Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Mahkumning mehnatga yaroqsizligi deganda


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Mahkumning mehnatga yaroqsizligi deganda, uning mehnat qilish 
imkoniyatidan mahrum bo‘lishi tushuniladi. Mehnatga yaroqlilik TMEK 
tomonidan aniqlanadi.
Mahkumning pensiya yoshiga yetishi deganda, ayollarning 55 
yoshga, erkaklarning 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan pensiyaga 
chiqishi tushuniladi. 
Ayollarga tug‘gunga qadar yetmish kalendar kuni va tuqqandan 
keyin ellik olti kalendar kuni (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki yoxud undan 
ortiq bola tug‘ilgan hollarda-yetmish kalendar kuni) miqdorida 
homiladorlik va tug‘ish tatillari beriladi. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili 
jamlangan holda, tug‘ishga qadar amalda bunday tatilning necha kunidan 
foydlanganidan qat’iy nazar ayolga to‘liq beriladi. Bunday hollarda 
jazodan ozod qilish haqidagi taqdimnoma bunday tatil beruvchi huquqni 
tibbiy hujjat asosida beriladi.
1
Yuqoridagi uch holatdan biri mavjud bo’lganda mahkum axloq 
tuzatish ishlari jazosidan ozod qilinadi.
 
9. Amnistiya akti yoki avf etish asosida jazodan ozod qilish 
O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 79- va 93-
moddalarida qayd etilganidek, Amnistiya akti asosida jazodan ozod qilish 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi asosida senat 
tomonidan amalga oshiriladi. Ba’zi davlatlarda Amnistiya to‘g‘risidagi 
qonun chiqarish qonun chiqaruvchi organga tegishlidir. Masalan, 
Rossiyada Davlat Dumasi amnistiya chiqarish vakolatiga egadir. 
Amnistiya O‘zbekiston Respublikasi senati qabul qiladigan normativ 
xususiyatdagi akt bo‘lib, u muayyan jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda 
tutilgan jinoyat qonunini bekor qilmasdan , sud hukmi qarorlarining asosli 
va qonuniyligini shubha ostiga olmasdan, aybdorni jazodan yoki jinoiy 
javobgarlikdan ozod qiladi, jazoni yumshoq jazo bilan almashtiradi yoxud 
belgilangan muddatlarni qisqartiradi, shuningdek, jazoni o‘taganlikning 
oqibati bo‘lgan sudlanganlikni bekor qiladi.
1
O’z R Jinoyat ijroiya kodeksi 165-modda, 2-qism, 1997 yil 25 арrеl кuni qabul qilingan. 


446
Amnistiya ijtimoiy mohiyatiga ko‘ra muayyan jinoyatlarni sodir 
etgan shaxslarning muayyan toifasiga taalluqli bo‘ladi. Sudning hukmi 
asosida jazo tayiinlangan shaxs amnistiya akti asosida asosiy va ijro 
etilmagan qo‘shimcha jazolardan ozod qilinishi yoki unga tayinlangan 
jazoning o‘talmay qolgan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi 
mumkin. Sodir etilgan jinoyatga nisbatan jazolovchi funksiyasini 
yo‘qotmagan holda, amnistiya akti jazoni qisman yoki to‘liq bekor qiladi, 
boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtiradi yoxud qo‘zg‘atilgan jinoyat 
ishini tugatadi. Jinoiy jazodan ozod qilishning asosi sifatida amnistiyaning 
jinoyat huquqiy tushunchasi ikkita: sud tomonidan hali jinoyat ishi 
ko‘rilmagandagi javobgarlik masalasi va jazo chorasi turi masalalarini 
qamrab oladi. 
Amnistiyaning huquqiy oqibatlari jinoiy jazodan ozod qilishning 
boshqa turlariga muvofiq keladi. Shaxsni amnistiya akti asosida jinoiy 
jazodan ozod qilish ham insonparvarlik prinsipiga asoslanadi. 
Alohida shaxsni jazodan ozod qilivchi akt - avf etishdan farqli 
ravishda, amnistiya normativ xususiyatga ega: u har doim muayan 
toifadagi jinoyatlar yoki bir guruh shaxslarga yoxud o‘zaro demografik, 
ijtimoiy, jinoiy, yoshga oid huquqiy yoxud boshqa belgilariga ko‘ra 
farqlanmaydigan yakka tartibdagi noaniq bir guruh shaxslarga tegishli 
bo‘lib, individual xususiyatga ega bo‘lmaydi. Bu jinoyatlar va shaxslar 
guruhi turli: jinoyat tarkibi yoki jinoyatning tasnifi, jinoyat subyektining 
belgilariga ko‘ra belgilanadi.
Odatda amnistiya aktlari birinchi navbatda voyaga yetmaganlar, 
qariyalar,shuningdek, ayollar, avvalam bor birinchi navbatda, homilador 
ayollarga, shuningdek, jinoyatning xususiyati va og‘irlik darajasi 
(ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan, qasddan sodir etilgan, uncha og‘ir 
bo‘lmagan va oqir jinoyatlar)ga nisbatan qo‘llaniladi. Ammo boshqa, 
ijtimoiy-siyosiy asoslardagi amnistiya aktlari bo‘lib, ularning doirasi 
a’na’naviy tartibda emas, balki alohida tartibda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-dekabrdagi 
O‘zekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n bir 
yilligi munosabati bilan Amnistiya to‘g‘risidagi Farmonida birinchi marta 
jinoyat sodir etganligi uchun jazoni o‘tayotgan ayollar, jinoyat sodir etgan 
vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, mazkur Farmon kuchga kirgunga 
qadar belgilangan tartibda birinchi va ikkinchi guruh nogironlari deb 
topilgan shaxslar, 60 yoshga to‘lgan erkaklar, bir yildan oshmagan muddat 
ichida jazoni ijro etish yoki yashash joyidagi davolash muassasalarining 
tibbiy komissiyalari tomonidan jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir 


447
kasallikka chalingan deb topilgan shaxslar, jinoyat sodir etgunga qadar 
doimiy yashash joyi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida 
bo‘lgan, ozod etilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi hududida qolishi 
uchun qonuniy asoslar bo‘lmagan chet el fuqarolari, ehtiyotsizlik orqasida 
jinoyat sodir etganlar, shuningdek, birinchi marta hukm qilingan shaxslar, 
basharti ular ijtimoiy xavf katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan 
jinoyati uchun hukm qilingan bo‘lsa, birinchi marta ozodlikdan mahrum 
etish jazosiga hukm qilinib, o‘talmay qolgan jazo muddati ikki yildan ko‘p 
bo‘lmagan shaxslar, ekstremistik tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular 
tarkibida O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi 
jinoyatlar yoki jamoat xavfsizligiga qarshi boshqa qilmishlar sodir 
etganligi uchun o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum 
etishga hukm qilinib tuzalish yo‘liga o‘tgan shaxslar jazodan ozod qilinishi 
belgilandi.  
Shuningdek,, amnistiya akti qo‘llanilmaydigan shaxslar doirasi ham 
aktda belgilanadi, masalan, yuqoridagi amnistiya akti o‘ta xavfli 
retsidivistlarga, jazoni o‘tash tartibini muntazam tarzda buzayotgan 
mahkumlarga hamda muqaddam avf etish yoki amnistiya akti asosida 
jazodan ozod etilgan va yana qasddan jinoyat sodir etganlarga, nisbatan 
qo‘llanilmasligi belgilangan.
Amnistiya akti asosida jazo muddati qisqartirilishi ham mumkin. 
Masalan, yuqaridagi amnistiyada jazodan ozod qilinmaydigan 
shaxslarning o‘talmagan jazo muddati: 
1) qasddan sodir etgan jinoyati uchun o‘n yildan ortiq bo‘lmagan 
muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga- to‘rtdan bir qismiga; 
2) qasddan sodir etgan jinoyati uchun o‘n yildan ortiq muddatga 
ozodlikdan mahrum qilinganlarga - beshdan bir qismiga qisqartirildi.
Umumiy qoidaga ko‘ra amnistiya akti chiqarilgunga qadar sodir 
etilgan jinoyatlarga nisbatan tadbiq etiladi. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat 
sodir etgan shaxslarga nisbatan, amnistiya akti, agar jinoyatni tashkil 
etuvchi barcha harakatlar amnistiya akti kuchga kirgunga qadar (chiqqan 
vaqti, qonuniy kuchga kirgan vaqti) amalga oshirilgan bo‘lsa, tadbiq 
etiladi. 
Davomli jinoyatlarda ham amnistiya akti o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega bo‘lib, bu akt oxirgi jinoyat amnistiya akti chiqarilgunga qadar sodir 
etilib, agar bu amnistiya aktida maxsus ko‘rsatilgan bo‘lsa qo‘llaniladi, 
agar jinoiy harakatlardan biri amnistiya akti chiqarilganidan yoki u 
qonuniy kuchga kirganidan so‘ng sodir etilgan bo‘lsa tadbiq etilmaydi.


448
Amnistiya akti asosida shaxsni jinoiy jazodan ozod qilish davlat 
tomonidan shaxsni (uning jinoyatini emas) kechirishdir.
Avf etish O`zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasining 93-moddasi 
23-bandiga asosan Prezident vakolatiga kiradi.
Avf etish amnistiyadan farqli ravishda aniq bir shaxsga yoki 
muayyan shaxslar doirasiga nisbatan qo‘llaniladi. Avf etish asosida 
jazodan ozod qilinishi yoki muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi, unga 
nisbatan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan qismi yengilroq turdagi 
jazo bilan almashtirilishi yoki sudlanganlik olib tashlanishi mumkin.
Adabiyotlarda, afv etish asosida jinoiy jazodan ozod qilish Prezident 
ixtiyorida bo‘lib, bu masala jinoyat qonuni bilan bog‘liq emas, degan 
fikrlar ham mavjud. 
Avf etish maxkumni jazodan ozod qilishning bir turi sifatida 
qaraladi.
1992- yil 17-iyulda Prezident Farmoni bilan «O‘zbekiston 
Respublikasida avf etishni amalga oshirish to‘gisida Nizom» qabul qilindi. 
Avf etish haqidagi barcha tartib-qoidalar ushbu Nizomda mustahkkamlab 
qo‘yilgan.
Avf etish faqat hukm qonuniy kuchga kirgandan keyingina 
mahkumning iltimosiga ko‘ra har qanday turdagi jazoga nisbatan amalga 
oshirilshi mumkin.
Ko‘pchilik hollarda avf etish o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgaligi uchun 
o‘lim jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. 
O‘zbekiiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 51-moddasiga ko‘ra o‘lim 
jazosi avf etish orqali 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan 
almashtirilishi mumkin. O‘ta xavfli retsidivistlar, oldindan amnistiya akti 
yoki avf etish qo‘llanilgan yoxud muddatidan ilgari shartli ravishda 
jazodan ozod qilingan yoki jazoning qolgan qismini yengilroq jazo bilan 
almashtirilgan shaxslar, agar ularning sudlanganlik muddati tugamasdan 
qasddan sodir etgan jinoyati uchun hukm qilingan jazoni o‘tash vaqtida 
tuzalish yo‘liga o‘tib olmagan, o‘ta og‘ir jinoyat sodir qilgan shaxslar 
alohida hollardagina avf etilishi mumkin.
Agar avf so‘rab qilingan iltimos rad etilsa, shaxs og‘ir va o‘ta og‘ir 
jinoyat uchun hukm chiqarilgan kundan boshlab bir yildan keyin, boshqa 
jinoyatlar uchun hukm qilinganlar esa olti oy o‘tgandan keyin avf so‘rab 
murojaat qilishi mumkin.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling