Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Aybdorning chin ko‘ngildan o‘z qilmishiga pushaymon


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
4. Aybdorning chin ko‘ngildan o‘z qilmishiga pushaymon 
bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish. 
 
Jinoyat kodeksining 66-moddasiga muvofiq ijtimoiy xavfi katta 
bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan 
shaxs, agar jinoyat sodir qilingandan keyin jinoyat tufayli yetkazilgan 
zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilib, aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida 
arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va jinoyatning ochilishiga 
faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. 
Jinoyat 
tufayli 
yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf 
qilish chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning bir turi sifatida moddiy va 
mulkiy zarar, shuningdek,, boy berilgan foyda xaqida gap ketsa (masalan 


412
ishonchni suiste’mol qilish yoki aldash orqali mulkiy zarar yetkazish) chin 
ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning belgilari bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: 
1) jinoyat natijasida talon-taroj qilingan mulkka o‘xshash mulkni 
qonuniy egasiga natura tarzida qaytarib berish, yoxud uni tergov organiga 
ixtiyoriy tarzda qaytarish; 
2) jinoyat tufayli ko‘rilgan zararni pul ko‘rinishida qaytarish; 
3) jabrlanuvchi jinoyati tufayli zarar yetgan mulkni o‘z kuchi bilan 
yoki mehnati bilan asl holiga keltirishi (masalan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan 
transport xodisasi tufayli zarar ko‘rgan avtomobilni tamirlash). 
Xaqorat qilish tufayli qo‘zg‘atilagan jinoyat ishida ma’naviy zarar, 
jabrlanuvchidan uzr so‘rash orqali qoplanishi mumkin. Agar bunday uzr 
so‘rash ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, katta 
samara beradi. 
O‘zbekiston Respublikasining yangi Jinoyat kodeksida manaviy va 
jismoniy zararni pul shaklida qoplash ham belgilangan.
Ayblanuvchi ehtiyotsizlikdan jabrlanuvchining sog‘lig‘iga shikast 
yetkazib, uning davolanishi, oziq-ovqati, unga qarash uchun ketgan 
harajatlarni, sanotoriyaga yo‘llanma harajatlarini qoplasa, shuniingdek 
jabrlanuvchining oila-a’zolariga moddiy yordam bergan holda ham chin 
ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning belgilari mavjud bo‘ladi. Bunday 
holatda moddiy zararning, shuningdek, jismoniy va manaviy zararning 
qoplanganligi hisobga olinadi. Aybini bo‘yniga olish, chin ko‘ngildan 
pushaymon bo‘lishning shakli sifatida, shaxsning hech qanday 
majburlashsiz, o‘z xohishi bilan huquqni muxofaza qiluvchi organlarga 
(ichki ishlar, boshqa surishtiruv organlari, tergovchi, prokuror va sud)ga 
og‘zaki yoki yozma shaklda murojaat qilishidir. Jinoyat protsessual 
kodeksiga muvofiq abdorning o‘z aybiga chin ko‘ngildan pushaymon 
bo‘lishi jinoyat ishini qo‘zg‘atishga xizmat qiladi. Bu surishtiruv va tergov 
organlariga ma’lum bo‘lmagan jinoyatlarga taalluqlidir. Jinoiy 
javobgarlikdan ozod qilish uchun chin ko‘ngildan pushaymon 
bo‘lishdasurishtiruv va tergov organlariga jinoyat sodir etgan shaxs 
ma’lum bo‘lmagan yoki jinoyat ochilmagan bo‘lishi lozim. Agar shaxs 
qidiruvda bo‘lsa yoki tergov va suddan yashirinib yurgan bo‘lsa, bu uni 
chin ko‘ngildan o‘z qilmishiga pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan 
jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga xizmat qilmaydi.
Jinoyatni ochishga faol yordam berish, pushaymon bo‘lishning bir 
ko‘rinishi bo‘lib, bunda shaxsning o‘z aybiga chin ko‘ngildan pushaymon 
bo‘lishi va sodir etilgan jinoyatlarning barcha jihatlari va holatlarini 


413
belgilab olishga huquq tartibot organlariga ko‘rsatilgan yordami 
tushuniladi. Bu aybdorning tergov va sudda to‘g‘ri ko‘rsatmalar berishi, 
tergov harakatlarida faol ishtirok etishida, ish uchun muhim ahamiyatga 
ega bo‘lgan jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulk va boshqa ashyolarning 
yashirib qo‘yilgan joy to‘g‘risida xabar berishida va boshqalarda 
ifodalanadi.
Demak, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish tufayli jazodan ozod 
qilish uchun quyidagi asoslar bo‘lishi lozim: 
a) shaxsning birinchi marta jinoyat sodir etganligi; 
b) sodir etilgan jinoyat ijtimoiy xavfi katta yoki uncha og‘ir 
bo‘lmasligi;
v) aybdorning chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi. 
Shaxsni chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi tufayli jinoiy 
javobgarlikdan ozod qilishning boshqa asoslari Jinoyat kodeksi Maxsus 
qismining moddalarida belgilangan holda qo‘llanishi mumkin. Masalan, 
Jinoyat kodeksining 211-moddasida belgilangan pora berish jinoyatida 
agar shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa yoki bu 
shaxs jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin bu xaqda o‘z ixtiyori bilan 
arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol 
yordam bersa, bunday shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi (211-m, 4-q).

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling