Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

19-BOB. SUDLANGANLIK 
1. Sudlanganlik tushunchasi va uning huquqiy ahamiyati. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Jinoyat huquqida sudlanganlik deganda, sodir qilgan jinoyati uchun 
shaxsga sud tomonidan jinoyat qonunida belgilangan biror jazoning 
tayinlanishi tushuniladi.
Sudlanganlik — bu sud tomonidan aybdor deb topilgan va aniq bir 
jazo chorasi qo‘llanilgan shaxsning huquqiy holatidir.
1
Sudlanganlik 
shaxsni sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinganligidan kelib chiqadigan 
huquqiy holatdir.
Shaxsni hukm qilish deganda, shaxsning qilmishida jinoyat 
tarkibining barcha elementlari mavjud bo‘lgan aniq jinoyatni sodir etishda 
aybdor deb topish, shuniningdek, bu shaxsga nisbatan muayyan turdagi va 
miqdordagi yoki muddatdagi jazoning tayinlanishi tushuniladi. Jazoning 
turi va miqdori yoki muddati shaxsni sudlangan deb topish va hisoblash 
1
Советское уголовное право. Обшая часть. Под ред. Н.А.Беляева и М.И.Ковалева. Москва . 1997 г 
Стр-257 
 
SUDLANGANLIK 
Sudlanganlikning 
huquqiy ahamiyati
(JK 77-moddasi) 
Sudlanganlik 
holatining 
tugallanishi
(JK 78-moddasi) 
Sudlanganlikning 
olib tashlanishi
(JK 79-moddasi) 
Sudlanganlik 
holatining 
tugallanishi yoki 
sudlanganlikni 
olib tashlash 
muddatini 
hisoblash
(JK Аmnistiya 
akti yoki avf etish 
asosida jazodan 
ozod qilish
80-moddasi) 


454
uchun ahamiyatga ega emas, lekin, bu sudlanganlikning tugallanishi yoki 
olib tashlanishiga ta’sir qiladi.
Demak, sud tomonidan ayblov hukmining chiqarilishi sudlanganlik 
holatini keltirib chiqaruvchi asos hisoblanadi. Ayblov hukmi jinoyat sodir 
etishda aybli deb topilgan va jinoiy jazoga hukm etilgan shaxsning alohida 
huquqiy holatini belgilovchi sudlanganlikni vujudga keltiradi va u bekor 
qilungunga qadar (olib tashlash yoki tugashi) davom etadi. 
Sudlanganlikning bekor qilinishi bilan sudlanganlikning barcha huquqiy 
oqibatlari ham bekor bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, 
sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan 
keyin kelib chiqadigan huquqiy holatdir. Ayblov hukmi qonuniy kuchga 
kirganidan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan 
jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi. Shuningdek,, 
shaxs jazoni o‘tagan, ammo qonunni o‘zgarishi bilan bunday qilmish 
jinoyat deb hisoblanmaydigan taqdirda yoki sodir qilingan jinoyat uchun 
tayinlangan jazoni o‘tab bo‘linishi bilan sudlanganlik holatining 
tugallanishi belgilangan bo‘lsa, shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi. Shaxs 
ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgandan boshlab sudlangan hisoblanadi. 
U ayblov hukmi bilan biror-bir jinoyatni sodir etganligi bois sud 
tomonidan hukm qilinadi. Shunday qilib jazoni o‘tash davrida va uni o‘tab 
bo‘lgandan keyin ham qonunda aniq belgilangan muddat davomida shaxs 
sudlangan hisoblanadi. Sud hukmi bilan jazodan ozod qilingan shaxs esa 
sudlangan hisoblanmaydi. 
Jinoyat kodesi 77-moddasi 3-qismida sudlanganlik ushbu kodeksda 
nazarda tutilgan hollarda va shaxs yangi jinoyat sodir etgandagina huquqiy 
ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatilgan.
Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati sudlanganlikning mazmunini 
tashkil etadigan huquqiy oqibatlar bilan belgilanadi. Sudlanganlik 
fuqarolik-huquqiy, ma’muriy-huquqiy va jinoiy huquqiy oqibatlarni 
keltirib chiqaradi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling