Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


 Aybdorning o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

4. Aybdorning o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon 
bo‘lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish. 
 
Jinoyat kodeksi 71-moddasiga muvofiq, agar ijtmoiy xavfi katta 
bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan 
shaxs, agar u jinoyat sodir etgandan keyin yetkazilgan zararni bartaraf etib, 
o‘z ixiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan bo‘lsa, sud uni 
jazodan ozod qilishi mumkin.
Aybdorning o‘z qilmishiga chin ko‘ngilandan pushaymon 
bo‘lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish deganda, jinoyat sodir 
etgan shaxsning zararni qoplash va huquqni muxofaza qilish organlariga 
jinoyatni ochish va uni sodir etgan shaxslarni qidirib topishga yordam 
berishga qaratilgan faol hulqi tushiniladi.
Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish chin ko‘ngildan 
pushaymon bo‘lishning tarkibiy qismi sifatida, shaxsning o‘z xohishi bilan 
hech qanday zo‘rlashlarsiz tegishli huquqni muxofaza qiluvchi organlarga 
og‘zaki yoki yozma tartibda murojaat qilishida ifodalanadi.
Jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish 
chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning bir turi sifatida quyidagilarni 
anglatadi: 
1) jinoyat natijasida talon taroj qiligan mulkka o‘xshash mulkni 
qonuniy egasiga natura tarzida qaytarib berish, yoxud uni tergov organiga 
ixtiyoriy tarzda qaytarish
2) jinoyat tufayli ko‘rilgan zararni pul ko‘rinishida qaytarish; 
3) jabrlanuvchining jinoyat tufayli zarar yetkazilgan mulkini o‘z 
kuchi bilan yoki mehnati bilan asl holiga keltirish (masalan, jinoyat ishi 
qo‘zg‘atilgan tarnsport xodisasi tufayli zarar ko‘rgan avtomobilni 
tamirlash).
Xaqorat bo‘yicha qo‘zg‘atilagan jinoyat ishida ma’naviy zararni 
undirish, jabrlanuvchidan uzr so‘rash orqali amalga oshirilishi mumkin. 


431
Agar ommaviy axborot vositalari orqali so‘ralgan bo‘lsa, katta samara 
beradi.
O‘zbekiston Respublikasi yangi Fuqarolik kodeksida manaviy 
zararni pul shaklida qoplash ham belgilangan. Yetkazilgan jismoniy zarar 
ham pul ko‘rinishida qoplanishi mumkin.
Ayblanuvchi ehtiyotsizlikdan jabrlanuvchining sog‘lig‘iga shikast 
yetkazib, uning davolanishi, ozoq-ovqati, unga qarash uchun ketgan 
harajatlarni, sanotoriyaga yo‘llanma harajatlarini qoplagan, shuniingdek, 
jabrlanuvchining oila-a’zolariga moddiy yordam bergan hollarda ham chin 
ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning belgilari mavjud bo‘ladi. Bunday 
holatda moddiy zararning, shuningdek,, jismoniy va manaviy zararning 
qoplanganligi hisobga olinadi.
Jinoyat kodeksi 71-moddasi 2-qismida boshqa shaxslar bilan 
birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan guruh yoxud 
jinoiy uyushma azosi bo‘lgan shaxs, basharti, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat 
sodir etishda bevosita ishtirok etmagan bo‘lsa, shaxsan o‘zi yoki uning 
vakili xokimiyat organiga o‘z ixtiyori bilan kelib qilmishiga chin 
ko‘ngildan pushaymon bo‘lsa va jinoyatning oldindani olish, jinoyatni 
ochish yoki uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini fosh 
qilishga yordam bergan bo‘lsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.
Mazkur turdagi jazodan ozod qilishni qo‘llash uchun: 
a) ishtirokchilikning har qanday shaklida jinoyat sodir etganlik; 
b) chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganlik; 
v) shaxsning og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etishda bevosita 
qatnashmaganlik;
g) jinoyatning oldindani olish, jinoyatni ochishda yordam berganlik;
d) jinoyat tashkilotchilari yoki boshqa ishtirokchilarni fosh qilishga 
yordam berganligi asos bo‘lib hisoblanadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling