Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, muddatidan ilgari shartli ozod
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, muddatidan ilgari shartli ozod
qilishning quyidagi xususiyatlari mavjud: • shaxsga erkinlikdagi turmush turziga moslashishga va tiklanib olishi uchun imkon beradi • uning ustidan nazoratni amalga oshirishni taminlaydi va qayta jinoyat sodir etish extimolini kamaytiradi • shaxsning ijtimoiy xavfsizligini hisobga olgan holda unga imkoniyatlar va imtiyozlar beradi 441 • ozodlikdan mahrum qilish joyidagi bosim darajasini kamaytiradi. 7. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish Jazoni yengilrogi bilan almashtirish jazondan muddatidan ilgari shartli ozod qilishdan farqli ravishda shartsiz hisoblanadi. Jinoyat kodeksi 74-moddasida ko‘rsatilgan jazodan ozod qilishning ushbu turi mahkumga nisbatan unga tayinlangan jazoga nisbatan yengilroq turdagi jazoni qo‘llash orqali ham Jinoyat kodeksida belgilangan jazoning maqsadiga erishish mumkin degan xulosaga kelinganida qo‘llaniladi. Jazoning o‘talmay qolgan qismini yengilrogi bilan almashtirishning mohiyati mahkumni jazoning muayyan turini yengilrogi bilan almashttirishda ifodalanadi. Bu almashtirish faqatgina ozodlikdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Boshqa jazo turlari yengilroq turdagi jazo bilan almashtirilishi mumkin emas. Jazoni yengilrogi bilan almashtirish mahkum jazo turlari uchun belgilangan tartib qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan hollarda qo‘llanishi mumkin. Bunda mahkumning mehnatga, va u yerdagi mehnat jamoasiga munosabati, va boshqa holatlar inobatga olinadi. Jazoning o‘talmay qolgan qismini yengiroq turdagi jazo bilan almashtirishda qo‘shimcha jazo qo‘llanilgan bo‘lsa, bu jazo turini bekor qilish yoki uning muddatini qisqartirish masalasi jinoyat qonunida belgilanmagan. Shunday bo‘lsada sud mahkumni qo‘shimcha jazodan to‘liq yoki qisman ozod qilinishi mumkin. Bunda qo‘shimcha jazo turi boshqa xech qanday jazo bilan almashtirilmaydi. Qonun jazoni yengirogi bilan almashtirishni qo‘llashning asosi sifatida: a) u qo‘llanishi lozim bo‘lgan shaxslar doirasini; b) tayinlangan jazoning eng kam muddatlarini amalda o‘tashni belgilaydi. Jazoning o‘talmagan qismi yengilroq turdagi jazo bilan almashtirish jazoning qonunda belgilangan qismi o‘talgandan so‘ngina qo‘llanishi mumkin. Ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan yoki uncha og`ir bo`lmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatini kamida to`rtdan bir qismini o`tagan shaxsga qo`llanilgan jazo yengilroq turdagi jazo bilan almashtirilishi mumkin. Masalan, uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan mahkum, 442 jazoning kamida bir yilini o‘tagandan so‘ngina (uchdan bir qismini) yengilroq turdagi jazo bilan almashtirilishi mumkin. Og`ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinib, sud tayinlagan jazo muddatini kamida uchdan birini o`tagan bo`lsa yengilroq turdagi jazo bilan almashtiriladi. O`ta og`ir, shuningdek jazoni muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki yengilrogi bilan almashtirish qo`llanilgan va jazoning o`talmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun esa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini o`tab bo`lganidan keyingina jazodan ozod qilishning ushbu turi qo`llaniladi. Ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilishning jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi. Bu shuni anglatadiki, masalan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan to‘rt yillik muddati, axloq tuzatish ishlari jazosi bilan almashtirilganda, axloq tuzatish ishlarining umumiy muddati, olti oydan kam bo‘lishi va uch yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Axloq tuzatish ishlari jazosiga nisbatan yengilroq jazo turi muayyan huquqdan mahrum qilish va jarima jazosidir. Lekin bu jazo turi almashtirilganda, jarima jazosi bilangina almashtirilishi mumkin. Bunda bir oylik axloq tuzatish ishlari jazosi eng kam oylik ish xaqining ikki barobariga tenglashtirib hisoblanadi. Jazoni yengilrogi bilan almashtirish ayrim jinoyatchilar uchun qo‘llanilmaydi. Bu shaxslar doirasi Jinoyat kodeksi 73-moddasi 4-qismida belgilangan: 1) o‘lim jazosi avf etish tariqasidagi ozodlikdan mahrum ettish jazosi bilan almashtirilgan shaxslar; 2) o‘ta xavfli retsidivistlar; 3) uyushgan guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilari; 4) javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda odam o‘ldirish, o‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan jaabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy extiyojni g‘ayritabiy usulda qondirish, O‘zbekiston Respublikasiga tinchlik va xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, jinoiy uyushma tashkil etish, yadroviy, kimyoviy biologik va boshqa xildagi ommaviy qirgin qurollarini, shunday qirgin qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish 443 mumkinligi ayon bo‘lgan materiallar va uskunalarni , giyohvandlik vositalari yoki psixatrop moddalarni kontrabanda qilish, shuningdek, giyohvandlik moddalari va psixatrop moddalarni ko‘p miqdorda g‘ayriqonuniy ravishda sotish uchun hukm qilingan shaxslar 5) jazoni o‘tash rejimini ashadiy buzuvchi shaxslarga nisbatan. Qonun jazoni yengilrogi bilan almashtirganda, shartli hukm qilish kabi mahkumning xulqiga nisbatan xech qanday shart qo‘yilmaydi. Mahkum yengilroq turdagi jazoni o‘tash davomida belgilangan tartibni buzgan hollarda ham, sud qaytadan og‘irroq jazo bilan almashtirishga xaqli emas. Agar yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxslar jazoning o‘talmagan qismi davomida yangi jinoyat sodir etsalar, bunda ularga nisbatan bir necha hukmlar yuzasidan jazo tayinlanadi. Bunda yangi tayinlangan jazo va asosiy jazo bilan almashtirilgan yengiroq turdagi jazolar hisobga olinadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling