Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganlgi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
3. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganlgi 
munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish. 
 
Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi 
tufayli sodir etilgan qilmish yoki jinoyat sodir etgan shaxs o‘zining 
ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan 
shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Bu normada ikita mustaqil, 
lekin ma’no va mazmun jihatdan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishda bir-
biriga yaqin bo‘lgan asoslar ko‘rsatilgan: sharoit o‘zgarganligi tufayli 
qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi va sharoitning o‘zgarishi bilan 
shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi.
Bu ikki asos mavjud bo‘lishi uchun ish tergov qilish yoki sudda 
ko‘rilishi jarayonida obyektiv holatning shunday o‘zgarishi tushiniladiki, 
bu holat natijasida shaxs yoki sodir etilgan qilmish yohud ikkisi ham bir 
vaqtning o‘zida ijtimoiy xavfliligini yo‘qotadi. Shu bilan bir qatorda bu 
jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ikki turining tabiati va aniq asosi bir 
xil emas. 
Qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi uchun ikkita asos 
bo‘lishi lozim:
a) sharoitning o‘zgarishi
b) mazkur o‘zgarish qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishiga 
olib kelishi.


410
Sharoitning o‘zgarishi deganda, obyektiv voqeilikning o‘zgarishi 
bois sodir etilgan jinoyatning yangi ijtimoiy sharoitlarda o‘zinig ijtimoiy 
xavfliligini yo‘qotganligi tushiniladi. Odatda obyektiv holatning o‘zgarishi 
nafaqat mavjud ijtimoiy xavfli qilmishning, balki, shu turdagi ijtimoiy 
xavfli qilmishlarning ham ijtimoiy xavfliligi yo‘qotilishiga olib keladi. 
Ayni vaqtda sharoitning o‘zgarishi butun davlat miqyosida (umumiy), 
shuningdek, mu’lum bir hududda (lokal) ham bo‘lishi mumkin. Bu shart–
sharoitning o‘zgarishi aybdor shaxsning xohish irodasidan tashqarida sodir 
bo‘lib, jamiyatning barcha fuqarolariga yoxud muayyan viloyat, tuman va 
xakozolar aholisiga, xodimi va ishchilariga taaluqli bo‘lishidir. Masalan, 
g‘ayriqonuniy ravishda taqiqilangan joyda baliq ovlash ijtimoiy xavfli 
hisoblanib, Jinoyat kodeksining 204-moddasiga ko‘ra javobgarlikka 
tortishga sabab bo‘ladi. Agar baliqlarning ko‘payib ketishi yoki hayvonot 
olamining qirilib ketishi natijasida ov qilishga ruxsat berilgan bo‘lsa 
bunday harakat jinoyat hisoblanmaydi. 
Bu o‘zgarishlar uncha ko‘p uchramaydi va bu asosga ko‘ra 
jazvobgarlikdan ozod qilish istisno qiluvchi xususiyatga ega. Bu holatning 
o‘zgarishi bevosita jinoyat tushunchasi bilan bog‘liq, bundan ikkita xulosa 
kelib chiqadi:
1) bunday holatda javobgarlikdan ozod qilish fakultativ emas, balki, 
majburiydir; 
2) bu sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga va 
ayblanuvchining shaxsiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Jinoyat-huquqiy adabiyotlarda boshqa fikrlar ham mavjud bo‘lib, 
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va birinchi marta jinoyat sodir etgan 
shaxslargina jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi 
1
Yuqorida qayd etilganlardan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning 
birinchisida obyektiv holatning shunday o‘zgarganligi tushuniladiki, 
buning oqibatida oldindangi ijtimoiy xavfli va jinoiy jazoga sazovor 
qilmish o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotadi, ya’ni qilmishning 
jinoiyligini yo‘qotishi, qilmishga nisbatan yangi obyektiv sharoitda 
ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanishi mumkinligini istisno 
etmaydi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling