Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

2. Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi 
munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish 
 
Jinoyat huquqida muddatning o‘tishi deganda, jinoyat qonunida 
belgilangan jinoyat sodir etilganidan so‘ng shaxsning javobgarlikka 
tortilishini istisno qiluvchi muddatning o‘tganligi tushuniladi.
Jinoyat huquqida belgilangan muddat insonparvarlik g‘oyalarga 
asoslangan bo‘lib, shaxs butun umri davomida jinoiy javobgarlikka 
tortilishidana xavfsirab yashamasligi lozim, shuning uchun muddatning 
o‘tishi bilan obyektiv jihatdan sodir etilgan qilmish o‘zinig ijtimoiy 
xavfliligini yo‘qotmagan bo‘lsada, javrobgarlikka tortish umumiy va 
maxsus nuqtai nazardan ma’no va mazmunini yo‘qotadi. Muayyan 
muddatning o‘tishi bilan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishning 
noto‘g‘riligi, shaxs shu davr davomida yangi jinoyat sodir etmasa u 
ijtimoiy xavfliligini yo‘qotadi yoxud bu ijtimoiy xavf kam ahamiyatli 
bo‘lib qoladi, degan prezumpsiyadan kelib chiqadi. 
Jinoyat kodeksida u yoki bu jinoyatni sodir etgan shaxsni sodir 
etilgan jinoyatlar og‘irlik darajasidan kelib chiqib, jinoiy javobgarlidan 
ozod qilish uchun asos bo‘ladigan muddatlar o‘tishining to‘rt turi mavjud. 
Jinoyat kodeksining 64- moddasiga muvofiq:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan 
boshlab- uch yil; 


404
b) uncha og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab- besh yil; 
v) og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab- o‘n yil; 
g) o‘ta og‘i jinoyat sodir etilgan kundan boshlab (tinchlik va 
insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar bundan mustasno)- o‘n 
besh yil o‘tib ketgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
Bu muddatning jinoyat sodir etilgan kundan boshlab sud hukmi 
qonuniy kuchga kirguncha bo‘lgan vaqtining o‘tishi hisoblanadi. Jinoyatni 
sodir etish kuni deganda, jinoyat obyektiv tomoniga kiruvchi harakatning 
(harakatsizlik) bajarilgan yoki jinoiy oqibat yuz bergan vaqtini tushunish 
lozim. Formal tarkibli jinoyatlarda qilmishning obyektiv tomoni sodir 
etilgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Bu 
jinoyatlarni tugallangan deb topish uchun jinoiy oqibat talab qilinmaydi. 
Formal tarkibli jinoyatda jinoiy javobgarlikka tortish muddati jinoyatning 
obyektiv tomonini tashkil qiluvchi harakat sodir etilgan vaqtdan boshlab 
hisoblanadi (Masalan, tuxmat qilish). Moddiy tarkibli jinoyatlarda jinoyat 
jinoiy oqibat yuz bergan vaqtdan boshlab tamom bo‘lgan hisoblanadi 
(Masalan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish). Har qanday jinoyat 
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi bilan boshlanadi. Shaxsning ijtimoiy 
xavfliligi jinoiy harakat (harakatsizlik) ning o‘zida ifodalanadi. Shaxs 
jinoiy qilmishni sodir etgan vaqtdan boshlab ijtimoiy xavfli hisoblanadi. 
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi faqatgina jinoyatning xususiyatiga 
emas, balki, uning oqibatlariga ham bog‘liqdir.
Jinoiy qilmishsiz jinoiy javobgarlikning ham vujudga kelishi 
mumkin emas. Shuningdek, u jinoiy oqibatsiz ham ahamiyatga ega 
hisoblanadi (masalan, jinoyatga suiqasd qilish). Shuning uchun jinoiy 
qilmish har qanday jinoyatning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi, jinoiy 
oqibat esa, bu jinoyatning ijtimoiy xavfliligini, yetkazilgan zararning 
miqdorini belgilaydi.
Jinoiy javobgarlikka tortish muddatini hisoblash jinoyat 
ishtirokchilarini javobgarlikka tortishda ham o‘ziga xos xususiyatga 
egadir. Birgalikdagi bajaruvchilar bo‘lgani holda sodir etilgan jinoyat 
uchun javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi, agar bajaruvchilar 
jinoyatni birgalikda sodir etishda ishtirok etgan bo‘lsa, jinoyat sodir etilgan 
vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Jinoiy javobogarlikka tortish muddatini hisoblash ishtirokchilar 
o‘rtasida rollar taqsimlanganda qiyinchilik tug‘diradi. Jinoyat kodeksi 28-
moddasiga ko‘ra ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarda bajaruvchi 
bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi, yordamchilar ishtirok etadi. 


405
Bajaruvchi jinoyatning obyektiv tomonini bajargan vaqtidan boshlab 
javobgar hisoblanadi.
Tashkilotchi jinoyat qonuniga ko‘ra, eksess bajaruvchini istisno 
etganda ishtirokchilar tomonidan sodir etilgan barcha jinoyatlar uchun 
javobgar bo‘ladi. Tashkilotchining harkati bir qancha bosqichdan iborat 
bo‘lishi mumkin. Agar tashkilotchi faqat jinoiy guruhni tashkil etish bilan 
cheklangan bo‘lsa, jinoiy maqsadga qaratilgan so‘nggi harakati 
bajarilgunga qadar jinoiy javobgarlikka torish muddati o‘tmagan 
hisoblanadi.
Dalolatchini jinoyat ishtirokchisi sifatida jinoiy javobgarlikka tortish 
bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etilgan vaqtdan hisoblanadi. 
Dalolatchini jinoiy javobgarlikka tortish muddati, u tomonidan 
dalolatchilik harakati amalga oshirilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. 
Dalolatchining harakati mustaqil xususiyatga ega. Uning jinoiy harakati 
shaxsni jinoyat sodir etishga og‘dirgan vaqtidan boshlab tamom bo‘lgan 
hisoblanadi. Dalolatchiga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortish 
muddatining qo‘llanishi bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etilgan vaqtga 
bog‘liq emas. Shuning uchun dalolatchiga nisbatan javobgarlikka tortish 
muddati, u dalolat qilayotgan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilgan 
kundan boshlab hisoblanadi. Bu dalolatchi tomonidan qilingan harakatlar 
shaxsni jinoyat sodir etishga og‘dirmagan holda tadbiq etilmaydi. Bunday 
harkat ishtirokchilikda dalolatchilik bo‘lmasdan, balki, jinoyatga 
tayyorgalik hisoblanadi. Bunda jinoiy javobgarlikka tortish muddati oxirgi 
jinoiy harakat sodir etilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarda yordamchi ham o‘z o‘rniga 
ega bo‘lib, uning jismoniy yordamchilik qilganida (jinoyat sodir etish 
uchun qurol yetkazib berish) javobgarlikka tortish muddati oxirgi harkat 
sodir etilgan vaqtdan hisoblanadi.
Intellektual yordamchilik ko‘p marotaba maslahatlar, ko‘rsatmalar 
berish, bajaruvchi bilan muloqat qilish kabilardan iborat bo‘lib, uning har 
bir harakati jinoyatni sodir etishda umumiy bog‘liqlikni tashkil etadi. 
Shuning uchun bu jinoiy harakat tugagungacha yordamchilik tamom 
bo‘lgan hisoblanmaydi. Javobgarlikka tortish muddati oxirgi yordamchilik 
harakati amalga oshirilgan (maslahat, ko‘rgazma berish) vaqtdan boshlab 
tugallangan hisoblanadi. 
Shunday qilib, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarda 
javobgarlikka tortish muddatini hisoblash turli usullarda amalga oshiriladi. 
Ishtirokchilarning bajaruvchi bilan aloqadorligi, ular alohida, ko‘p hollarda 
turli vaqtlarda sodir etiladi. Ularning ijtimoiy xavfliligi ularning har bir 


406
holatga qarab alohida belgilanadi. Ayni shu asos ishtirokchilardan har 
birining harakati uchun bajaruvchidan alohida javobgarlikka tortish 
muddatini hisoblash imkonini beradi. Ishtirokchilikda jinoyat sodir etishda 
ulardan har birining jinoyat sodir etishdagi roliga qarab alohida alohida 
belgilanadi.
Jinoiy javobgarlikka tortish muddatini belgilashda asosiy e’tibor 
davomli va uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlarga nisbatan muddatni hisoblashga 
qaratilishi lozim.
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatni kvalifikatsiya qilishda aynan 
jinoyatning boshlanish vaqtini jinoiy harakat sodir etilish vaqtidan, 
jinoyatning tamom bo‘lish vaqti esa aybdorni o‘zini jinoyatni tugatishga 
yoki qaratilgan yoki qilmishning tamom bo‘lishiga sabab bo‘luvchi 
holatlarning yuz berishini e’tiborga olish lozim. Ushbu jinoyatning tamom 
bo‘lish vaqtini belgilaydi. Jinoyat tamom bo‘lgan vaqtdan boshlab jinoiy 
javobgarlikka tortish muddati o‘ta boshlaydi.
Jinoiy javobgarlikka tortish muddati uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlarda 
qilmish aybdorning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan holatlarga aybdorning o‘zi yoki 
o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlarga ko‘ra tamom bo‘lish vaqtidan 
hisoblanadi. 
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlarda jinoiy javobgarlikka tortish muddati 
jinoyatning faktik jihatdan tugaganligini belgilovchi holat (aybdorning 
aybini bo‘yniga olishi yoki uning ushlanishi) ning yuzaga kelishi bilan 
boshlanadi.
Davomli jinoyatlarda jinoiy javobgarlikka tortish muddati 
aybdorning yagona qasdi asosida sodir etilgan oxirgi jinoiy harakatning 
tugashi bilan o‘tishni boshlaydi. 
Bir qancha jinoyatlarda ham jinoiy javobgarlikka tortish muddati 
o‘ziga xos xususiyatga ega. Jinoyatlarning real jamida Jinoyat kodeksi 64 
–moddasidan kelib chiqib shaxs alohida harakatlar orqali turli jinoyatlar 
sodir etganida, jinoiy javobgarlikka tortish muddati uning har bir jinoiy 
qilmishi uchun alohida-alohida hisoblanadi. Bu o‘rinda Jinoyat kodeksi 
64-moddasi 4-qismidagi yangi qsddan jinoyat sodir etilishi oldindangi 
sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish 
muddatini o‘tishini to‘xtatadi. Bu o‘rinda muddatning o‘tishi yangi jinoyat 
sodir etilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Jinoyatlarning ideal jamida bir harakat orqali shaxs ikki yoki unlan 
ortiq jinoyat sodir etsa, muddatning o‘tishi har biri uchun alohida-alohida 
hisoblanadi.


407
Takroriy jinoyat sodir etilganda muddatni hisoblashda har bir sodir 
etilgan qilmishdan kelib chiqish lozim. Takroriy jinoyat sodir etish birinchi 
jinoyat uchun javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketmagan bo‘lsa 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun takroran jinoyat sodir etilganida 
muddatning o‘tishi ularning har biri uchun alohida- alohida hisoblanadi.
Agar shaxs jismoniy yoki ruhiy kassallligi tufayli javobgarlikdan 
ozod qilingan va tuzalgan bo‘lsa, muddatning o‘tishi jinoyat sodir etilishi 
bilan emas, balki, shaxs tuzalgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Jinoiy javobgarlikka tortish muddatini hisoblash, jinoyat sodir etilgan 
kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar davom etadi. Bu 
qoida jinoiy javobgarlikka tortish muddatining tugashini belgilaydi. Bu 
Jinoyat protsessual kodeksidagi «hukm appelyatsiya shikoyati va protest 
keltirish uchun belgilangan muddatining o‘tishi bilan qonuniy kuchga 
kiradi», degan qoidadan kelib chiqadi.
1
Appelyatsiya shikoyati yoki 
protesti hukm chiqarilgan kundan boshlab o‘n kun muddat ichida berilishi 
kerak. Bu muddat mahkum, jabrlanuvchi hukmni olgan kundan boshlab 
hisoblanadi.
2
Bu hukm elon qilingan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng 
qonuniy kuchga kiradi degan manoni bildiradi. Hukm elon qilish 
O‘zbekiston Jinoyat protsessual kodeksida belgilangan
3
. Jinoyat 
poretsessual qonuniga ko‘ra «hukmnig qonuniy kuchga kirish vaqti» ancha 
shartli hisoblanadi, jinoyat ishi jinoyat sodir etgan shaxsning ayblilik 
masalasi hal qilinmay turib, agar javobgarlikka tortish muddati o‘tib 
ketgan bo‘lsa tugatilishi lozim.
4
Javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi 
ishni shaxsning aybdorlik masalasini hal qilmay turib tugatishga sabab 
bo‘ladi. Shuning uchun agar shaxsni javobgarlikka tortish muddati sud 
majlisi davomida tugagan bo‘lsa, sudlanuvchi sud zalidan jazo 
tayinlanmay ozod qilinadi va bu hakda qaror chiqariladi.
5
Agar apellatsiya 
shikoyati berish muddat davomida javobgarlikka tortish muddati tuga 
gan bo‘lsa, sud ishni tugatish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Demak, sud 
hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar har qanday muddat javobgarlikka 
tortish muddatining uzilishiga asos bo‘la olmaydi. Bu holat sudlanuvchi, 
ayblanuvchi, gumon qilinuvchini qidirish bilan bog‘liq harakatlarda 
muddat o‘tishining davom etishini istisno etadi. Bunda jinoiy 
javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi uziladi, yani o‘tishi to‘xtaydi. 
1
O’z R Jinoyat prosessual kodeksi 538-moddasi. // “Аdolat”, Т:.2001. 
2
Ў O’z R Jinoyat prosessual kodeksi 497-moddasi. // “Аdolat”, Т:.2001, 232-bet. 
3
O’z R Jinoyat prosessual kodeksi 473-moddasi. // “Аdolat”, Т:.2001, 218-bet. 
4
O’z R Jinoyat prosessual kodeksi 84 -moddasi. // “Аdolat”, Т:.2001, 45-bet. 
5
O’z R Jinoyat prosessual kodeksi 474-moddasi. // “Аdolat”, Т:.2001, 218-betS. 


408
Shaxs belgilangan muddat o‘tmasdan, yangi jinoyat sodir etsa, jinoiy 
javobgarlikka tortish muddati uziladi va har bir jinoyati uchun alohida-
alohida hisoblanadi. Shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganda va 
belgilangan muddat o‘tmasdan turib, yangi qasddan jinoyat sodir etsa, 
muddat uziladi va javobgarlikka tortish muddati yangi jinoyat sodir etilgan 
kundan boshlab hisoblanadi.(Jinoyat kodeksi 64-m, 4-q) 
Jinoiy javobgarlikka tortish muddati agar jinoyat sodir etgan shaxs 
tergov yoki suddan yashirinsa uziladi. Muddat o‘tishining uzilishini asosiy 
shartlari: 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling