Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish ikkiga bo‘linadi: muddatidan ilgari shartli ozod qilish va muayyan muddatga
6. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish «Shartli ozod qilish» tushunchasi jinoyat huquqi nazariyasida mahkumni muddatidan ilgari davlat organlari tomonidan belgilangan 436 tartibda nazorat ostiga olib, butunlay yoki qisman jazodan ozod qilishda ifodalanadi. Shartli ozod qilish shaxsni jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng ozod qilishdan yoki amnistiya asosida ozod qilishdan farq qiladi. Ba’zi davlatlarlarda mahkumni sud hukmi asosida belgilangan muddat davomida jazonii o‘tashini talab qilgan holda shartli jazodan ozod qilish jinoyat qonuniga kiritilmagan. Bu davlatlar jinoyat qonunida mahkum sud hukmi asosida belgilangan muddatdan ko‘p ham, kam ham bo‘lmagan jazoni o‘tashi lozim degan fikrni ilgari surilgan 1 : Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish ikkiga bo‘linadi: muddatidan ilgari shartli ozod qilish va muayyan muddatga shartli ozod qilish. Muddatidan ilgari shartli ozod qilish ba’zi mahkumlarga sud tomonidan belgilangan muddatdan oldindan jazodan ozod bo‘lish imkonini beradi, shu bilan bir qatorda agar ular belgilangan tartibni buzsa yoki qaytadan jinoyat sodir etsa jazoni o‘tash muassasasiga qaytarilishi mumkin. Muayyan muddatga shartli ozod qilish mahkumga bir necha soatga yoki kunga jazoni ijro etish muassasasini tashlab chiqib ketish imkonini beradi. Davlatimiz ham mahkumni belgilangan jazo muddatidan ilgari tuzatish va qayta tarbiyalashdan manfaatdordir. Mahkumni tuzatish va qayta tarbiyalash maqsadiga jazo muddatini o‘tamasdan to‘rib ham erishish mumkin. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish o‘zida nafaqat mahkumni tuzatish va qayta tarbiyalash, balki umumiy va maxsus ogoxlantirish funksiyalarini ham bajaradi. Shuning uchun ham Jinoyat kodeksida tuzalish bilan bir qatorda jazodan ozod qilish uchun mahkum tomonida o‘talishi lozim bo‘lgan minimal jazo muddati belgilangan. Umumiy va maxsus ogoxlantirish jinoyatning og‘irlik darajasi, shuningdek,, voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat uchun tayinlangan jazoning haqiqatan ham o‘talgan qismini aks ettiradi. Bu holatlar jinoyat o‘ta xavfli jinoyatchilar tomonidan sodir etilganida ularga nisbatan jazodan ozod qilishning ushbu turini qo‘llash mumkin emasligini anglatadi. Jazodan ozod qilishning bu turi jazonni o‘tayotgan shaxsni jazoning o‘talmay qolgan qismidan muayyan shartlar muvjud bo‘lgandagina ozod qilish mumkinligini ifodalaydi. Shuning uchun ham jazoni muddatidan ilgari shartli ozod qilish deyiladi. Jazoning o‘talmay qolgan qismi davomida mahkum muayyan shartlarni bajarishi lozim bo‘ladi, aks holda shartli ozod qilish bekor qilinishi mumkin. 1 “Условно-досрочное освобождение и другие виды уголовного освобождения”, 2000 г., Стр-3. 437 Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish mazmuni mahkumni qonunda belgilangan jazo turlari uchun belgilangan talablarni bajarishi va mehnatga halol munosabatda bo‘lishi, shuningdek, sud tomonidan belgilangan jazo muddatining muayyan qismini o‘talganligida ifodalanadi. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishning moxiyati shundaki, jazoni o‘tayotgan shaxs o‘talmay qolgan muddat davomida yangi jinoyat sodir etmaslik sharti bilan sud tomonidan jazoning qolgan qismini o‘tashdan ozod qilinadi. Jazoning o‘talmay qolgan qismi sinov muddati ahamiyatiga ega bo‘lib, uning shartlarini bajarmaslik jazo muddatini xisobga olishga, yani yangi tayinlangan jazoga qo‘shishga va jazodan ozod qilishni to‘xtatishga asos bo‘ladi. Shu asosga ko‘ra jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish jazodan ozod qilishning shartli va qisman jazodan ozod qilish turiga kiradi. Jazoni o‘tashdan ozod qilinishi mumkin bo‘lgan jazo turlari qonunda belgilab qo‘yilgan (Jinoyat kodeksi 73-modda, 1-qism). Bu jazo turlariga: ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari kiradi. Jazodan ozod qilishniig obyektiv shartlaridan yana biri mahkumni belgilangan jazo muddatining muayyan qismini o‘taganligi hisoblanadi. Bu mahkum tomonidan sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga bogliq. Jazodan shartli ozod qilish mahkum tomonidan faktik jihatdan jazoning: 1) ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan yoki uncha og`ir bo`lmagan jinoyat uchun sud tomonidan tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan birini; 2) og`ir jinoyat shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo`lsa, sud tomonidan tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini. 3) o`ta og`ir jinoyati uchun, shuningdek, jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrogi bilan almashtirilgan shaxs jazoning o`talmagan qismi mobaynida yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo`lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini xaqiqatda o`tab bo`lganidan keyin qo`llanishi mumkin. Shartli ozod qilishni qo‘llashning subyektiv asoslariga mahkumni belgilangan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lganligi kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling