Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganlgi munosabati bilan


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

3. Shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganlgi munosabati bilan 
jazodan ozod qilish. 
 
Jinoyat huquqida sharoitning o‘zgarsishi yoki jinoyat sodir etgan 
shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotsa, jazoning maxsus va umumiy 
ogoxlantirish vazifalari nuqtai nazaridan unga nisbatan jazo qo‘llanishi 
maqsadga muvofiq emas. Bunday holatda jinoyat sodir etgan shaxsni 
jinoyat-huquqiy ta’sir chorasi vositasida qayta tarbiyalash zaruriyati 
qolmaydi.
Jinoyat kodeksi 70-moddasiga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxsning 
ishi sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha sharoit o‘zgarsa yoki namunali hulqi
mehnatga, o‘qishga halol munosabati bilan o‘zini ko‘rsatib, ijtimoiy 
xavfliligini yo‘qotgan deb etirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi 
mumkin. 
Jazodan ozod qilishning ushbu turi ikkita o‘ziga xos belgiga ega: 
1) sharoitning, yani vaziyatning o‘zgarishi; 
2) shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi. 
Sharoitning o‘zgarishi jinoyat sodir etilgan vaqtida mavjud bo‘lgan 
sharoitning keyinchalik o‘zgarishidan iborat. Bunday sharoitlar deganda, 
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy xususiyatdagi va jinoyat sodir etish vaqti, joyi 
bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar tushiniladi. Bu o‘zgarishlar obyektiv 
xususiyatga ega bo‘lganligi sababli, aybdorning xohishiga bog‘liq 
bo‘lmaydi. Bunda obyektiv voqeilikning o‘zgarishi bois sodir etilgan 


429
jinoyatning yangi ijtimoiy shaoitlarda o‘zining ijtimoiy xavfliligini 
yo‘qotganligi tushuniladi. Odatda obyektiv ijtimoiy shart–sharoitlarning 
o‘zgarishi nafaqat qilmishning balki, shu turdagi o‘xshash qilmishlarning 
ham ijtimoiy xavfliligi o‘zgarishiga olib keladi. Bunday sharoitning 
o‘zgarishi aybdorning xohish irodasidan tashqarida sodir bo‘lib, 
jamiyatning barcha fuqarolariga yoxud muayyan viloyat, tuman yoki 
xokazolarning aholisiga yoki massasa yoxud birlashmalarning xodimi va 
ishchilariga taaluqli bo‘ladi.
Shaxsni ijtimoiy xavfli emas deb topish uning namunali hulqi va 
mehnatga yoki o‘qishga halol munosabatda bo‘lishi bilan bog‘liqdir. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling