Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Ishtirokchilikning har qanday shaklida jinoyat sodir etganlik


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Ishtirokchilikning har qanday shaklida jinoyat sodir etganlik 
deganda, ishtirokchilik shakllari nazarda tutilgan. Ma’lumki, Jinoyat 
kodeksi 29-moddasi 1-qismida ishtirokchilikning kuyidagi shaklari 
ko‘rsatilgan:
1) oddiy ishtirokchilik, yani ikki yoki undan ortik shaxsning 
oldindandan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishidir.
2) murakkab ishtirokchilik, yani ikki yoki undan ortik shaxsning 
oldindandan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishidir.
3) uyushgan guruh, ikki yoki undan ortik shaxsning birgalikda 
jinoiy faoliyat olib borishi uchun oldindandan bir guruhga birlashishidir. 


432
4) Jinoiy uyushma, yani ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning 
jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun oldindandan birlashishidir. 
Aybdorning chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi, uning faol 
harakatlarida ifodalanib, u ikki: aybini bo‘yniga olishi va zararni ixtiyoriy 
ravishda qoplashdan iborat bo‘ladi. Aybini bo‘yniga olib arz qilish 
shaxsning bevosita o‘zi yoki boshqa shaxslar vositasida huquqni muxofaza 
qiluvchi organlarga murojaat qilib, ularga tayyorlangan jinoyatni yoki 
guruhning ijtimoiy xavfli faoliyatini bartaraf etishga, sodir etilgan 
jinoyatni ochish, jinoyatning boshqa ishtirokchilarini fosh qilishga yordam 
berish niyati xaqida xabar berishi bilan amalga oshiriladi. Shaxs chin 
ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi o‘zining qilmishi xatoligini anglaydi va 
uni qoralaydi. Bu o‘rinda xabarning aybdorning o‘zi yoki boshqa shaxslar 
tomonidan berilganligining ahamiyati yo‘q. Xabar berish yozma, og‘zaki 
yoki boshqa shakllarda (telifon orqali, video yozuv, audio kassetada ovoz 
yozib olish orqali) amalga oshirilishi mumkin. 
Ushbu asosga ko‘ra jinoiy jazodan ozod qilishning shartlaridan yana 
biri shaxsning og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ishtirok etmagan 
bo‘lishi lozimligidir. Jinoyat kodeksining 15-moddasida jinoyatlarning 
tasnifi berilgan bo‘lib, unga kura jinoyatlar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 
uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarga ajratilgan.
Agar shaxs hali bironta ham jinoyat sodir etmagan, ammo kurolli 
uyushgan guruhda katnishish uchun rozilik bergan va u mazkur guruhning 
jinoiy rejalaridan boxabar bo‘lsa, chindan ham tashkilotchilarni va 
qatnashchilarni topib berish va fosh qilishda ko‘maklashgan bo‘lsa, 
xususan, mazkur shaxslar ushlanganda guruhning jinoiy faoliyat bilan 
shug‘ullanishini oldindani olishga yordam bersa, bunday holda ham jinoiy 
jazodan ozod qilinishi mumkin. 
Demak ushbu asosga ko‘ra jazodan ozod qilish uchun ko‘yidagi 
belgilar mavjud bo‘lishi lozim: 
1) birinchi marta jinoyat sodir etilganligi; 
2) ijtimoiy xavfi kata bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat 
sodir etilganligi; 
3) aydorning aybini bo‘yniga olib, arz qilganligi
4) yetkazilgan zararning ixtiyoriy tarzda qoplanganligi.
Bu elementlarning barchasi mavjud bo‘lganida, shaxs ushbu asosga 
ko‘ra jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling