Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
5. Shartli hukm qilish 


433
Shartli hukm qilish – sudning aybdorga ozodlikdan mahrum qilish, 
intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash yoki ahlok tuzatish 
ishlari jazolaridan biri tayinlash vaqtida ishdagi holatlar va aybdorning 
shaxsini e’tiborga olib, bu jazoning o‘tashi maqsadga muvofiq emas degan 
xulosaga kelsa, qonunda ko‘rsatilgan shartlar mavjud bo‘lganda aybdorga 
bu jazoni shartli ravishda qo‘llanmasligi xaqida qaror chiqarishidan iborat.
Ko‘pchilik olimlar shartli jazo beligilashni jazodan ozod qilishning 
alohida bir turi deb hisoblaydilar. Ba’zilari esa shartli jazo belgilashni 
jazoni o‘tashning alohida bir turi deb hisoblaydilar, ba’zilari hukmni ijro 
etishning alohida tartibi deb ko‘rsatadilar. Ayrim mutaxassislar esa shartli 
jazo belgilash jazoning ijrosini kechiktirishdir, degan fikrni ilgari suradilar.
Bu institutni jazodan ozod qilishning boshqa institutlari bilan 
taqqoslaganimizda ular o‘rtasida umumiy xususiyatlar mavjudligini 
ko‘ramiz. Jazodan ozod qilishning barcha holatlarida, shuningdek, shartli 
jazo belgilashda ham aybdor jazoni faktik jihatdan o‘tamaydi. Jazodan 
ozod qilishning boshqa turlari kabi shartli jazo belgilash ham umumiy 
ta’sir chorasi bo‘lib hisoblanadi.
Shartli jazo belgilash jazodan ozod qilishning boshqa turlaridan: 
birinchidan, sud tomonidan shartli ravishda jazo belgilanishi
ikkinchidan, mahkumning jazodan qisman emas (jazoni o‘tashdan 
muddatidan ilgari shartli ozod qilish) balki, to‘liq ozod qilinishi; 
uchnchidan, sud mahkumning oldiga jazoning shartliligini bekor 
qilishi mumkin bo‘lgan muayyan talablarni qo‘yish bilan farqlanadi. 
Shartli hukmning yuridik tabiatini belgilash nazariy va amaliy 
jihatdan muhim ahamiyatga ega. Bu – shartli hukmning moxiyatini ochib 
berishga, uni qo‘llash asoslarini hamda shartli hukm qilingan shaxsni sinov 
muddati davrida bajarishi va amal qilishi zarur bo‘lgan shartlarni 
belgilashga yordam beradi.
Jinoyat kodeksiga muvofiq shartli jazo belgilash-o‘z tabiatiga ko‘ra 
aybdorni sud tomonidan tayinlangan jazoni real o‘tashdan shartli ozod 
qilishdir. Shartli jazo belgilashning maqsadi mahkumni sud hukmi bilan 
tayinlangan jazoni o‘tamasdan tuzatish va qayta tarbiyalashdan iborat. 
Shartli jazo belgilashda sud shaxsni ma’lum jinoyatni sodir qilishda 
aybli deb topadi va unga jazo tayinlaydi, lekin shuning bilan birga ishdagi 
holatlarni hamda aybdorning shaxsini e’tiborga olib, bu jazoni o‘tashi 
maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi.
Shartli hukm qilishda sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik 
darajasini va xususiyatini, aybdorning shaxsini, javobgarlikni 
og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olishi lozim.


434
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shartli ravishda jazo tayinlash 
uchun obyektiv va subyektiv asoslar bo‘lishi lozim.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling