Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

ikkinchi guruhga, mahkumning jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlashi 
kiradi.
Jazoni ijro etish muddatining o‘tishi sud hukmi qonuniy kuchga 
kirgan kundan boshlab hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek hukm bir 
qator asoslarga ko‘ra ijro etilmagan vaqt davomida aybdorga bog‘liq 
bo‘lmagan yoki yangi jinoyat sodir etilmagan va jazoni ijro etishdan 
bo‘yin tovlamagani holda muddatning o‘tishi hisoblanadi. Boshqacha qilib 
aytganda muddatning o‘tish qoidasi buzilmagan bo‘lsa, ushbu muddat 
o‘tishi bilan ayblov hukmi ijro etilmaydi.
Jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlash deganda, tayinlangan jazoni ijro 
etishdan qochishga qaratilgan har qanday qasddan qilingan harakat 
tushuniladi. Jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlash, yangi jinoyat tarkibini 
tashkil qilmaydigan harkatlardan iborat bo‘lishi kerak.
Jinoyat kodeksi 69-moddasiga muvofiq sud hukmi qonuniy kuchga 
kirgan kundan boshlab: 
1) uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum 
qilingan yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga 
hukm qilinganda - uch yil
2) besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga 
hukm qilinganda – besh yil; 
2) o‘n yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum 
etishga hukm qilinganda – o‘n yil; 
3) o‘n yildan ortiq bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etishga 
hukm qilinganda – o‘n besh yil ichida jazo ijro etmagan bo‘lsa, mahkum 
asosiy va qo‘shimcha jazolardan ozod qilinadi. 
Bundan tashqari Jinoyat kodeksida umumiy muddat ham belgilangan 
bo‘lib, agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan 
bo‘lsa, jazoni ijro etish mumkin emas.
Bu muddatning o‘tishi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan 
boshlab hisoblanadi.
Muddat o‘tishining quyidagi shartlari mavjud: 
1) sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi
2) shaxsninng jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlamaganligi; 
3) bu muddat davomida qasddan yangi jinoyat sodir etmaganligi. 


428
Agar mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlasa, jazoni ijro etish 
muddati ikki baravar ko‘payadi va jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlangan 
kundan boshlab hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi lozim. 
Shaxs muddat o‘tmasdan, yangi jinoyat sodir etsa, muddat uziladi va 
yangi jinoyat sodir etgan kundan boshlab hisoblanadi.
O‘lim jazosiga mahkum qilingan shaxsni jazodan ozod qilish 
masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish 
muddati o‘tishi lozim deb topmasa, o‘lim jazosi o‘rniga ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi tayinlaydi.
Agar shaxs Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan tinchlik 
va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni sodir egan bo‘lsa: urushni 
targ‘ib qilish (150-m); agressiya (151-m); urushning qonun va udumlarini 
buzish(152-m); genotsid (153-m), yollanish (154-m); terrorizm (155-m); 
milliy, irqiy yoki diniy adovat qo‘zg‘atish (156-m) jazodan ozod qilish 
muddati qo‘llanilmaydi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling