Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


surishtiruv, tergov va prokratura organlari


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

surishtiruv, tergov va prokratura organlari tomonidan jinoiy ishni 
dastlabki tergov jarayonida yoki shaxs jinoyat protsessi ishtirokchisi 
bo‘lmay turib, ya’ni jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan oldindan ozod qilinishi 
mumkin. Jinoiy jazodan ozod qilish esa faqat sud qarori bilan (jinoiy 
jazodan ozod qilib sudning hukmi, jinoyat ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim 
yoki qaror) chiqarish bilan amalga oshiriladi. 
Aynan bir asos ishning qaysi bosqichda ko‘rilayotganligiga qarab 
jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilishga ham xizmat qilishi mumkin. 
Yuqoridagi holat amnistiya aktiga tegishli bo‘lib, u shaxsga nisbatan sud 
hukmi chiqarilgunga qadar jinoiy javobgarlikdan, sud hukmi 
chiqarilganidan so‘ng esa asosiy va qo‘shimcha jozodan ozod qilish uchun 
tadbiq etiladi. 
Jinoyat kodeksida jazodan ozod qilishning quyidagi turlari 
ko‘rsatilgan: 
1) 
javobgarlikka tortish muddatining o‘tib kketganligi munosabati 
bilan jinoiy javobgarikdan ozod qilish (64-modda); 
2) 
qilmish yoki shaxs ijtiomoiy xavfliligini yo‘qotganligi 
munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (65- modda);
3) 
aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi 
munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (66-modda); 


403
4) 
yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod 
qilish (66
1
modda) 
5) 
kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish ( 67-modda); 
6) 
amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish (68-modda); 
7) 
voyaga yetmagan shaxsga nisbatan majburlov chorasini 
qo‘llagan holatda javobgarlikdan ozod qilish (88-modda). 
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish huquqiy jihatdan jinoyat sodir 
etgan shaxsni sodir etilgan qilmishning barcha huquqiy oqibatlari: sud 
hukmi asosida davlat tomonidan tayinlanadigan va shaxsni rasmiy tarzda 
jinoyatchi deb topadigan ta’sir chorasidan, jazodan va sudlanganlikdan 
ozod qiladi. Shuningdek,, bu institutning qo‘llanilishi barcha turdagi 
jinoyat protsessual majburlov va ehtiyot choralarini bekor qiladi: Shaxsni 
jinoiy javobgarlikdan ozod qilish shaxsning aybsizligini anglatmaydi va 
uni fuqarolik-huquqiy masalan, sodir etgan qilmishi uchun mulkiy 
javobgarlikni qo‘llash, shuningdek, ma’muriy, intizomiy ta’sir 
choralaridan ozod qilmaydi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling