumkin. Masalan, «A»ning jinoyat ishini olaylik, «A» 
firibgarlik jinoyati uchun ikki yilga axlok tuzatish ishlari jazosigahukm 
qilinib, ish xakining 15 foizi davlat foydasiga ushlab kolish tayinlangan. 
«A» ning ushbu jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarilgandan keyin uni yana 
boshqa jinoyatlarda aybdorligi aniklangan, jinoyatlardan ayrimlari birinchi 
hukm chiqarilgunga qadar boshqalari esa hukm chiqarilgandan sung sodir 
etilgan. Endi ushbu ish bo‘yicha jazo tayinlash ham jinoyatlar jami uchun 
ham bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash qoidalarini tadbiq qilinishini 


393
nazarda tutadi. Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash qoidalari Jinoyat 
kodeksining 60-moddasiga muvofik quyidagi tartibda belgilangan. 
Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni tula o‘tamay turib, 
yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm bo‘yicha tayinlangan jazo 
muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan o‘talmay kolgan jazo muddatini tula 
yoki qisman kushadi. 
Bir necha hukm yuzasidan har xil turdagi jazolarni kushish yo‘li 
bilan jazo tayinlashda ushbu kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan 
qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irrok turi uzil-kesil tayinlanadi. 
Bir necha hukm yuzasidan axlok tuzatish ishlariga yoki xizmat 
bo‘yicha cheklashga hukm qilinib, ish xaki yoki pul ta’minotidan ushlab 
qolishning har xil miqdori belgilangan holatlarda bu jazolarning fakat 
muddatlari qo’shiladi. 
Ilgarigi hukm yuzasidan ijro etilmay kolgan qushimcha jazolar 
hukmlar jami tarikasida tayinlangan asosiy jazoga kushib tayinlanadi. 
Yukoridagi qonunda kuzda tutilgan bir necha hukm yuzasidan jazo 
tayinlash qoidalari,. mahkum tomonidan birinchi hukm e’lon qilingandan 
sung , lekin hukm bo‘yicha tayinlangan asosiy va kushimcha jazolar tula 
o‘talgunga kadar yangi jinoyat sodir etilgan hollarda qo‘llaniladi. Qonunga 
ko‘ra mahkum tayinlangan jazoni ayrim sabablarga ko‘ra o‘tamagan 
bo‘lsa, masalan, jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan shartli hukm qilingan va 
JPK qoidalariga ko‘ra jazoni ijro etish to‘xtatib yoki kechiktirib quyilgan 
va boshqa sabablarga ko‘ra umuman o‘taman bo‘lsa ham sud Jinoyat 
kodeksining 60-moddasi qoidalari bo‘yicha jazo tayinlaydi . 
Jinoyat kodeksining 60-moddasida ko‘rsatilgan hollarda sud 
yangi hukm bo‘yicha ilgarigi hukm yuzasidan o‘talmay kolgan jazo 
muddatini tula yoki qisman kushish yo‘li bilan katyiy jazo tayinlaydi. 
Jinoyatlar jami tarikasida tayinlangan jazoning maksimal muddatini 
belgilovchi Jinoyat kodeksi Umumiy qismining moddalarida belgilangan 
doiralar bilan cheklangan Jinoyat kodeksining 59-moddasiga nisbatan 
hukmlar jami tarikasida jazo tayinlashda maksimal doira fakat ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi uchun belgilanadigan muddat bilan farq qiladi. 18 
yoshdan oshgan vaktda jinoyat sodir etgan shaxslarga hukmlar jami 
tarikasida jazo tayinlanganda jazoning eng kup muddati 25 yil va 18 
yoshgacha bo‘lgan vaktda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan 15 
yilgacha muddatga tayinlanadi. Yangi jinoyat uchun tayinlangan jazoga 
o‘talmagan jazoni qisman kushishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 1996 yil iyuldagi «Jinoiy jazo choralari tayinlash amaliyoti 
haqida»gi qarorining 2,8 bandida berilgan tushuntirishga asoslanish lozim. 


394
Unda:”Hukmlar jami tarikasidagi jazo o‘z mikdori bo‘yicha yangi sodir 
etgan jinoyat uchun tayinlangan jazodan ham oldindangi hukm bo‘yicha 
jazoning o‘talmagan qismidan ham ko‘proq bo‘lishi kerak», -deyilgan. 
Jinoyat 
kodeksi 
60-moddasida prinsipial ahamiyatga ega 
bo‘lgan jazolarni kushish qoidasi belgilangan. Uning ahamiyati shundaki, 
o‘talmagan jazoga yangi tayinlangan jazo emas, yangi jinoyat uchun 
tayinlangan jazoga birinchi hukm bo‘yicha o‘talmagan jazo kushiladi va 
mahkum u sodir etgan barcha jinoyatlari uchun hukmlar jami tarikasida 
tayinlangan jazoni o‘tashni boshlaydi. Agar aybdor hukm e’lon 
qilingandan keyin bir necha jinoyatlarni sodir etgan bo‘lsa, sud avval 
jinoyatlar majmui tarikasida jazo tayinlab, unga oldindangi hukm bo‘yicha 
o‘talmay kolgan jazoni tula yoki qisman kushadi. O‘zbekiston 
Respublikasining amaldagi jinoyat qonuni hukm bo‘yicha tayinlangan 
jazoni yengillashtirishga ruxsat beradi (amnistiya, avf etish asosida Jinoyat 
kodeksining 74-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra va boshqalar). Sud 
amaliyotida bu bilan bog‘liq: «Jinoyat uchun tayinlangan jazoga kaysi 
jazoni kushish kerak – avvalgi hukm bo‘yicha tayinlanganinimi yoki 
yengilroginimi?», degan savol paydo bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining yuqorida aytib 
o‘tilgan qarorining 2,7 bandida: «Bunday holatlarda yangi sodir etilgan 
jinoyat uchun tayinlangan jazoga yengilrok jazoning o‘talmagan qismi tula 
yoki qisman kushiladi»
1
, deb tushuntirish berilgan. Hukmlar jami 
tarikasidagi har xil turdagi jazolarni kushishda Jinoyat kodeksining 61-
moddasida belgilangan qoidalar bo‘yicha og‘irrok jazo turi tayinlanadi. 
Bir necha hukmlar yuzasidan axlok tuzatish ishlariga yoki xizmat 
bo‘yicha cheklashga hukm qilinib, ish xaki yoki pul ta’minotidan ushlab 
kolishning har xil mikdorlari belgilangan hollarda bu jazolarning fakat 
muddatlari qisman yoki tula kushiladi. Avvalgi hukm bo‘yicha 
tayinlangan, lekin ijro qilinmagan kushimcha jazolar hukmlar jami 
tarikasida tayinlangan jazoga kushiladi . 
Bir jinoyati uchun (sudlanib) hukm chikkan, lekin hukm 
bo‘yicha jazoni o‘tamagan shaxs, birinchi hukm chiqqunga qadar 
boshlanib, hukm chiqqandan sung ham davom etgan surunkali va davomli 
jinoyat sodir etishda aybdor deb topilsa, ikkinchi hukm bo‘yicha unga jazo 
tayinlashda sud Jinoyat kodeksining 60-moddasi qoidalariga rioya etishi 
lozim. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling